Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet38/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Rezerpin va raunatin. Rezerpin noradrenalinni simpatik asab tolalarining oxiridagi vezikulalarda bog‘lanishini izdan chiqaradi, uning sitoplazmaga chiqishini kuchaytiradi. Noradrenalinning vezikulalardagi miqdori sekin-asta butunlay tugatiladi va mar- kazdan kelayotgan asab impulslariga javob tariqasida chiqadigan noradrenalin chiqa olmaydi. Natijada, qon bosimi asta-sekin pa- sayadi, qon bosimining pasayishi bilan bradikardiya yuzaga chi- qadi, xolinergik innervatsiya kuchayadi. Rezerpinni qon bosimi- ning 3-bosqichida berib bo‘lmaydi.
Rezerpin MASga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, haro- ratni biroz tushiradi, uxlatuvchi va narkoz uchun ishlatiladigan dori vositalarining ta’sirini oshiradi. Rezerpin ta’sirida oshqozon sekretsiyasi, me’da-ichak peristaltikasi oshadi, bradikardiya, uyquchanlik yuzaga chiqadi. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yaralari bor bemorlarga rezerpin berib bo‘lmaydi.

  1. bob. MARKAZIY ASAB SISTEMASIGA ikTA’SIR ETUVCHI MODDALAR

    1. Narkoz uchun ishlatiladigan vositalar

Narkoz vositalari deb, narkoz paydo qiluvchi moddalarga aytiladi. Bu guruh moddalarga MASning umumiy tinchlanti- ruvchi moddalari kiradi. Ma’lumki asab sistemasi alohida ney- ronlar guruhidan iborat. Bu neyronlar o‘zaro bir-birlari bilan o‘ziga xos o‘simtalar va hujayralar orqali bog‘lanib, doimiy kon- taktda bo‘lib turadi. Neyronlar o‘rtasidagi bunday bog‘lanishga neyronlararo sinaptik o‘tkazuvchanlik deyiladi.
MASdagi sinaptik o‘tkazuvchan1ik turli xil mediatorlar (ase­tilxolin, adrenalin, noradrenalin, serotonin va boshq.) yorda- mida yuzaga chiqadi. Dori moddalari MASga ta’sir etib, asablar va neyronlararo impulslar o‘tkazuvchanligiga ta’sir etadi va MASning reflektor aktivligini o‘zgartiradi.
Narkotik moddalar ta’sirida MASda qaytadan o‘z holiga qay­tib keluvchi umumiy tinchlantirish va falajlash jarayoni yuzaga chiqadi. Bunda xotira, es-hush, og‘riq sezish, sezuvchanlik yo‘- qoladi, reflektor qo‘zg‘alish faoliyati va mushaklar tonusi ka- mayadi.
Birinchi bo‘lib qayta narkoz holatini 1844-yilda G. Uels (azot (I) oksidi) orqali yuzaga chiqargan. 1846-yilda esa, U. Morton birinchi bo‘lib, jamoat orasida efirning narkotik ta’sirini namo- yish etgan. 1847-yilda D. Simpson xloroformni akusherlik ama­liyotida qo‘llagan. Shu yili N.I. Pirogov avval tajribalarda, so‘ngra tibbiyot amaliyotida efirni va xloroformni sinovdan o‘tkazgan.
Eksperimental farmakologiya asoschilaridan biri N.P. Krav- kov esa, 1903-yili noingalatsion narkotiklarni ingalatsion narko- tiklarga qo‘shib ishlatishni kun tartibiga kiritadi. Shunday qilib, umumiy tinchlantiruvchi ta’sir etib, MASda narkotik holat paydo etuvchi moddalarni tibbiyot amaliyotida qo‘llashga asos solindi. Narkoz paydo qiluvchi moddalarning falajlovchi va tinchlanti­ruvchi ta’siri miya po‘stlog‘idan boshlanadi, po‘stoqosti markaz-
lariga, keyin orqa miyaga o‘tadi. Narkoz holatidan chiqish yuqo- ridagi tartibning aksi bo‘lib, es-hush asliga qaytib keladi. Narko- tik moddalarning MASga ta’siridan yuzaga keluvchi narkoz ho- latida turli xil narkoz davrlari yuzaga chiqadi:

  1. Analgeziya davri.

  2. Qo‘zg‘alish davri.

  3. Jarrohlik narkoz davri. Bu o‘z navbatida yana to‘rt kichik davrlarga bo‘linadi:

  1. yuzaki narkoz davri;

  2. yengil narkoz davri;

  1. chuqur narkoz davri;

  2. o‘ta chuqur narkoz davri.

  1. Qayta o‘ziga kelish yoki narkozdan uyg‘onish davri, ba’zan esa, agonal yoki narkozdan uyg‘onish davri.

Tibbiyotda narkozning turli xillaridan foydalaniladi. Narkoz turlariga quyidagilar kiradi:

  1. Aralash narkoz — efir + azot (I) oksidi va boshqalar.

  2. Kombinatsiyali narkoz — noingalatsion va ingalatsion nar- kotik preparatlar.

  3. Potensiyalangan narkoz — narkoz chiqaruvchi moddaning ta’sirini kuchaytiruvchi preparatlar bilan birga ishlatish, masalan, geksenal + morfin + ingalatsion narkotik yoki miorelaksant (mu­shaklar tonusini susaytirish uchun), ba’zan atropinlar (adashgan asabdan yuzaga chiquvchi reflekslarni bartaraf qilish uchun) qo‘- shib ishlatiladi.

  4. Neyroleptanalgiziya — neyroleptiklar bilan birga analgetik- larni qo‘shib ishlatiladi. Bunda xotira saqlab qolinadi, masalan, droperidol + fentanil.

  5. Xloretilli narkoz — preparat 12—13°C da qaynaydi. Shun- dan foydalanib, uni teriga sepilganda terini muzlatib og‘riq qol- diradi.

Narkotik moddalarga turli xildagi kimyoviy birikmalar guru- higa moyil moddalar kiradi. Ular narkoz paydo qilish uchun qay yo‘l bilan ishlatilishiga qarab ikki katta guruhga bo‘linadi:

  1. Ingalatsion narkotiklar;

  2. Ingalatsion bo‘lmagan narkotiklar yoki noingalatsion nar- kotiklar.


Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish