Umumiy doc


 NAZORAT QILISH VA VIZUALLASH TIZIMLARI



Download 5,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet471/603
Sana11.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#444183
1   ...   467   468   469   470   471   472   473   474   ...   603
Bog'liq
resources-1

 
20.2.4. NAZORAT QILISH VA VIZUALLASH TIZIMLARI 
Zamonaviy TJABT (texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish 
tizimi) ko‘p sathli inson-mashinali boshqarish tizimidan iboratdir. Murakkab 
texnologik jarayonlarni ABT ning yaratilish ma’lumotlarni to‘plashning avtomatik 
axborot tizimlaridan va xisoblash majmualaridan foydalangan holda amalga 
oshiriladi, ular texnik vositalar va dasturiy ta’minot evolyusiyasi darajasiga ko‘ra 
doimo takomillashtirib boriladi.
TJABT rivojlanishining vaqt bo‘yicha uzluksiz bo‘lgan manzarasini sifat 
jihatidan yangi ilmiy g‘oyalar va texnik vositalarning paydo bo‘lishi bilan shart 
kilingan uchta bosqichga bo‘lish mumkin. Tarix davomida zamonaviy boshqarish 
tizimining mazmunini tashkil etuvchi ob’ektlar va boshqarish uslublari, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


589 
avtomatlashtirish vositalari va boshqa komponentlarning tavsifi o‘zgaradi:

Birinchi bosqich avtomatik rostlash tizimini (ART) joriy qilishni aks ettiradi. 
Bu bosqichda boshqarish vositalari sifatida ayrim parametrlar, qurilmalar, 
agregatlar 
hisoblanadi; 
stabillashtirish, 
dasturiy 
boshqarish, 
kuzatish 
masalalarini echish odamdan ART ga o‘tadi. Insonda topshiriqni hisoblab 
chiqish vazifalari va regulyatorlarni sozlash parametrlari paydo bo‘ladi. 

Ikkinchi bosqich-texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fazoda jamlangan 
tizim boshqarish ob’ekti bo‘lib qoladi; avtomatik boshqarish sitemalari (ABT) 
yordamida boshqarish yanada murakkab qonunlari amalga oshiriladi, optimal 
va adaptiv boshqarish masalalari ham qilinadi, ob’ekt va tizim holatining 
identifikasiyasi o‘tkaziladi. Bu bosqichning o‘ziga xos xususiyatni texnologik 
jarayonlarni boshqarishga telemexanika tizimlarini joriy qilish hisoblanadi. 
Inson boshqarish ob’ektidan borgan sari ko‘proq uzoqlasha boradi, ob’ekt bilan 
dispetcher 
o‘rtasida 
o‘lchash 
tizimining, 
ijrochi 
mexanizmlarning, 
telemexanika vositalarining, mnemosxemalarning va axborotni aks ettirishning 
boshqa vositalarining (AAEV) bir qatori tizilib turadi. 

Uchinchi bosqich-texnologik jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan 
sitemalari-texnologik jarayonlarini boqarishga hisoblash texnikasining joriy 
qilish bilan tavsiflanadi. Avval-mikroprosessorlarni qo‘llanish boshqarish 
ayrim fazalarida hisoblash tizimlaridan foydalanish; so‘ngra inson-mashina 
boqarish tizimlarining, muxandislik psixologiyasining, operasiyalarini tadqiq 
etishning uslublari va modellarining faol rivojlanish, nihoyat, ma’lumotalarni 
to‘plashning avtomatik axborot tizimlaridan va zamonaviy hisoblash 
majmualaridan foydalanish asosida dispetcherlik boshqaruvi. 
Bosqichdan-bosqichga qarab texnologik jarayonning reglamentli faoliyat 
ko‘rsatishini ta’minlashi kerak bo‘lgan insonning (operator/dispetcherning) vazifalari 
hal qilinadigan masalalar doirasi kengaymoqda; texnologik jarayonni bevosita 
boshqarish zarurligi bilan cheklangan masalalar to‘plami avval yordamchi 
xarakteriga ega bo‘lgan yoki boshqarishning boshqa sathiga tegishli bo‘lgan sifat 
jihatidan yangi masalalar bilan to‘ldirilmoqda.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


590 
Texnologik jarayonlarni boshqarishning ko‘p sathli avtomatlashtirilgan 
tizimida dispetcher EHM monitoridan yoki axborotni aks ettirish elektron tizimidan 
va o‘zidan ancha katta masofada joylashgan ob’ektlarga telekommunikasiya tizimlari, 
kontrollerlar, intellektual ijrochi mexanizmlar yordamida ta’sir ko‘rsatadi.
YAqqol ifodalangan dinamik xarakterga ega dispetcherlik boshqaruvini 
samarali amalga oshirishning asosi, zarur sharti axborot bilan ishlash, ya’ni axborotni 
to‘plash, uzatish, ishlov berish, aks etish, taqdim etish hisoblanadi.
Dispetcherdan endi faqat texnologik jarayonni malakali bilishgina emas, balki 
axborot tizimlarida ishlash tajribasi, favqulodda va avariya holatlarida qaror qabul 
qila olish (EHM bilan dialogda) ko‘nikmasi va ko‘pgina boshqa narsalar talab etiladi. 
Dispetcher texnologik jarayonni boshqarishda bosh ishtirok etuvchi shaxs bo‘lib 
qoladi.
Dispetcherlik boshqaruvi to‘g‘risida gapirmasdan bo‘lmaydi. Energetikada, 
neftegaz va sanoatning bir qator boshqa sohalaridagi texnologik tavalkkalchilik 
to‘g‘risida gapirmasdan bo‘lmaydi. Energetikada, neftegaz va sanoatning bir qator 
boshqa sohalaridagi texnologik jarayonlar haqiqatdan ham havfli hisoblanadi va 
avariya yuzaga kelganda insonlarning halok bo‘lishiga, shuningdek katta moddiy va 
ekalogik zararga olib keladi. 
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ttiz yil mobaynida hisobga olingan falokatlar 
soni taxminan har o‘n yilda ikki marta ortar ekan. Istagan avriya asosida, tabiiy 
ofatlardan tashqari, insonning xatosi yotadi. 
Barcha turdagi transport vositalarida, sanoatda va energetikada yuz bergan 
ko‘pchilik avariyalar va hodisalarni tahlil qilish natijasida qiziqarli ma’lumotlar 
olindi. 60 yillarda insonning xatosi avariyalarning faqat 20% ida birlamchi sabab 
bo‘lsa, 80-yillarning oxiriga kelib «inson omilining» ulushi 80% ga yaqinlashib 
qoladi. 
Bunday an’ananing sabablaridan biri-murakkab boshqarish tizimlarining 
tuzilishiga eskicha an’anaviy yondashuvdir, ya’ni yangi texnik va texnologik 
yutuqlarni qo‘llanishga harakat qilish va insonga (dispetcherga) mo‘ljallangan zarur 
samarali inson-mashina interfeysini tuzish zarurligini to‘g‘ri baholay olmaydi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


591 
SHunday qilib, dispetcherlik boshqaruvi tizimining ishonchliligini (puxtaligini) 
oshirish talabi bunday tizimlarni: operatorlar dispetcherga mo‘ljal qilish va uning 
vazifalarini ishlab chiqishda yangicha yondashuvning paydo bo‘lishi sabablaridan 
biridir. 
SCADA (Supervizory Control And Data Acquisition-dispetcherlik boshqaruvi 
va ma’lumotlarni to‘plash) konsepsiyani boshqarish tizimining rivojlanishning 
borishi va fan-texnika taraqqiyoti natijalari bilan belgilangan. SCADA-
texnologiyalarining qo‘llanilishi axborotni boshqarish tizimini ishlab chiqish, 
to‘plash, ishlov berish, uzatish, saqlash va aks ettirish masalalarini hal qilishda 
avtomatlashtirishning yuqori darajasiga erishishga imkon beradi.
SCADA- tizimlar taqdim etadigan inson-mashinali interfeysning (HMI/MMI) 
do‘stonaligi, ekranda ko‘rsatilayotgan axborotning to‘laligi va yaqqolligi, boshqarish 
«richaglarining» qulayligi, aytib turishlardan va ma’lumotnoma tizimidan 
foydalanishning qulayligi va hokazo-dispecherning tizim bilan o‘zaro ta’sirlashish 
samaradorligini oshiradi va uning boshqarishdagi kritik xatolarini nolga keltiradi. 
Asosi boshqarish tizimlarini avtomatlashtirilgan ishlab chiqishdan iborat 
bo‘lgan SCADA konsepsiyasi uzoq vaqt echib bo‘lmaydigan deb hisoblab kelingan 
bir qator 
masalalarni echishga 
imkon berishni 
ta’kidlab o‘tish 
lozim: 
avtomatlashtirish bo‘yicha loyixalarni ishlab tayyorlash muddatlarini va ularni ishlab 
chiqarishga ketadigan bevosita moliyaviy xarajatlarini qisqartirish. 
Ayni 
paytda 
SCADA 
murakkab 
dinamik 
tizimlarini 
(jarayonlarni) 
avtomatlashtirilgan boshqarishning asosiy va eng istiqbolli usuli hisoblanadi. 
SCADA tizimlari asosida texnologik jarayonlarni boshqarish ilg‘or g‘arb 
mamlakatlarida 80-yillarda boshlandi. Qo‘llanish soxasi elektro va suv ta’minoti 
kimyo, neftekimyo va neftni qayta ishlash sanoati, temir yo‘l transporti, neft va gaz 
transporti va hokazo. 
Rossiyada texnologik jarayoni dispetcherlik personalining tajribasiga tayanar 
edi. SHuning uchun SCADA tizimlar asosida boshqarishga o‘tish biroz qiyinroq 
amalga oshirila boshladi. Rossiyada yangi axborot texnologiyalarini, SCADA 
tizimlari ana shunday texnologiyalar sirasiga kiradi, o‘zlashtirish qiyinchiliklariga 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


592 
ulardan foydalanishdagi tajribaning yo‘qligi ham, turli xil SCADA tizimlar 
to‘g‘risidagi axborotning etarli emasligi ham kiradi. 
Jahonda SCADA- tizimlarni ishlab chiqish va joriy qilish bilan faol 
shug‘ullanuvchi bir necha o‘nlab kompaniyalar mavjud. Har bir
SCADA tizim- 
bu kompaniyaning «know-now» i bo‘lib, shuning uchun ham u yoki bu tizim 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda ham keng emas.
Dispetcherlik boshqaruvining zamonaviy tizimlarini joriy qilishda quyidagi 
masalalarni hal etish juda katta ahamiyatga ega: 

SCADA- tizimni tanlash (texnologik jarayonning talablari va o‘ziga xos 
xususiyatlaridan kelib chiqib); 

kadrlar bilan ta’minlash; 
SCADA- tizimni tanlash ko‘p mezonlik sharoitida qarorlar qabul qilishga 
o‘xshash etarlicha qiyin masaladan iborat bo‘lib, u axborot etishmasligi tufayli bir 
qator mezonlarni miqdoriy baholashning iloji yo‘qligi bilan murakkablashtirilgan. 
SCADA dasturiy ta’minot negizida boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va 
foydalanish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash turli xil firmalarning maxsus 
kurslarida, malaka oshirish kurslarida amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda bir kator 
texnik universitetlarning o‘kuv rejalariga SCADA- tizimlarni o‘rganish bilan bog‘liq 
fanlar kiritila boshladi. Biroq SCADA- tizimlar bo‘yicha maxsus adabiyot yo‘q; faqat 
ayrim maqolalar va reklama prospektlari mavjud xolos. 
Avtomatlashtirilgan nazorat va boshqarish tizimlari (NBT) ning qo‘llanish 
sohalarining katta spektri uchun ko‘pgina loyihalar 20.9-rasmda keltirilgan ularni 
amalga oshirishning umumlashtirilgan sxemasini ajratishga imkon beradi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


593 

Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   467   468   469   470   471   472   473   474   ...   603




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish