Nazorat va rostlash tizimlarining prinsipial zlektr sxemasi.
TJlarni avtomatlashtirishda ommaviy (seriyalab) ishlab chiqariladigan asboblar
va avtomatlashtirish vositalaridan foydalanishga asoslangan ham diskret, ham
uzluksiz ishlaydigan rostlashning elektr tizimlari keng tarqalgan. Masofadan turib
nazorat qilish yoki avtomatik boshqarish tizimlarida standart asboblar qo‘llanilgan
hollarda ularni ulashning umumiy (tipaviy) sxemalaridan foydalaniladi. Bunda
o‘lchovchi va rostlovchi qurilmalar soddalashtirib (to‘g‘ri to‘rtburchaklar
ko‘rinishida) zavod markirovkasi bilan, kirish va chiqish qismlari (klemmalari)
tasviri bilan belgilanadi (21.12-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |