Sichqoncha - 1968-yilda o’lab topilgan. Bungacha faqat klaviatura ma’lumot kiritishning asosiy qurilmasi sanalgan. Sichqinchaning paydo bo’lishi kompyutyerda grafik lementlar qo’llanilish davrini boshlab berdi. Klassik sichqoncha foydalanuvchi qo’liga moslashgan, kichik razmerli, tekislikda harakatlanuvchi qurilma. Elektron sxema harakat yo’nalishini (X va Y o’qlari bo’yicha) va harakat masofasini aniqlab, bu haqdagi ma’lumotni shina orqali MP ga yuboradi. Mexanik sichqoncha kichik sharning harakatidan sensorlarni harakatga keltiradi, sensorlar esa ikkita hisoblagichni ishga tushirib, sichqonchaning harakat masofasini X va Y o’qlari bo’yicha aniqlaydi. Sichqonchaning knopkalaridan olingan xabar (o’ng tomon bosildi, chap tomon bosildi, o’ng tomon 2 marta, chap tomon ikki marta) sichqoncha mikrokontrolleriga tushadi, unda 3 baytli paketga kodlanadi va ketma-ket ulanish shinasi orqali MP ga uzatiladi. Optik sichqonchada LED-svetodiod (Light-Emitting Diode) ishlatilib, yorug’likka o’ta sezgir elementlar harakat miqdorini o’lchab boradi.1999-yilda Microsoft firmasi IntelliMouse deb nomlangan yangi turdagi sichqonchani taklif qildi. Bu sichqoncha har qanday yuzada bir xil ishlaydi. Unda yorug’lik sensori o’rniga raqamli kamera o’rnatilgan. U sichqoncha ostidagi kichik uchastkani tasvirini raqamli shaklga o’tkazib, masofani aniqlaydi. Kamera 1500 kadr/sekund tezlikda ishlaydi. Agar yuza notekis bo’lsa, kamera ketma-ket olingan tasvirlarni tahlil qilib, sichqonchaning bosib o’tgan yo’lini aniq hisoblaydi. Bir tasvirdan ikkichisigacha masofani o’lchash uchun korellyatsiya deb nomlangan, signallarni qayta ishlash texnologiyasidan foydalanadi. Soniyasiga 1500 ta tasvirni qayta ishlash uchun kamera protsessori 18 mli amal/sekund bajaradi.
Skaner
Qog’ozdagi tasvirni raqamli shaklga o’tkazuvchi qurilma. Dastlabki skanerlarda qog’oz shisha silindrga mahkamlangan, u esa sensorlar orasida aylangan va tasvir hosil bo’lgan. Zamonaviy skanerlarda qog’oz shisha yuzaga qo’yiladi va yorug’lik bilan skanerlanadi. Qaytgan yorug’lik zaryadli aloqa uskunalari (ZAU=прибор с зарядовой связью-ПЗС) ning chiziqli matritsasida fokuslanadi. Rangli skanerlarda qizil-ko’k-yashil rangli filtrlar bo’lib, ular yordamida ranglar farqlanadi va keyin alohida-alohida qayta ishlanadi. Yorug’likning qog’oz yuzasidan o’tishida sensorli matritsa signali ko’p marta qayta o’qiladi, shu shaklda tasvirning pikselli satrlari hosil qilinadi. Skanerlash yakunlanib, axborot kompyuterga uzatiladi va xotirada piksellar massivi shaklida saqlanadi. Oq/qora skanerlaganda har bir nuqta bir bitga teng bo’ladi (0=qora, 1=oq). Rangli skanerlaganda esa har bir nuqta ko’pi bilan 3 baytga teng bo’lib, har baytda rang va tiniqlik darajasi beriladi. Skanerlangan matnni Word dagi matnga o’zgartirishda qora ranglar matn yozuvlarini bildiradi. Maxsus dasturlar qora ranglar ketma-ketligini kompyuter xotirasidagi harflash shabloni bilan taqqoslab, matnni o’qib olishni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |