Mexanik jarayonlar qattiq materiallarni mexanik kuch ta'sirida qayta ishlash bilan bog'liq. Bunday jarayonlarga saralash, uzatish, aralashtirish, maydalash kabilar kiradi. Bu jarayonlarning tezligi qattiq jismlarning mexanik qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Bunda harakatlantiravchi kuch vazifasini mexanik bosim kuchi yoki markazdan qochma kuch bajaradi.
Gidromexanik kuchlarga suyuq va gazsimon sistemalardagi harakat (aralashtirish, ffltrlash, cho'ktirish) bilan bog'liq jarayonlar kiradi. Bunday jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari bilan aniqlanadi. Gidromexanik jarayonlarning harakatlantiravchi kuchi gidrostatik va gidrodinamik bosimdir.
Issiqlik almashinish jarayoni - haroratlar farqi mavjud bo'lganda bir (harorati yuqori) jismdan ikkinchi (harorati past) jismga issiqlikning o'tishidir. Bu guruhga sovitish, isitish, bug'latish, kondensatlash va sun'iy sovuq hosil qilish jarayonlari kiradi. Jarayonning tezligi gidrodinamik rejimga bog'liq holda issiqlik uzatish qonunlari bilan ifodalanadi, issiqlik jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi sifatida issiq va sovuq muhitlar o'rtasidagi haroratlar farqi ishlatiladi.
Modda almashinish bir yoki bir necha komponentlarning bir fazadan fazalarni ajratuvchi yuza orqali ikkinchi fazaga o'tishidir. Komponentlar bir fazadan ikkinchi fazaga molekular va turbulent diffuziyalar yordamida o'tadi. Shu sababli bu jarayonlar diffuzion jarayonlar ham deyiladi. Bu guruhga adsorbilash, adsorblash, suyuqliklarni haydash, ekstraksiyalash, quritish jarayonlari kiradi. Jarayonlarning igi fazalarning gidrodinamik harakatiga bog'liq bo'lib, modda o'tkazish qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Modda almashinish jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi fazadagi konsentratsiyalarning farqi bilan belgilanadi.
Mexanik, gidromexanik, issiqlik almashinish, modda almashinish kabi jarayonlar kimyoviy texnologik jarayonlarning elementlari bo'lib, ular «Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari» kursida, kimyoviy jarayonlar esa «Kimyoviy texnologiya» kursida o'rganiladi.
Kimyoviy texnologiyaning barcha jarayonlari ikkita: Kimyoviy va fizik jarayonlarga bo'linadi. Kimyoviy reaksiyalar, Kimyoviy texnologik jarayonlarning eng muhim bosqichidir. Kimyoviy texnologik jarayonlarni klassifikatsiyalashda Kimyoviy reaksiyalarning oddiy, murakkab-parallel va murakkab ketma-ketlikka bo'linishi hisobga olinadi. Kimyoviy-texnologik jarayonlarning ayrim sinflarini tavsitlashda reaksiyalar, reagentlarning o'zaro ta'sirlashuvini tipiga qarab ikkiga: oksidlanish-qaytarilish (gomolitik) va kislota - asosliga (geterolitik) bo'linadi. Kimyoviy reaksiyalar vamassa o'tkazish jarayonlari qaytar va qaytmas bo'lishi mumkin, shunga qarab texnologik jarayon ham farq qiladi.
Texnologik jarayonlarning klassifikatsiyasida ularni optimallash uchun zarurbo'lgan texnologik rejim katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |