Rezerpin (0,0001 tabl.) va oktadin (0,25 tabl.) simpatolitik ta’sirga ega bo‘lib, simpatik asab tolalarining oxiridan asab impulslarini tomir devorining silliq mushaklariga o‘tishini to‘xtatadi. Uning ta’siri sekin-asta yuzaga chiqadi va uzoq davom etadi. Rezerpinni qon bosimining III bosqichida berib bo‘lmaydi. Preparat gipertoniya kasalligi va qon bosimi bilan kechuvchi psixozlarda ishlatiladi.
Preparat qo‘llanganda dispeptik holatlar, bradikardiya, han- sirash, bosh aylanishi, ba’zan uyqusizlik va depressiya holatlari qayd etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |