Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma



Download 4,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/247
Sana15.02.2022
Hajmi4,07 Mb.
#449704
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   247
Bog'liq
fayl 2048 20211104

 
Sinash uchun savollar:
1.
Issiqlik sig`im va solishtirma issiqlik sig`imlarni tushuntiring. 
2.
Issiqlik oʻtkazuvchanlik deb nimaga aytiladi? 
3.
Issiqlik oʻtkzuvchanlik nimani hisobiga yuzaga keladi? 
4.
Jismning qiziganda yoki sovuganda ajraladigan issiqlik miqdori haqida toʻla 
tushuncha bering. 


96 
7-laboratoriya ishi 
SUV BUGʻLARI HOSIL BOʻLISHINING YASHIRIN ISSIQLIGINI 
ANIQLASH
(
Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 7, 8, 9, 11, 12, 44, 47, 55.
)
 
Tajriba maqsadi: 
Sovuq suv va bugʻ aralashmasining temperaturasini 
𝑡
𝑚
aniqlash, Suv bugʻlari hosil boʻlishining yashirin issiqligini aniqlash 
Qisqacha nazariya: 
Modda molekulalari xaotik harakatda boʻlganligi tufayli 
yuqori boʻlmagan temperaturalarda ham tezligi, binobarin, kinetik energiyasi katta 
boʻlgan molekulalarni uchratish mumkin. Bunday molekulalar, masalan, 
suyuqliklarda boshqa molekulalarning tortishish kuchlarini yengishi va 
suyuqlikning sirtqi pardasini “yorib oʻtishi” va tashqariga uchib chiqishi, ya′ni gaz 
holatiga oʻtishi mumkin.
Moddaning gaz holatiga oʻtish hodisasi bugʻ hosil boʻlishi deyiladi. Bu jarayon 
suyuqlikning bugʻlanishi yoki qaynashi yoʻli bilan boʻladi. Suyuqlikning erkin 
(idish devoriga tegib turmaydigan) sirtidan har qanday temperaturada bugʻ hosil 
boʻlishi bugʻIan ish deyiladi. Suyuqlikning ichida va sirtida bir vaqtda bugʻ hosil 
boʻlishi qaynash deb ataladi. Faqat suyuqliklargina emas, balki qattiq jismlar ham 
bugʻlanadi. Qattiq jism larning bugʻlanishi haydash yoki sublimatsiya deyiladi.
Bugʻlanishda nisbatan katta kinetik energiyali molekulalarning suyuqlikni tark 
etishi suyuqlik ichki energiyasining kamayishiga olib keladi. Shuning uchun 
suyuqlik bugʻlanganda hamma vaqt soviydi. Bugʻlanishda temperatura 
oʻzgarmasligi uchun suyuqlikka tashqaridan issiqlik berish kerak. Muayyan 
temperaturada suyuqlikning birlik massasini bugʻga aylantirish uchun zarur 
boʻIgan issiqlik miqdori shu temperaturadagi solishtirma bugʻlanish issiqligi 
deyiladi. Ta′rifga asosan, 
𝑟 = 𝑄/𝑚
(2.29) 
boʻladi, bu yerda r — solishtirma bugʻlanish issiqligi boʻlib, suyuqlikning tabiatiga 
va temperaturaga bogʻliq. Ifodadan koʻrinadiki, solishtirma bugʻlanish issiqligi SI 
da J/kg hisobida oʻlchanadi. Suyuqlik har qanday temperaturada ham bugʻlanadi. 


97 
Biroq temperatura ortishi bilan bugʻlanish intensivligi ortishi ravshan, chunki 
bunda molekulalarning kinetik energiyasi ortadi va ularning suyuqlik sirti 
pardasini “yorib oʻtishi” yengillashadi. Shu sababli temperatura ortishi bilan 
solishtirma bugʻlanish issiqligi kamayadi. 
Oʻzgarmas bosimda moddaga qandaydir issiqlik miqdori uzatilsa, odatda 
moddaning temperaturasi oshadi. Ammo, agar fazaviy oʻtish mavjud boʻlsa, 
moddaning temperaturasi oshmaydi, chunki uzatilayotgan issiqlik fazaviy oʻtishga 
sarf boʻladi. Agar issiqlik uzatish jarayoni fazaviy oʻtishdan keyin ham davom 
etsa, moddanin_g temperaturasi yana orta boshlaydi. Suvning bugʻlanishi fazaviy 
oʻtishning yaqqol misoli hisoblanadi. Moddaning birlik massasi isteyemol 
qiladigan issiqlik bugʻlanishning yashirin issiqligi 
𝑄
𝑣
deyiladi. 
Tajribada bugʻ hosil boʻlishining yashirin issiqligi 
𝑄
𝑣
quvurdan kalorimetrga toza 
bugʻ uzatish orqali aniqlanadi. Bugʻ sovuq suvni aralashma temperaturasigacha 
𝑡
𝑚
qizdiradi va soʻngra suvga kondensasiyalanadi. Bugʻ hosil qilish issiqligi bugʻni 
suvga aylantiradi. Aralashma temperaturasiga qoʻshimcha boshlangʻich 
temperatura 
𝑡
2
, sovuq suvning massasi 
𝑚
2
hamda kondensirlangan suvning 
massasi 
𝑚
1
oʻlchanishi va bugʻ hosil boʻlish issiqligi quyidagi formuladan 
hisoblab topilishi mumkin: 
𝛥𝑄
1
= 𝑐 𝑚
1
(100°𝐶 − 𝑡
𝑚
)
(2.30)
bu yerda c - suvning solishtirma issiqlik sigʻimi koeffitsiyenti. 
Chunonchi, bugʻdan ajralib chiqqan issiqlik suvning 
𝑡
1
=100 °C dan aralashma 
temperaturasigacha ajralgan issiqlik bilan bugʻning kondensasiyalanishida ajralgan 
issiqlik 
𝛥𝑄
2
yigʻindisiga teng. Oxirgi issiqlik
𝑡
1
≈ 100
°C temperaturadagi suvni 
bugʻga aylantirish uchun zarur boʻlgan issiqlikga ham teng. Shunday qilib biz 
quyidagilarga egamiz: 
∆𝑄
2
= 𝑚
1
⋅ 𝑟
𝑣
(2.31) 
Sovuq suv bugʻ bilan aralashganda yutilgan issiqlik 
𝛥𝑄
3
= 𝑐
𝑠
𝑚
2
(𝑡
𝑚
− 𝑡
2
)
(2.32) 
Shu bilan bir vaqtda kalorimetr issiqlik yutadi, bu issiqlik miqdori kalorimetrning 
ma′lum suv ekvivalenti 
𝑚
𝑘
bilan hisoblab topilishi mumkin: 


98 
𝛥𝑄
4
= 𝑐
𝑘
𝑚
𝑘
(𝑡
𝑚
− 𝑡
2
)
(2.33) 
bu yerda 
𝑚
𝑘
= kalorametr massasi 
Ajralgan issiqlik miqdori 
𝛥𝑄
1
+ 𝛥𝑄
2
va yutilgan issiqlik miqdori 
𝛥𝑄
3
+ 𝛥𝑄
4
oʻzaro teng, ya′ni: 
𝑟 = ((𝑐
𝑠
𝑚
2
+ 𝑐
𝑘
𝑚
𝑘
)(𝑡
𝑚
− 𝑡
2
))/𝑚
1
− 𝑐
𝑠
(100
𝑜
𝐶 − 𝑡
𝑚
)
(2.34) 

Download 4,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish