Umumiy kimyo


-mavzuning 3-darajali masalalari



Download 3,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/276
Sana02.04.2022
Hajmi3,03 Mb.
#525177
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   276
Bog'liq
Umumiy kimyo

 
14-mavzuning 3-darajali masalalari 
1. 
Ikkita ketma-ket birlashtirilgan elektrolizyorga 100 g dan eritma solingan: birinchisiga 10% li 
(massa bo`yicha) natriy xlorid, ikkinchisiga – 10% li oltin (III) xlorid va tokka ulangan. Ma`lum 
vaqtdan so`ng birinchi elektrolizyordagi eritmani massasi 3,285 g ga kamaygan. Ikkinchi 
elektrolizyorda hosil bo`lgan oltinni massasini aniqlang. 
2. 
9,4% li mis(II) nitratning suvli eritmasi elektroliz qilingan. Katodda ajralgan gazning hajmi, 
anodda ajralgan gazning hajmidan 1,5 marta ko`p bo`lguncha, elektroliz davom etgan. Hosil 
bo`lgan eritmadagi moddaning massa ulushini hisoblang. 
3.
Qotishmani elektrokimyoviy frezerlashni(anodga ishlov berish) elektrolit eritmasini elektroliz 
qilish usuli bilan amalga oshiriladi. Latunda uzunligi 10 sm, eni 2 sm va chuqurligi 0,2 sm 
bo`lgan ariqcha hosil qilish uchun elektrolit eritmasini 100 A tok bilan qancha vaqt davomida 
elektroliz qilish kerak? Reaksiya unumi 50% ga teng. Latunni tarkibi: 57% mis va 43% rux (mol 
bo`yicha); latun zichligi 8,16 g/sm
3

4. 
100 g 8% li natriy gidroksid eritmasi teng hajmdagi katod va anodga ajratilgan elektrolizyorda 
elektroliz qilingan. Katod qismidagi 10 g eritmani neytrallash uchun 100 ml 0,3 mol/l xlorid 
kislota eritmasi sarflangan. Anod qismidagi 10 g eritmani neytrallash uchun huddi shunday 
konsentratsiyadagi nitrat kislota eritmasini hajmini aniqlang. 


Ergashev Husniddin 
Telegram: @ICC
_
KIMYO 
330 
5.
Elektrokimyoviy nikellash (nikelli qoplama) nikel (II) sulfatni kislotali eritmasini nikel anodi 
bilan elektroliz qilish usulida amalga oshiriladi. Reaksiya unumi 60% bo`lsa, 800 A tok bilan 15 
min davomida yuzasi 0,05 m
2
buyumni qanday qalinlikda nikel bilan qoplash mumkin? 
Nikelning zichligi 8,9 g/sm
3
. Anod va katodda qanday jarayonlar boradi? 
6.
Binar anorganik birikmaning (undagi komponentlarning massa nisbati 1:0,145) suyuqlanmasi 
elektroliz qilinganda elektrodlarning birida 5,18 g metal, ikkinchisida – 9 l gaz (744,5 
mm.sim.ust, 15℃) ajralgan. Elektroliz 1 A tok bilan 20 soat davom etgan. Birikmani aniqlang. 
7.
7,22 g bariy xlorid digidrati va natriy xlorid aralashmasi bo`lgan eritma tuzlar to`liq 
parchalanguncha elektroliz qilingan. Hosil bo`lgan eritmaga 26 ml (zichligi 1,15 g/ml) 19,6% li 
sulfat kislota eritmasi qo`shildi. Olingan eritmani to`liq neytrallash uchun 32 ml 1,25 mol/l kaliy 
gidroksid eritmasi qo`shilgan. Aralashmadagi tuzlarning massa ulushini va elektroliz natijasida 
ajralgan xlorni hajmini (n.sh) aniqlang. 
8.
1000 g 5,1 % li kumush nitrat eritmasi elektroliz qilinganda katodda 10,8 g modda ajralgan. 
Keyin elektrolizyorga 500 g 13,5 % li mis(II) xlorid qo`shildi va anodda 8,96 l (n.sh) gaz 
ajralguncha elektroliz qilindi. Hosil bo`lgan eritmadagi moddaning massa ulushini aniqlang. 
9.
937 ml (zichligi 1,09 g/ml) 10% li rux xlorid eritmasi elektroliz qilinganda anodda 13,44 l 
(n.sh) xlor, katodda 32,5 g rux ajralgan. Katodda ajralgan gazni hajmini aniqlang. 
10. 
8,44 g mis(II) sulfat pentagidrat va simob (II) sulfat bo`lgan eritma metallar to`liq 
ajralguncha elektroliz qilingan. Eritmaga 22,5 ml (zichligi 1,11 g/ml) 11,2% li natriy gidroksid 
eritmasi qo`shildi. Hosil bo`lgan eritma 16 ml 0,625 mol/l xlorid kislota bilan reaksiyaga 
kirishishi mumkin. Dastlabki aralashmadagi tuzlarning massa ulushini aniqlang. 
11.
300 g 6% li simob sulfat eritmasi 8,68 g kamayguncha elektroliz qilindi. Elektrodlarda 
ajralgan moddalarni massasini va eritmadagi modda massa ulushini aniqlang. 
12.
300 g 6% li simob sulfat eritmasi tuzining massa ulushi 2,1% bo`lguncha elektroliz qilindi. 
Hosil bo`lgan eritmani neytrallash uchun qancha hajm (zichligi 1,11 g/ml) natriy gidroksid kerak 
bo`ladi? 
13. 
100 g 20% li rux sulfatning suvli eritmasi rux elektrodlari bilan elektroliz qilingan. Bunda 
anodning massasi 31,2 g ga kamaygan, katodning massasi 5,2 g ga ortgan. Hosil bo`lgan 
eritmadagi rux sulfatning massa ulushini (%) hisoblang. 
14.
Mis anodi ishtirokida mis sulfat eritmasi orqali 4 A kuchga ega bo`lgan tok 2 soat davomida 
o`tkazilganda anodning massasi necha grammga kamayadi? 
15.
1214 g 10% li AuCl
3
eritmasi massasi 193,4 g ga kamayguncha elektroliz qilindi. Inert 
elektrodlarda ajralgan moddalarning massalarini toping. 
16.
Tarkibida Cu(NO
3
)
2
va AgNO
3
bo`lgan 500 ml eritma 3 A tok kuchi bilan 1930 sekund 
davomida elektroliz qilinganda katodda har ikki metalldan jami 4,2 g ajralib chiqdi. 
Boshlang`ich eritmadagi nitrat ionining molyar konsentratsiyasini hisoblang. 
17. 
5% li mis (II) sulfat eritmasi elektroliz qilinganda (inert elektrod) katodda 16 g mis va 0,4 g 
vodorod, anodda 7,2 g kislorod ajralib chiqdi. Hosil bo`lgan eritmadagi sulfat kislotaning massa 
ulushini hisoblang. 
18. 
7,8% li 300 g natriy xlorid eritmasini 48250 sekund davomida 2 A tok kuchi bilan elektroliz 
qilindi. Anodda (inert elektrod) ajralgan moddalar massasini (g) hisoblang.
19.
Masssasi 15 g bo`lgan mis plastinkasi 500 g 20% li kumush nitrat eritmasiga tushurildi. 
Jarayon tugaganidan so`ng eritmadagi kumush nitrat 10% ga kamaydi. Qolgan eritmadagi 
kumush nitratning massa ulushini va plastinkaning massasini aniqlang. 
20.
Massasi 10 g temir plastinkasi 100 ml (zichligi 1,12 g/ml) 15% li qo`rg`oshin nitrat 
eritmasiga botirilganda qo`rg`oshin nitratning massasi 1,5 marta kamaygan. Elektrokimyoviy 
reaksiyadan so`ng plastinkaning massasini aniqlang. 
21.
Massasi 23,785 g bo`lgan nikel plastinka 500 g 11,14% li temir (III) sulfat eritmasiga 
botirilgan. Ma`lum vaqtdan so`ng plastinka eritmadan olingan, bunda eritmadagi temir(III) 
sulfatning massa ulushi hosil bo`lgan nikel tuzining massa ulushidan 3 marta ko`p bo`lgan. 
Reaksiyadan so`ng plastinkaning massasi qancha bo`lgan? 


Ergashev Husniddin 
Telegram: @ICC
_
KIMYO 
331 
22.
100 ml noma`lum metal xlorid eritmasiga 10 g temir plastinkasi botirilgan. Reaksiyadan 
so`ng plastinkaning massasi 10,10 g bo`lgan. Agar xuddi shu eritmaga 10 g kadmiy plastinkasi 
botirilsa, reaksiyadan so`ng uning massasi 9,4 g gacha kamaydi. Metall xloridni va uning molyar 
konsentratsiyasini aniqlang. 
23.
Bir xil metalldan bo`lgan ikkita plastinka kumush nitrat va mis (II) xlorid eritmasiga 
botirilgan. Reaksiyadan so`ng plastinkalarning massasi mos ravishda 2,501 g va 0,243 g ga 
ortgan. Plastinkalarga qoplangan metal ajratib olingan. Bunda mis xlorid eritmasiga botirilgan 
plastinka massasini kamaygani ikkinchi plastinka massasini kamayishidan 2 marta katta bo`lgan. 
Plastinka qaysi metalldan tayyorlangan? 
24.
Diametri D
0
bo`lgan mis shar temir(III) xlorid eritmasiga botirilgan. Ma`lum vaqtdan keyin 
sharning diametric 2 marta kamaygan, temir(III) xloridning konsentratsiyasi ham 2 marta 
kamaygan. Reaksiyadan so`ng FeCl
3
va CuCl
2
larning molyar konsentratsiyalari qanday nisbatda 
bo`ladi? 
25. 
Misdan tayyorlangan kubik temir (III) nitrat eritmasiga solinganda kubikning o`lchami 1/3 
qismga kamaygan, temir(III) nitratning konsentratsiyasi dastlabkisini 75% ini tashkil etgan. 
Temir (III) nitrat va mis(II) nitratning molyar konsentratsiyalari qanday nisbatda bo`ladi? 
26.
Sulfat kislotaning suvli eritmasi 5 A tok kuchi bilan 53,6 soat elektroliz qilingan. 
Elektrolizdan so`ng 410 g 10% li sulfat kislota eritmasi qolgan. Eritmaning dastlabki 
konsentratsiyasini aniqlang. 
27.
Uch valentli metal tuzining suyuqlanmasi 6,43 A tok kuchi bilan 1 soat elektroliz qilinganda 
katodda 2,16 g metal, anodda – geliyga nisbatan zichligi 17,75 bo`lgan gaz ajralgan. Tuzni 
aniqlang. 
28.
70,2 g natriy xlorid bo`lgan 1200 ml eritma platina elektrodlari bilan elektroliz qilingan. 
Eritma orqali 1 soat 20 min davomida tok kuchi 1,005 A bo`lgan tok o`tkazilgan. Elektrodlarda 
qanday mahsulotlar va qanday miqdorda hosil bo`ladi. Elektrolizgacha va elektrolizdan keyingi 
natriy xloridning konsentratsiyasi aniqlang. 
29.
250 ml (zichligi 1,1 g/ml) 9% li natriy gidroksid eritmasi elektroliz qilinganda anodda 28 l 
(n.sh) gaz ajralgan. Elektrolizdan keyin eritmadagi modda massa ulushini aniqlang. 

Download 3,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish