Gijjalarga qarshi qo‘llaniladigan vositalar. Gijja (gelmint)lar odam va hayvon organizmida yashovchi chuvalchangsimon jonivorlar bo‘lib, gelmintoz kasalligini keltirib chiqaradi.
Odam organizmiga kirib olgan gijjalar to‘qima suyuqliklari bilan oziqlanib, to‘qimalarni mexanik shikastlantiradi va organizmga zaharlari bilan zararli ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, to‘qimalar va qonga infeksiya tushishiga sabab bo‘ladi. Ular asab to‘qimasini zararlantiradi, kamqonlik va allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi.
Gelmintlar shartli ravishda 3 guruhga bo‘linadi:
Nematodalar yoki yumaloq chuvalchanglar — askari- dalar, ostiritsalar, qilboshlar, ankilostomalar va boshqalar;
Sestodalar yoki yassi (tasmasimon) chuvalchanglar — keng tasmasimon gijja, qurollangan tizma gijjalar, bu guruh gijjalar ichakdan tashqari joylashishi ham mumkin;
Trematodalar — so‘ruvchi chuvalchanglar.
Gijjalarga qarshi vositalar kimyoviy tuzilishi, xossalari,
zaharliligi bo‘yicha turli-tuman hamda ular gelmintlarga tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega.
Odamlarning gelmintlar bilan kasallanishi biologik xusu- siyati va gelmintlarning qayerda joylashganligiga qarab ayrim hollarda ko‘zga ko‘rinarli bo‘lmagan belgilarsiz kechsa, bosh- qalari anemiya paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi, jigar, o‘pka, ko‘z tomirlarini shikastlantiradi.
Gijjalarga qarshi vositalar ta’sir mexanizmiga ko‘ra A. I. Krotov bo‘yicha, quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
hujayralarga zaharli ta’sir etuvchilar — to‘rt xlorli etilen.
yumaloq chuvalchanglarning asab-mushak sistemasi funksiyasini buzadigan vositalar — piperazin va uning tuzlari, ditrazin, levamizol, naftamon;
asosan yassi chuvalchangning asab-mushak sistemasi funksiyasini izdan chiqaradigan hamda ularning tashqi qavatini buzadigan moddalar — erkak paporotnigi preparati, fenasal, trixlorofen, bitionol;
asosan gelmintlarning energetik jarayonlariga ta’sir etuvchi vositalar — aminoakrixin, pirivit paluat, levamizol, kislorod.
Gelmintozlarga qarshi ishlatiladigan vositalar, ikki guruhga bo‘lib qaraladi — ichak gelmintozi va ichakdan tashqari gelmintozlarni davolash yoki oldini olish uchun qo‘llanadi:
ichak gelmintozlarida quyidagilar qo‘llanadi: nematozda — piperazin adipinat, naftamon, difezil pirantel va boshqalar hamda kislorod ishlatiladi;
sistozda — fenasal, trixlorofen, aminoakrixin, libendazol, erkak paporotnigi va boshqalar.
trematozda — tetraxlorid etilenlar;
Ichakdan tashqaridagi gelmintozlarda quyidagilar qo‘l- lanadi:
nematozda — ditrazin, libendazol;
termatozda — antimonil-natriy sitrat, piridazol, xloksil, emetin gidroxlorid, bitionol;
sistozda mebendazollardan foydalaniladi.
Gijjalarga qarshi ayrim hollarda qovoq urug‘i, kislorod kabi- lardan ham yaxshigina foydalaniladi. Gijjalarni davolashda parazitologlar ma’lum sxemalarga rioya qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |