Lambliyalarga qarshi qo ‘llanadigan vositalar. Lamblioz kasalligini Lyambliya intestepalis paydo qiladi. Bu kasallik bolalar orasida ko‘proq tarqalgan bo‘lib, odatda, nimjon bolalarda, ayniqsa, immunologik reaktivligi pasaygan organi- zmda surunkali kasallikni keltirib chiqaradi. Shuningdek, qand kasalligida 90 — 95 % uchraydi. Ko‘pincha klinitsistlar ichak va jigar shakllarini tafovut etishadi. Odatda duadenit va enteritlar kuzatiladi.
Hozirgi kunda bolalarda kimyoterapiya maqsadida aminoxinol muvaffaqiyat bilan qo‘llanmoqda.
Trixomonadozda qo‘llaniladigan vositalar. Trixomonadoz kasalligini Trixomanas vaginalis keltirib chiqaradi. Ayollarda vulvovaginit, erkaklarda uretrit kuzatiladi. Asosiy tanlab ta’sir etuvchi preparat metronidazol hisoblanadi. Bundan tashqari, tinidazol uzoqroq ta’sir qiladi, trixomonatsid, nitazol, furazo- lidon, osarsol va lyutenurinlar qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |