20.2.1.3. Kontrollerlarning tarmoq majmuasi (PLC, NETWORK)
Tarmoq DTM lari barcha sanoat tarmoqlaridan ishlab chiqarish jarayonlarini
boshqarish uchun juda keng miqyosida qo‘llaniladi. Mazkur sinfdagi DTM ning
minimal tarkibi quyidagi komponentlarning bo‘lishini nazarda tutadi:
•
kontrollerlar to‘plash;
•
bir nechta operatorlarning displeyli ishchi stansiyalari;
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
572
•
kontrollerlarni bir-biri bilan va kontrollerlarni ishchi stansiyalar bilan
biriktiruvchi tizimli (sanoat) tarmog‘i.
Har bir tarmoq majmuidagi kontrollerlar, odatda bir-biridan tez ishlashi, xotira
hajmi, zaxiralash bo‘yicha imkoniyatlari, atrof muhitning turli xil sharoitlarida
ishlash qobiliyati, kirish-chiqish kanallari soni bilan farq qiluvchi bir qator
modifikasiyaga ega. Bu tarmoq majmuasidan turli xil texnologik ob’ektlar uchun
foydalanishni engillashtirishda, chunki kontrollerlarni avtomatlashtirilgan ob’ektning
ayrim elementlariga va nazorat xamda boshqarishning turlari vazifalariga moslab
yanada aniq tanlab olishga imkon beradi. Displeyli ishchi stansiyalar (operator
pultlari) sifatida deyarli har doim odatdagi yoki sanoatda ishlab chiqarilgan,
ko‘pincha ikki xildagi klaviaturalar (an’anaviy alfavitli-raqamli va maxsus vazifali)
hamda katta ekranga ega bo‘lgan bir yoki bir nechta monitorlar bilan jixozlangan
shaxsiy kompyuterlardan foydalaniladi.
Sanoat tarmog‘i turli xil tuzilishga ega bo‘lishi mumkin: umumiy shinali,
xalqasmon, yulduzcha, u ko‘pincha o‘zaro takrorlagich va marshrutizatorlar bilan
bog‘langan segmentlarga bo‘linadi. Xabarlarni uzatishga qat’iy talab qo‘yiladi: ular
kafolatlangan holda adresatga etkazib berilishi, yuqori ustuvorlikdagi xabarlar uchun
esa, masalan, avariyalar to‘g‘risida ogohlantiruvchi xabarlar uchun ham xabarlarni
uzatishning ko‘rsatilgan muddatini ta’minlash lozim. DTM ning bu sinfida fazoning
katta sohasida taqsimlangan ob’ektlarni avtomatlashtirish uchun mo‘jallangan
kontrollerlarning tarmoq majmuasining telemexanik turi ajratib olinadi.
O‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lgan sanoat tarmog‘i va alohida fizik (jismoniy)
aloqa kanallari (radiokanallar, ajratilgan telefon simlari, tolali kabellar) bir biridan
ko‘plab o‘nlab kilometr masofada turgan ob’ekt uzellarini integrasiyalashga
(birlashtirishga) imkon beradi. Kontrollerlar tarmoq majmualarining qurilayotgan
sinfi bajarayotgan vazifalarining murakkabligi bo‘yicha ham (o‘lchashlar, nazorat,
hisobga olish, tartibga solish va blokirovka), avtomatlashtirilayotgan ob’ektning
hajmi bo‘yicha ham (o‘lchanayotgan va nazorat qilinayotgan mingta kattalik
doirasida) yuqoridan cheklashlarga ega. Ko‘pincha tarmoq majmualari mashinasozlik
zavodlari sexlari, neftni qayta ishlovchi, neftkimyosi va kimyo sanoati agregatlari,
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
573
shuningdek
oziq-ovqat
sanoati
korxonalari
sexlari
doirasida
qo‘llaniladi.
Kontrollerlarning telemexanik tarmoq majmualari gaz va neft quvurlarini, elektr
tarmoqlarini, transport tizimlarini boshqarish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |