Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet27/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Zaxmga qarshi vositalar. Bizga ma’lumki, Abu Ali ibn Sino XI asrdayoq zaxmga qarshi simob preparatini tavsiya etgan. P. Erlix esa, 1891-yilda bezgakka qarshi ko‘k metilenni, 1907-yilda, zaxmga qarshi margimushning organik moddasi — salvar- sanni, 1912-yilda neosalvarsan preparatini tavsiya etadi. Margimush preparatlari zaxm kasalligini tarqatuvchi oq spiro- xetalarning qobig‘iga kirib, ularning ichidagi faol fermentlar- ning SH guruhi bilan birikib, ularning faolligini yo‘qotadi. Zaxmning teri, kechikib ketgan shakli, asabdagi shakli va yosh bolalardagi tug‘ma zaxmlarda osarsol preparati qo‘llaniladi. Hozirgi kunda zaxmni davolash uchun benzilpenitsillin va uning uzoq ta’sir etuvchi (bitsillin) unumlari hamda vismut preparatlari qo‘llaniladi. Vismut preparatlari qatoriga bioxinol va bismoverol preparatlarini kiritish mumkin. Demak, zaxm kasalligini davolash uchun asosiy preparatlardan penitsillin va uning unumlari, agarda, ularga nisbatan nojo‘ya ta’sirlar chiq- sa, zaxira preparatlardan, ta’sir doirasi keng preparatlardan (tetratsiklin, sefaloridin va vismut preparatlari) ishlatiladi.
Zaxmning uchlamchi bosqichida «gumma» hosil bo‘lgan davrda, uning so‘rilib ketishini ko‘zda tutib, yod birikmalari (kaliy yodid) beriladi.
Viruslarga qarshi vositalar. Viruslar juda ham mayda mikroorganizmlar hisoblanib, maxsus bakterial filtrlardan ham o‘tib ketadigan turlari odamlar, hayvonlar va o‘simliklarda turli yuqumli kasalliklar paydo qiladi. Shunungdek, ularning o‘si- shi, ko‘payishi uchun jonli tirik hujayralar bo‘lishi shart va ular hujayra ichidagi oqsilni sintez qiluvchi apparatlardan o‘zlariga moslashtirib olib foydalanadilar. Bunday kasal keltirib chiqaruvchi viruslar o‘zida RNK va DNK tutuvchi guruhlarga bo‘linadi.
Yangi kimyoterapevtik viruslarga qarshi preparatlarni sintez qilishning murakkabligi ham shunda, chunki tirik organizmga zarar keltirilmagan holda viruslarga qiron keltiradigan, tanlab ta’sir qiluvchi kimyoviy moddalarini yaratish birmuncha qiyin.
Shunga qaramay hozirgi kunda viruslarning ayrim turlariga tanlab ta’sir qiladigan preparatlar mavjud. Ulardan ba’zilarining ta’sir mexanizmi viruslarning ferment sistemasi faoliyatiga aralashib, ularda o‘zgarishlar hosil qilib so‘ngra halokatga uchratadi.
Viruslarga qarshi ishlatiladigan mavjud preparatlarni ta’sir mexanizmiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Viruslarning hujayralarga yopishishi va ichkariga kirishiga qarshi hamda ulardan ajralib chiquvchi genom jarayonlariga qarshi ta’sir qiluvchi preparatlar — midantan, remantadin;

  2. Dastlabki virus oqsil fermentlarining sintez qilinishiga xalaqit beruvchi — guanidin;

  3. Nuklein kislota sinteziga yo‘l qo‘ymaydigan — DNK sinteziga (indoksuridin) va RNK sinteziga xalaqit beruvchilar (aktinomitsin D).

  4. Virionlarning «joylanishiga» xalaqit beruvchilar — metisazon;

  5. Hujayralarning viruslarga chidamliligini oshiruvchi — interferonlar.

Tabobat amaliyotida ko‘proq qo‘llanadigan viruslarga qarshi ishlatiladigan preparatlar (oksolin, interferon, remantadin, indoksuridin va boshqalar)dan ko‘pgina hollarda samarali foy- dalanilmoqda.
Viruslarga qarshi ishlatiladigan vositalarni bir guruh virus kasalliklarining oldini olish uchun qo‘llanilsa, ikkinchilari davo maqsadida foydalaniladi.
Interferonlar ba’zi bir hujayralarga, yomon o‘smalarga qarshi hamda immunomodullovchi faollikka ham egadir.

  1. Kasal keltirib chiqaruvchi sodda tuzilgan mayda jonivorlarga qarshi qoilaniladigan vositalar

Sodda tuzilishga ega bo‘lgan jonivorlar juda ham mayda, bir hujayrali mikroskopik (mikroskop ostida ko‘rinadigan), bak­teriyalarga nisbatan murakkab tuzilishga egadirlar.
Hozirgi kunda ularning mingdan ortiq turlari mavjud va ular odam organizmida — organlarda, to‘qimalarda, hujayralarda ko‘payadi. Ular jinsiy va jinssiz yo‘llar bilan ko‘payib, shu davr ichida ma’lum oqsillar hisobiga rivojlanib o‘sadi, ko‘payadi. Ayrimlari sporalar hosil qiladi.
Sodda tuzilgan mayda jonivorlar, ya’ni protozoylar odam organizmida turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi va ularning nomlari aksariyat o‘sha kasallik keltirib chiqargan jonivorlarning nomlari bilan yuritiladi. Masalan, lambliya keltirib chiqargan kasallikni lamblioz, amyobalar keltirib chiqargan kasallikni amyobiaz deyiladi.

Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish