17.2.5. BOSHQARISHNING YUQORI DARAJALARI BILAN
OPERATIV ALOQA
Operativ aloqa boshqaruvchi masalalarni hal qilish uchun ham, axborot
masalalarini hal qilish uchun ham kerak. U ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi:
«mashina-mashina» aloqasi, yoki operativ xodimlar orqali aloqa.
Bu aloqani bajarish dasturi talab qilinayotgan axborotga bo‘lgan talabni qabul
qilish va tahlil qilish, bu axborotni izlash yoki yig‘ish va zarur ishlov berish,
shuningdek, uni ko‘rsatilgan manzilga (adresga) uzatishni ta’minlaydi.
Juda takomillashgan ABT da ancha chuqur aloqa tashkil etiladi. Uni «xotira-
xotira» deyiladi.
Bu holda ishga u yoki bu dasturni kiritishga buyurtmani bajarishdan tashqari,
tizimlar axborotlarni bir xotiradan ikkinchisiga yozib, ularni almashishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |