Umumiy lot p65


Blastomalarga qarshi vositalar



Download 317,98 Kb.
bet34/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Blastomalarga qarshi vositalar. Blastoma — mustaqil ravishda rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lgan o‘smadir. Bunday o‘smalar to‘xtovsiz o‘sib borish bilan xarakterlanadi. Ular qo‘shni to‘qimalar va organlarga o‘sib kirib ularni yemiradi. Qon va limfa orqali organizm bo‘ylab tarqalib, atipik hujayralar tananing turli qismlarida o‘sma o‘sishining yangi o‘chog‘ini hosil qiladi. Buni o‘sma metastazlari deb ataladi.
O‘smalarning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ayniqsa, xavfli o‘smalarni davolash ancha qiyin masala, o‘smalarni dorilar bilan davolash (kimyoterapiya), ko‘pincha jarrohlik usuli, rentgen, radioterapiya va boshqa usullar bilan birga olib boriladi.
Yomon o‘smalarni davolashda dori vositalarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Tabobatda kimyoterapevtik moddalar juda ko‘p bo‘lishiga qaramay, mavjud dori-darmonlar amaldagi talablarga to‘la-to‘kis javob bermaydi. Shuni alohida qayd qilib o‘tish kerakki, ayollar qin xorinoepiteliomasi, moyak yomon o‘simtasi, bolalardagi o‘tkir leykoz, limfogranulematoz, metas- tazi bo‘lmagan teri rak kasalliklarini tegishli dori-darmonlardan foydalanish bilan hatto to‘liq davolash mumkin.
Dori bilan davolashning ayrim chegaralovchi holatlari: o‘sma hujayralarning o‘sha doriga odatlanib qolishi. Shuning uchun yomon o‘smalarni davolashda boshqa preparatlar bilan (kimyoviy tuzilishi va ta’sir mexanizmi har xil bo‘lgan) qo‘shib davolash ancha samarali hisoblanadi.
Tabobat amaliyotida keng qo‘llanilayotgan yomon o‘smalarga qarshi ishlatiladigan zamonaviy dori-darmonlarning kattagina kamchiliklaridan biri — o‘sma hujayralariga tanlab ta’sir etish darajasi va faoliyatning uncha katta bo‘lmasligidir. Bundan tashqari, ularni qo‘llaganda qo‘shimcha va zaharli ta’sirlari kuzatiladi, ayniqsa, suyaklarning ko‘migi va me’da-ichak yo‘lla- rining shilliq qavati zararlanishi mumkin. Antibiotiklar qo‘lla- ganda ularning salbiy ta’siri yuqorida keltirilgan. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, blastomalarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar immunodepressiv, mutagen, teratogen va boshqa salbiy ta’sirlardan xoli emas.
Blastomalarni davolashda ularga qarshi ishlatiladigan preparatlar iloji boricha o‘sma hosil bo‘lgan joydagi arteriyalarga yuborilsa samarasi ko‘zga ko‘rinarli bo‘ladi, chunki bu usulda preparatlarning organizmga umumiy zaharli ta’siri va boshqa sog‘ hujayralar va to‘qimalarga zararli ta’siri ancha kamayadi.
Yomon o‘smalarga qarshi preparatlarni qon yaratuvchi organlarning yetishmovchiligi, o‘tkir yuqumli kasalliklar, jigar va buyraklarning funksiyasi buzilganda ishlatib bo‘lmaydi.
Ma’lum sharoitlarda kimyoterapevtik davolash jarrohlik yordamida o‘smalarni olib tashlash hamda nurlar bilan davo­lash usullari bilan birgalikda olib boriladi.
Hozirgi kunda tabobat amaliyotida quyidagi guruhlarga kiruvchi dori-darmon vositalari ishlatiladi:

  1. Alkillovchi kimyoviy moddalar: tiofosfamid, siklofosfan va boshqalar.

  2. Antimetobolitlar — ftoruratsil va boshqalar.

  3. Turli kimyoviy sun’iy moddalar — prospidin va boshqalar.

  4. Antibiotiklar — ribomitsin, adriamitsin, bruniomitsin va boshqalar.

  5. O‘simliklardan olinadigan o‘smalarga qarshi moddalar — kolxamin, vinkristin va boshqalar.

  6. Gormonlar va ularning antagonistlari — kortikosteroid- lar, glikokortikoidlar, erkak va ayol jinsiy gormonlari.

  7. Ferment preparatlar — a-asparaginaza.

  8. Radioaktiv izotoplar — radioaktiv yod bilan nishonlan- gan natriy yodid, tarkibida izotop bo‘lgan nishonlangan jelatin bilan mustahkamlangan oltin metalining kolloid eritmasi.


Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish