O‘rta asrlarga kelib, Yevropadagi rivojlanish kimyo sohasida ham o‘z aksini topdi. XVII asrda nemis olimi G.Shtal flogiston nazariyasini, XVIII asrda rus olimi M.Lomonosov moddalar haqidagi element va korpuskulalar to‘g‘risidagi fikrlarini bayon qilish orqali, atom-molekulyar ta’limot to‘g‘risidagi tushunchalarni rivojlantirdi. Fransuz olimi A.Lavuze yonish va oksidlanish jarayonlari haqida ilmiy nazariyalarni yaratgan. Ingliz olimi J.Dalton o‘z tajribalariga asoslanib, atomistik nazariya asoslarini bayon etgan bo‘lsa, 1869-yilda rus olimi D.Mendeleyev tomonidan o‘sha davrgacha ma’lum bo‘lgan kimyoviy elementlarni sinflash muvaffaqiyatli amalga oshirilib, elementlar Davriy jadvali yaratildi. Shu davrda rus olimi A.Butlerov organik moddalarning tuzilish nazariyasi asoslarini bayon etdi. Kimyo fani rivojiga G.Devi, N.Bor, M.Svet, Franklend, A.Kekule, Markovnikov, M.Faradey, Vyurs, Gey-Lyussak, S.Arrenius, E.Rezerford, M.Skladovskaya-Kyuri, P.Kyuri, Zelinskiy, Zinin, Kucherov, Favorskiy, Shorigin, N.Semyonov, A.N.Nesmeyanov, N.S.Kochetkova, V.A.Sergeev, I.A.Azerbayev, O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, H.U.Usmonov, M.N.Nabiyev, Х.N.Oripov va boshqa jahonga tanilgan olimlar o‘z xissalarini qo‘shdilar. - O‘rta asrlarga kelib, Yevropadagi rivojlanish kimyo sohasida ham o‘z aksini topdi. XVII asrda nemis olimi G.Shtal flogiston nazariyasini, XVIII asrda rus olimi M.Lomonosov moddalar haqidagi element va korpuskulalar to‘g‘risidagi fikrlarini bayon qilish orqali, atom-molekulyar ta’limot to‘g‘risidagi tushunchalarni rivojlantirdi. Fransuz olimi A.Lavuze yonish va oksidlanish jarayonlari haqida ilmiy nazariyalarni yaratgan. Ingliz olimi J.Dalton o‘z tajribalariga asoslanib, atomistik nazariya asoslarini bayon etgan bo‘lsa, 1869-yilda rus olimi D.Mendeleyev tomonidan o‘sha davrgacha ma’lum bo‘lgan kimyoviy elementlarni sinflash muvaffaqiyatli amalga oshirilib, elementlar Davriy jadvali yaratildi. Shu davrda rus olimi A.Butlerov organik moddalarning tuzilish nazariyasi asoslarini bayon etdi. Kimyo fani rivojiga G.Devi, N.Bor, M.Svet, Franklend, A.Kekule, Markovnikov, M.Faradey, Vyurs, Gey-Lyussak, S.Arrenius, E.Rezerford, M.Skladovskaya-Kyuri, P.Kyuri, Zelinskiy, Zinin, Kucherov, Favorskiy, Shorigin, N.Semyonov, A.N.Nesmeyanov, N.S.Kochetkova, V.A.Sergeev, I.A.Azerbayev, O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, H.U.Usmonov, M.N.Nabiyev, Х.N.Oripov va boshqa jahonga tanilgan olimlar o‘z xissalarini qo‘shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |