Sorbsion gigrometrlarda
sorbsion materiallar (keramika, mikrog‘ovakli
materiallar, alyuminiy oksidlar va boshqalar) fizik xossalarining ulardagi gaz
namligiga bog‘liq bo‘lgan nam miqdoriga qarab o‘zgarishidan foydalaniladi. Odatda,
nam saqlami o‘zgarishi bilan o‘lchash o‘zgartkichining elektr qarshiligi, sig‘imi, biror
boshqa parametri o‘zgaradi. Asbobning o‘lchash sxemasi o‘lchash o‘zgartkichini
chiqish signali bilan belgilanadi. Bu turdagi asboblar individual darajalanish tavsiflari
bilan farq qiladi, shuning uchun ularning sanoatda keng qo‘llanilishi cheklab
qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |