330
yordamida ta’sir funksiyalari orqali ta’sir ko‘rsatuvchi kattaliklarning ta’sirlarini
hisobga olish o‘lchash qurilmasining xatosini kamaytiradi. Bunday sxemaga ko‘ra
bosimni, haroratni, sathni, sarfni, hajmni va boshqalarni o‘lchash qurilmalari quriladi.
Bunda asosiy va yordamchi parametrlar to‘g‘ri va
muvozanatlovchi uslub bilan
o‘lchanishi mumkin.
9.4-rasm, b da MPT kiritilgan o‘lchov qurilmasining struktura sxemasi
ko‘rsatilgan bo‘lib, u o‘lchashlarni namunali signallar va birgalikdagi o‘lchashlar
uslubi bilan amalga oshirishni ta’minlaydi. Mazkur qurilmaning o‘lchov qismi P
parametrni, M o‘lchovni (o‘lchovlar to‘plamini), shuningdek,
P parametr va
o‘lchovlar to‘plamini birgalikda o‘lchaydi. MPT axborotga ishlov beradi va o‘lchash
jarayonini boshqaradi.
Sxema (9.4-rasm, v) bo‘yicha qurilgan o‘lchov qurilmasi tarkibiga operasion
bo‘g‘in OB kiradi, unda MPT buyruqlariga ko‘ra boshqaruvchi ta’sirlarni
shakllantirish qurilmasi (BTSHQ) yordamida elementlarni almashtirish uchun zarur
o‘lchashlar
amalga oshiriladi, bularning natijasida o‘lchanayotgan parametr P ning
sezgir element SE ga ta’siri (ta’sirlari) shakllanadi.
Sxemalar (9.4-rasm, b, v) massa, hajm, suyuq muhitlarning zichligi va
boshqalarni yaratishda qo‘llaniladi.
MPT dan foydalanishning eng samarali usuli ulardan analitik texnika
vositalarida
foydalanish hisoblanadi, bunda asosiy va bir qator yordamchi
parametrlarni o‘lchash bilan bir qatorda analitik qurilma bo‘g‘inlarini (mantiqiy va
o‘xshash) boshqarish va axborotga ishlov berish bilan bog‘liq katta hajmdagi
hisoblashlarni bajarish talab qilinadi.
9.5-rasm, a da avtomatik sifat analizatorining umumlashtirilgan struktura
(tuzilma) sxemasi ko‘rsatilgan. Bitta parametrni o‘lchashni
amalga oshiruvchi
analizatorlarda o‘lchov axborotining asosiy signali u yoki bu detektor D yordamda
analitik qurilma AQ da shakllanadi. Analizatorning xatosini kamaytirish uchun va
uning bir qator sezgir element yordamida me’yorida ishlashini ta’minlash uchun bir
qator parametrlarning qiymatlari bo‘yicha
statik tavsif tuziladi, analitik qurilmaning
rejimli parametrlari stabillashadi va tahlil o‘tkazish uchun zarur ulashlar amalga
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
331
oshiriladi. Oxirgi ikki vazifa MPT tomonidan BTSHQ orqali amalga oshiriladi.
Analitik blokka tahlil qilayotgan va yordamchi modda (YOM) lardan tashqari
namunaviy modda (NM) ni
uzatish imkoniyati kuzatiladi, bu esa analizatorning
davriy ravishda o‘zini darajalashini ta’minlaydi.
Tarkibni tahlil qilishning ko‘p parametrli uslubini amalga oshiruvchi
analizatorlarda (9.5-rasm, b), tegishli detektorli bir nechta analitik qurilmalardan
foydalaniladi.
YOrdamchi va rejimli parametrlarning barcha zarur o‘lchashlarini
analitik
qurilmalar parametrlarini o‘lchash bloki PO‘B bajaradi, u EK bloki bilan
kommutasiyalanadi (9.5-rasm, b da PO‘B orasidagi bog‘lanish ko‘rsatilmagan).
9.1-jadval
.
Do'stlaringiz bilan baham: