Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet67/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

18-rasm. Peshob hosil bo‘lish jarayoni va diuretik moddalarning ta’sir yo‘nalishi:
1 — qon tomirlaridan iborat buyrak jomchasi; 2 — nefron kanalchasining praktimal qismi; 3 — genli qovuzlog‘ining tushuvchi qismi; 4 — genli qovuzlog‘ining chiquvchi qismi; 5 — nefron kanalchasining distal qismi;
6 — yig‘uvchi nay.

  • etakrin kislota 0,05 tabl. — 0,05 amp.;

  • ksantinol (eufillin) 2,4 % — 10 ml amp.;

  • triamteren 0,05 kaps. preparatlari kiradi.

  1. Aldesteron antagonistlari (spironolakton — 0,025 tabl.).

  2. Osmotik diuretiklar (mannit — 30,0 kukun, mochevina 30,0 — 60,0 — 90,0 fl.).

Buyrak nefron kanalchalarining epiteliysiga ta’sir etuvchi preparatlar Na+ va Cl- ionlari reabsorbsiyasining pasayishi hi­sobiga kuchli peshob haydovchi ta’sir ko‘rsatadi, qon bosimini tushiradi. Bu guruh preparatlari OISdan yaxshi so‘riladi, diu­retik ta’siri nisbatan tez yuzaga chiqadi va uzoq ta’sir (4—8 soatdan 10—12 soatgacha) ko‘rsatadi. Katta dozalarda ko‘ngil aynish, qayt qilish, bosh aylanish kabi nojo‘ya ta’sirlar qayd etilishi mumkin.
Aldesteron antagonistlarining diuretik ta’siri sekin-asta yuzaga chiqadi. Shuning uchun bu preparatlar boshqa diuretik pre- paratlar bilan birga qo‘llaniladi. Bu preparatlar qo‘llanganda ham bosh aylanishi, uyquchanlik, allergik toshmalar yuzaga chiqadi.
Osmotik diuretiklar ta’sirida, asosan, suv diurezi kuchayadi. Shuning uchun ham ular o‘pka, miya, jigar va buyrak kasal- liklari tufayli yuzaga keluvchi shishlarda degidratatsiyalovchi terapiya uchun, dori moddalari bilan zaharlanganda, anuriya- ning oldini olishda qo‘llaniladi.
Kimyoviy sun’iy preparatlarga nisbatan turli xil allergik reak- siyalarning yuzaga chiqishini inobatga olib, xalq tabobatida keng qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar va ular asosida tayyorlangan dori vositalari (damlama, qaynatma, quruq va suyuq ekstraktlar va boshq.) hozirgi kunda keng qo‘llanilmoqda. Xususan, O‘zbe- kiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Farma­kologik qo‘mita tomonidan kiyik o‘ti, chilonjiyda, bo‘yi- modaron, jo‘xori popugi, Osiyo yalpizi, limon o‘ti, yantoq, Zarafshon archa mevasi va boshqa o‘simlik preparatlari peshob haydovchi mahalliy dori vositalari sifatida tibbiyot amaliyotiga tatbiq etildi.

  1. bob. HAZM QILISH JARAYONIGA TA’SIR ETADIGAN VOSITALAR

Hazm organlari iste’mol qilingan ovqatlarni qonga so‘rilish darajasigacha parchalab, ularning qonga so‘rilishini amalga oshiradi, moddalar almashinuvida ishtirok etadi, suv, tuz, vita­min, dori-darmonlar va ularning unumlarini me’da-ichak de- voridan so‘rilishiga yordam beradi.
Demak, ovqatlarni maydalash, ularning OISdagi harakati, almashinuvi uchun zarur bo‘lgan BAM (biologik aktiv mod- da)lar va fermentlarni ishlab chiqarish va ularning so‘rilishi hazm organlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, bu or- ganlar keraksiz narsalarni organizmdan chiqarib yuborishda va organizm ichki muhitini turli xil BAMlar bilan mo‘tadil- lashtirishda ishtirok etadi.
Yuqorida bayon etilgan jarayonlar navbatma-navbat shartli va shartsiz reflekslar, neyrogumoral sistemalar, simpatik va pa- rasimpatik asab sistemasi va markaziy asab sistemasi orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bu sistemaga ta’sir etuvchi dorilar turli xil mexanizmga ega bo‘lib, me’da-ichak sistemasi turli kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi.
Ular ta’sir etuvchi mexanizmi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Ishtahaga ta’sir qiladigan;

  2. Me’da shirasi sekretsiyasi pasayganda qo‘llaniladigan;

  3. Me’da shirasi sekretsiyasi oshganda qo‘llaniladigan;

  4. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalligida qo‘llani- ladigan;

  5. Me’da osti bezining tashqi sekretor funksiyasi buzilganda qo‘llaniladigan;

  6. Qustiradigan va qusishga qarshi;

  7. O‘t haydaydigan vositalar;

  8. Surgi vositalari.

  1. Ishtahaga ta’sir etadigan vositalar

Ma’lumki, markaziy asab sistemasida ochlik va to‘qlik mar- kazlari bo‘lib, ular insonning ishtahasini oshirishi yoki uni su- saytirishi mumkin. Markaziy asab sistemasidagi ochlik markazi qo‘zg‘alganda insonning ishtahasi kuchayadi. To‘qlik markazi qo‘zg‘alganda esa, ishtaha susayishi qayd etiladi.
Ishtahaning oshishiga achchiq ta’mga ega ziravor moddalar o‘ziga xos ta’sir etadi. Achchiq ta’mga ega moddalar tushgach, ta’m bilish retseptorlarini qitiqlab, reflektor yo‘l bilan me’da shirasini ko‘paytiradi. Shuningdek, achchiq ta’mga ega ermon damlamasi ham ishtahani ochishi mumkin. Bu moddalar me’daning sekretor faoliyati susaygan, hazm jarayoni buzilgan va turli kasalliklar tufayli tinkasi qurigan bemorlarga beriladi.
Keyingi yillarda rivojlangan davlatlarda tayyor yoki yarim- tayyor sintetik oziq-ovqatlarga ishtiyoq kuchayib bormoqda. Natijada, kaloriyasi kuchli ovqatlarga ko‘nikib borish, jismoniy mehnat va harakatchanlik kamayishi, inson tanasi og‘irligining nisbatan ortishi qayd etilyapti. Shuning uchun ishtahani su- saytiruvchi va to‘qlik markazini kuchaytiruvchi dori vositalari ishlab chiqarilayotir. Ishtahani kamaytiruvchi — anoreksigen preparatlar qatoriga fepranon, dezopimon preparatlarini kiri- tish mumkin. Bu preparatlar ortiqcha semirib ketgan bemor- larni davolash va ularning ishtahasini kamaytirish uchun qo‘lla- niladi. Ularni qo‘llanganda uyqu buzilishi, yurak urishi tezlashishi, qon bosimi ko‘tarilishi kuzatilishi mumkin. Shu­ning uchun bu preparatlarni gipertoniya kasalligida, miya tomirlari va qon tomirlarining yetishmovchiligi, tireotok- sikozlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish