Leyshmaniozda qo‘llaniladigan vositalar. Teri va ichki a’zolar (visseral) leyshmaniozi tafovut etiladi. Teri leyshma- niozini Leyshmania tropika, visseral leyshmaniozni Leyshmania Donovani keltirib chiqaradi. Leyshmaniozni davolashda akridin va surmaning 5 valentlik organik preparatini qo‘llab bu kasal- likdan o‘lishni 96 % dan 7 % ga kamaytirilgan. Leyshmaniozning ikkala xilini davolashda ko‘pincha osarsoldan foydalaniladi. U tarkibida 21—23 % surma tutadi. Preparat leyshmaniyaning tiol guruhini bloklab, uning o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payishiga qarshilik qiladi.
Teri leyshmaniozida infiltratatga, asosan, akrixin mahalliy qo‘llanadi. Rezorbtiv ta’sir uchun monomitsin qo‘llanadi. U leyshmaniyaga qarshi kuchli faollikka ega.
Visseral leyshmaniozda, asosan, solyusurmin ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |