Toksoplazmozda qo‘llanadigan vositalar. Toksoplazmozni Toksoplazma gondi keltirib chiqaradi. Toksoplazmoz limfatik bezlar, ichak, o‘pka va boshqa ichki a’zolarni zararlaydi. Shunungdek, markaziy asab sistemasi, ko‘zga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Homiladorlarda homilaning barvaqt tug‘i- lishiga, unda kamchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu kasallikni davolashda xloridin yaxshi foyda beradi. Shuningdek, sulfanilamidlardan ham keng foydalaniladi. Homiladorlikda xloridindan foydalanib, sun’iy abort va homila o‘lik tug‘ilishini bir necha marta kamaytirishga erishilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |