21.8 – §. MOSLASHUVCHI AVTOMATLASHTIRILGAN
ISHLAB CHIQARISH
Kimyo va oziq – ovqat sanoati texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan
boshqarish tizimlariniva an’anaviy avtomatlashtirish tizimlariniishlab chiqish va
joriy qilish ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator vazifalarni
muvaffaqiyatli hal qilishga imkon berdi. Biroq bunday tizimlarning imkoniyatlari
cheklangan. Ularni qo‘llashda ishlab chiqarish xarakteri davriy diskret va uzluksiz
– diskret korxonalardir. Avtomatlashtirishning a’anaviy tizimlariniqo‘llash mayda
seriyali ishlab chiqarishda, chiqarilayotgan buyumlarning nomenklaturasi ko‘p
bo‘lganda ayniqsa murakkablashadi. Ko‘pchilik jismonan og‘ir ortish – tushirish
ishlari, transport va shu kabi kimyo va oziq – ovqat sanoatlarida salmog‘i juda
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
663
katta bo‘lgan boshqa operasiyalar amalda avtomatlashtirilmagan. SHu bilan birga
sexlar va korxonalarning yangi yoki sezilarli darajada yangilangan mahsulotni
ishlab chiqarishga o‘tkazish masalasini hal qilish – borgan sari dolzarb bo‘lib
bormoqda. Sanoat korxonalarini avtomatlashtirishdagi bu «tor joylar» sohaga ilmiy
– texnik yangiliklarni joriy etish sur’atlarini keskin pasaytiradi.
Bunday holatdan qutulish hisoblash texnikasini va ayniqsa mikro – va mini
EHMlarni, atrof – muhitga va ishlab chiqarish ob’ektlariga moslanish elementlari
bo‘lgan avtomatik manipulyatorlar va sanoat robotlarining keng joriy etilishini,
ko‘p seriyali, ko‘p nomenklaturali, tez – tez qayta tuziladigan ishlab chiqarish
uchun mo‘ljallangan programma bilan boshqariluvchi avtomatik ishlab chiqarish
tizimlariniva moslashuvchi (tez – tez o‘zgartiriladigan) ishlab chiqarish tizimlari
yoki moslashuvchi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishlar (MAICH) ni yaratishni
muvaffaqiyatli
rivojlantirishga
imkon
beradi.
MAICHda
kompleks
avtomatlashtirish va ishlab chiqarishning uzluksizligi va uyg‘unligi, mahsulotni
ishlab chiqarishning yuqori sur’atlari bilan qo‘shib olib boriladi.
MAICHning asosini sonli programma bilan boshqariluvchi mashinalar va
apparatlar, sanoat robotlari va manipulyatorlar, mikro va mini EHM asosidagi
boshqaruvchi qurilmalar tashkil etadi.
MAICH boshqarishning yuqori darajada moslashuvida qayta sozlanishi bilan
xarakterlanadi. Bu optimal rejalashtirishni ishlab chiqarishni texnologik
tayyorgarlik ko‘rishni, aniq vaziyatni hisobga olib dispetcherlashni qurilmalarni
kompleks boshqarishni kiritishga imkon beradi.
MAICH tarkibiga (21.15-rasm) lokal avtomatlashtirish tizimlari (LAS),
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari (TJABT),
robotlashtirilgan komplekslar (RK), avtomatlashtirilgan ortish – tushirish va
transport tizimlari (AOT va TS), xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarning
avtomatlashtirilgan ombori (TMAO), avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi(ALT),
ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning avtomatlashtirilgan kompleksi
(ICHTTAK),
xom
ashyo
va
chala
mahsulotlar
bilan
ta’minlashning
avtomatlashtirilgan kompleksi (X va CHMTAK), asbob bilan ta’minlashning
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
664
avtomatlashtirilgai kompleksi (AT AK), tashkiliy – iqtisodiy, rejalash va
dispetcherlik boshqaruvi markazi (TIR va DBM) kiritilishi mumkin.
21.15-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |