ALIMAX TA’LIM MARKAZI DAVRIY SISTEMA
Qaysi davr elementlarini Mendeleyev tipik elementlar deb atadi?
A) 1 va 2 B) 2 va 3
C) 3 va 4 D) 2 va 4
Quyidagi sanalarda qanday kashfiyotlar bo’lganligini aniqlang.
1. Chex olimi Brauner Te ning atom massasi 128 emas125 ekanligini isbotladi.
2. Vinkler germaniyni kashf etdi.
3. Lekok de Buabodran Galliyni kashf etdi.
4. Nilson skandiyni kashf etdi.
a) 1875-yil b) 1879-yil
c) 1886-yil d) 1883-yil
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
B) 1-d ,2-c ,3-a, 4-b
C) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d
Nima uchun Dobereyner, Nyulends va Lotar Mayer davriy qonunni kashf eta olmadilar?
A) Ular faqat o’xshash elementlarni taqqoslagan edilar.
B) Ular element atom massasini hisobga olmadilar.
C) U vaqtda moddaning xossalari to’liq o’rganilmagan edi.
D) Ular element yadro zaryadini hisobga olmadilar.
Nima uchun aktinoidlarning kimyoviy xossalarini o’rganish juda murakkab?
A) aktinoidlar radioaktiv element bo’lganligi sababli
B) ularning atom tuzilishi beqaror bo’lganligi sababli
C) aktinoidlar yonaki guruh bo’lganligi sababli
D) ularning yadrolari beqaror bo’lganligi sababli
Tartib raqam ortishi bilan atomning qaysi xossalari davriy (to’xtovsiz) ortadi?
1) yadro zaryad
2) proton soni
3) metallik
4) nisbiy atom massa
5) atom radiusi
6) elektromanfiylik
7) elektron soni
A) 1, 2, 4, 7 B) 2, 5, 6, 7
C) 1, 3, 5, 7 D) 2, 3, 6, 7
Molekula tarkibidagi atomning o’ziga bog’lovchi elektronni tortish xususiyati nima deyiladi?
A) elektronga moyillik
B) atom radius
C) ionlanish potensiali
D) elektromanfiylik
D.I.Mendeleyev davriy sistemaning qachon, qanday variantini kashf etdi?
A) 2- mart 1865 yilda, qisqa shakldagi variantini
B) 1-mart 1869-yilda, uzun shakldagi variantini
C) 30 yanvar 1869 yilda, qisqa shakldagi variantini
D) 13 fevral 1865 yilda, silindrsimon shakldagi variantini
Metallar va metallmaslarga xos xususiyatlarni ajrating.
1) metallarga xos xususiyatlar
2) metallmaslarga xos xususiyatlar
a) elektromanfiylik, ionlanish potensiali yuqori
b) atom radiusi katta
c) atom radiusi kichik
d) elektromanfiylik, ionlanish energiyasi kichik
e) p-elementlar
A) 1-e, d; 2-a, b, c
B) 1-a, b; 2-c, d, e
C) 1-a, c; 2-b, d, e
D) 1-b, d; 2-a, c, e
Atom o’ziga elektron biriktirib olganda ajraladigan energiya nima deyiladi?
A) elektronga moyillik
B) atom radius
C) ionlanish potensiali
D) elektromanfiylik
Atomning elektronni tortib olishi uchun kerak bo’lgan minimal energiyasi nima deyiladi?
A) elektromanfiylik
B) atom radius
C) ionlanish potensiali
D) elektronga moyillik
Atom markazi (yadro) va elektron orasidagi masofa nima deyiladi?
A) elektronga moyillik
B) atom radius
C) ionlanish potensiali
D) elektromanfiylik
Do'stlaringiz bilan baham: |