Darsning rejasi:
1.
Ayirish a’zolarining ahamiyati.
2.
Ayirish a’zolarining tuzilishi.
3.
Ayirish a’zolarining vazifasi. Buyrak funksiyasining boshqarilishi.
4.
Ayirish a’zolarining kasalliklari.
IV. O’quvchilarga o’zlashtirish lozim bo’lgan materiallar yuzasidan o’quv
topshiriqlarini topshirish.
V. Modul dasturi yordamida o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish.
O’.F.E.
O’quvchilar
o’zlashtirishi lozim
bo’lgan materiallar
yuzasidan o’quv
topshiriqlari
Topshiriqni
bajarish
yuzasidan
ko’rsatmalar
Ball
1-O’.F.E.
Darslikdagi matnni
diqqat bilan o’qib
chiqib, quyidagi
savollarga javob
topish va
topshiriqlarni bajarish
Maqsad: Ayirish
a’zolarining ahamiyati
va ayirish a’zolariga
nimalar kirishini
o’rganish
1.
Ayirishning
ahamiyatini
ayting.
2.
Ayirish
jarayonida
qaysi organlar
ishtirok etadi?
3.
Ayirish
organlariga
ta’rif bering.
4.
O’zingizning
rejangizdan
O’ quvchilar
jamoasi bilan
hamkorlikda
ishlang, kichik
guruhlar o’rtasida
o’tkaziladigan
savol-javobda faol
ishtirok eting.
kelib chiqib
boshqotirma
tuzing.
2-O’.F.E.
Maqsad : Buyrakning
mikroskopik
tuzilishini o’rganish.
1.
Buyrak necha
qavatdan iborat
va qaysilar?
2.
Buyrakni
mikroskopik
tuzilishini
ayting.
3.
Buyrakda qon
aylanishining
xususiyati
nimadan iborat?
4.
O’zingizning
rejangizdan
kelib chiqib
boshqotirma
tuzing.
O’ quvchilar
jamoasi bilan
hamkorlikda
ishlang, kichik
guruhlar o’rtasida
o’tkaziladigan
savol-javobda faol
ishtirok eting.
3-O’.F.E.
Maqsad: Buyrakda
siydik hosil bo’lishini
o’rganish.
1.
Buyrakda
siydik hosil
bo’lishi necha
davrga
O’ quvchilar
jamoasi bilan
hamkorlikda
ishlang, kichik
guruhlar o’rtasida
o’tkaziladigan
savol-javobda faol
bo’linadi va
qaysilar,
ta’riflang.
2.
Ikkilamchi
siydik birlamchi
siydikdan
qanday farq
qiladi?
3.
Buyrak qanday
vazifalarni
bajaradi?
4.
O’zingizning
rejangizdan
kelib chiqib
boshqotirma
tuzing.
ishtirok eting.
Maqsad : Buyrak
funksiyasining
boshqarilishi, siydik
ayirish a’zolarining
kasalliklarini va ularni
oldini olishni
o’rganish.
1.
Nerv va
gumoral
boshqarish
deganda nimani
tushunasiz?
2.
Siydik a’zolari
O’ quvchilar
jamoasi bilan
hamkorlikda
ishlang, kichik
guruhlar o’rtasida
o’tkaziladigan
savol-javobda faol
ishtirok eting.
kasalliklari
necha guruhga
bo’linadi?
3.
Qaysi
kasalliklarni
davolamaslik
natijasida
ayirish
a’zolarining
kasalliklari
kelib chiqadi?
4.
O’zingizning
rejangizdan
kelib chiqib
boshqotirma
tuzing.
Yangi mavzu bayoni yuzasidan darsda foydalaniladigan ko’rgazmalar
Ayirish a’zolarining umumiy ko’rinishlari
Ayirish a’zolarining tuzilishi
Siydik ayirish a’zolari ayirish a’zolarining asosiy qismi hisoblanadi, siydik
ayirish a’zolariga buyraklar, siydik yo’li, qovuq va siydik chiqarish kanali kiradi.
Nefron tuzilishi va qon bilan ta’minlanishi.
Ayirish a’zolarining vazifasi
Buyrakda siydik hosil bo’lishi ikki davrga bo’linadi. Birinchi davri-
filtratsiya davri deyilib, u birlamchi siydik hosil bo’lishidan iborat.
Reobsorbsiya- bu siydik hosil bo’lishining ikkinchi davri hisoblanadi.
Kanalchalarda qolgan siydik ikkilamchi siydik deyilib, uning tarkibida moddalar
almashinuvi natijasida to’qimalarda hosil bo’lgan qoldiq azot, mochevina,
kreatinin kabi chiqindi moddalar va ma’lum miqdorda tuz, suv bo’ladi.
Buyrakning vazifalari
Buyrak funksiyasining boshqarilishi.
Buyrakda siydik hosil bo’lishi nerv va gumoral yo’l bilan boshqariladi.
Simpatik nerv tolalari buyrak qon tomirlarini toraytirib, siydik ajralishini
kamaytiradi. Parasimpatik nerv tolalari esa buyrak nerv tolalarini kengaytirib,
siydik ajralishini ko’paytiradi. Bu nervlarning markazi orqa va bosh miyada
joylashgan.
Bosh miyaning pastki sohasida joylashgan gipofiz bezining orqa bo’lagida
sintezlanadigan antidiuretik gormon buyrak egri-bugri kanalchalarining devoriga
ta’sir etib, reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi va siydik ajralishini kamaytiradi.
Qalqonsimon bezda sintezlanadigan tiroksin gormoni,aksincha, reabsorbsiya
jarayonini pasaytirib, siydik ajralishini ko’paytiradi.
Ayirish a’zolarining kasalliklari va ularni oldini olish (internetdan olingan
ma’lumotlar)
Ayirish a’zolarining kasalliklari 2 ga bo’linadi.
1.
Buyrak va siydik yo’llarining yallig’lanishi.
2.
Buyrak va siydik yo’llarining tosh kasalliklari.
VI. Modul dasturi topshiriqlari yuzasidan kichik guruhlar o’rtasida boshqotirmalar
orqali bilimlarini sinab ko’rish.
VII. Modul dasturini yakunlash.
VIII. Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash va berilgan
topshiriqlar asosida bilimini baholash.
Masala : Bitta nefronning uzunligi 50 mm, 2 mln ta nefronning uzunligi qancha?
Berilgan : 1 ta nefron L= 50 mm
2mln nefron L= ?
Yechish: 1ta- 50mm
2000000 –x=
100000000
1
50
2000000
=
×
yoki 100 km
Javob: 100 km.
‘‘Idrok xaritasi’’
Aqliy hujum
1.
Ayirish a’zolariga nimalar kiradi? (teri, o’pka, buyrak)
2.
Teri orqali qanday moddalar ajraladi? (oz miqdorda suv, tuz, azot qoldiqlari)
3.
Siydik ayirish a’zolariga nimalar kiradi? ( buyraklar, siydik yo’li, siydik
pufagi)
4.
Buyrak to’qimasi necha qavatdan iborat? (tashqi qoramtir po’st va ichki
oqimtir mag’iz qavati)
5.
Har bir buyrakning o’rtacha og’irligi necha gramm? (150 gramm)
6.
Har bir buyrakda o’rtacha necha nefron bor? (1 mln)
7.
Har ikkala buyrakdagi nefronlarning o’rtacha umumiy uzunligi necha metr?
(100 km)
8.
Buyraklarning egri-bugri kalavasimon kanalchalarining uzunligi- 120km
9.
Shumlyanskiy-Baumen kapsulasiga arteriya tomiri kirib, mayda
tomirchalarga, ya’ni to’rsimon kapillyarlarga bo’linib qanday tugunni hosil
qiladi? (Malpigi tuguni)
10.
Siydik yo’li uzunligi katta yoshli odamlarda o’rtacha necha sm ni tashkil
qiladi? (30 sm) diametric 6-8 mm.
11.
Buyrakdagi siydik hosil bo’lishi necha fazadan iborat va qaysilar? (2
fazadan filtratsiya, reabsorbsiya)
12.
Birlamchi siydik tarkibida qanday moddalar bo’ladi? (oqsildan tashqari,
qand, aminokislotalar, suv, mineral tuzlar va boshqalar)
13.
Katta odamlarda bir kecha-kunduzda qancha birlamchi siydik filtrlanadi?
(100 l)
14.
Buyrakning funksiyasi qanday boshqariladi? (nerv va gumoral yo’llar bilan)
15.
Reabsorbsiya jarayonini kuchaytiruvchi, siydik ajralishini kamaytiruvchi
gormon (antidiuretik gormon)
16.
Reabsorbsiya jarayonini pasaytirib, siydik ajralishini ko’paytiradigan
gormon (tiroksin)
17.
Bitta nefron necha minut ishlaydi? (15 minut ishlab, 40-45 minut dam
oladi)
18.
Siydik ayirish a’zolarining kasalliklari necha xil turga bo’linadi? (ikkiga:
yallig’lanish va tosh kasalliklari)
19.
Yallig’lanish kasalliklarining kelib chiqish sabablari (angina, karies, o’pka
yallig’lanish kasalliklarining davolanmaganlik natijasida)
20.
Buyrakda tosh to’planishining sababi? (odam organizmida tuz
almashinuvining buzilishi)
21.
Buyrakda tosh hosil bo’lishini oldini olish uchun nima qilish kerak?
(qaynatilgan suv, choy ichish, jismoniy tarbiya bilan doimiy shug’ullanish
kerak)
22.
Ikkilamchi siydikning hajmi? (1-1,5 l)
Dars jarayoni davomida guruhlarning to’plagan ballari e’lon qilinadi. G’olib
guruhlar aniqlanadi.
Guruhlardan
1.
‘‘Eng zo’r notiq’’
2.
‘‘Eng zo’r shifokor’’
3.
‘‘Eng zo’r ekspert’’
4.
‘‘Eng xotirasi kuchli’’ o’quvchilar aniqlanadi. Medalyonlar bilan
rag’batlantiriladi. O’quvchilarning qo’lga kiritgan natijalari haqida aytib
o’tiladi.
O’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa : ‘‘ Buyrak tosh kasalliklari’’mavzusidan, qo’shimcha
adabiyotlardan va internetdan foydalanib referat yozib kelish.
3-BOB. Odam va uning salomatligi kursini o’qitish bo’yicha yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo’yicha o’tkazilgan tajriba-sinov
ishlari va natijalari.
Ma’lumki ta’limda joriy qilinadigan har qanday yangilik eksperiment
orqali amalga oshiriladi va isbotlanadi.Biz ham tajribamizda yuqorida
berilgan ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib turli xil metodlardan
foydalanib sinovdan o’tkazdik.Bu o’rinda dastlab biz dars jarayonida dars
usullarini tanlash to’g’risida to’xtalib o’tamiz.
O’zbekiston Respublikasining ’’Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ va ’’Ta’lim
to’g’risidagi Qonuni’’ talablaridan kelib-chiqib yangi pedagogik
texnologiyalarni darsga tadbiq etish zaruriyatini keltirib
chiqarmoqda.Pedagogik texnologiyalarga muvofiq darsning maqsadi,davlat
buyurtmasiga mos kelishi lozim,darsning maqsadi uning mazmunini
belgilaydi.Dars mazmuni dastur bo’yicha chuqur bilim berilishi o’qituvchining
dars mahoratiga bog’liq.Beriladigan bilimlar asosida esa ko’nikma va
malakalar shakllantiriladi.Davlat buyurtmasiga asosan davr talabi asosida
reja,dastur,darslik,o’quv qo’llanmalari,o’quv vositalari ham yangi pedagogik
texnologiyalar asosida yangilab boriladi.
Dars maqsadi,mazmuniga mos ravishda o’qitish vositalari hamda dars
usuli tanlanadi.
1.Nazariyani amaliyot bilan bog’lash zaruriyatidan kelib-chiqib,ilmiy
asoslangan tajriba-sinovdan o’tgan,yangiliklar bilan boyitilgan zamonaviy
ta’limga o’tish lozim.Bunda sustkashlik va harakatsizlikka yo’l qo’yib
bo’lmaydi.Dastur va darslikdan ahamiyati kam bo’lgan materiallar chiqarib
boriladi.
Hozirgi fan-teznika yutuqlariga asoslanib,ilmiy-texnik axborotlardan
keng foydalanilgan holda o’quv dasturlarini muntazam yangilab borish taqozo
etiladi.
2.O’quv jarayonini qulaylashtirish lozim.Bunda o’qituvchi va
o’quvchining kam kuch sarflab maqsadga erishuvchi,o’qitish uchun qulay
sharoit yaratish ko’zda tutiladi.
3.O’qitishda yangi vositalar,faol usullar,ta’limiy materiallar ta’limning
ilmiyligini oshiradi va bu jarayon rivojlantirib,takomillashtirilib boriladi.Ilmiy
tadqiqotlarning natijalari amaliyotga joriy etib borilsa maqsadga muvofiq
bo’ladi.
4.O’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamjihatligi ta’minlangan
bo’lishi kerak.O’qituvchi o’quv jarayonida amaliyotchi konstruktor sifatida
faoliyat ko’rsatishi,ta’lim maqsadini aniq tasavvur etishi,dars mazmunini
chuqur bilishi,o’qitish texnikasi va usullarini yaxshi egallagan,o’qitish
jarayoni uchun zaruriy shart-sharoit yarata olgan bo’lishi va uni amalga
oshirishi lozim.
5.Ta’limda yangi pedagogic texnologiyalar axborot va o’qitish
vositalaridan ayniqsa kompyuterdan,elektroaloqa,radio,televideniyadan samarali
foydalanish talab etiladi.Ular vositasida ta’limiy materiallar ishlab chiqish
yaxshi samara beradi.
6.O’quv jarayonining samarasi uning moddiy texnika bazasiga bog’liq
bo’lib maktab binosi hozirgi zamon talabiga javob berishi,shovqindan
holi,iqlim sharoiti hisobga olingan,yorug’,zarur mebellar bilan jihozlangan
bo’lishi lozim.
7.O’quv tajriba jarayonini sifatini baholash pedagogic texnologiyaning
o’z oldiga qo’ygan ijtimoiy maqsadidir.Baxolashning reyting test
tizimi,o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini tekshirishda yangi
avtomatlashtirilgan nazorat vositalaridan foydalanish asosiy yo’nalish bo’lishi
kerak.
Odam va uning salomatligi kursini o’qitish bo’yicha pedagogic
texnologiyalardan foydalanish bo’yicha o’tkazilgan tajriba sinov ishlari.
Biologiya ta’limi bo’yicha tadqiqot olib boruvchilar,eng avvalo
biologiya,didaktika,pedagogika,psixologiya,mantiq,bilish nazariyasi kabi fanlarni
chuqur o’rganib chiqishlari zarur.Ularda tadqiqot uchun taqqoslash va
qiyoslashga doir bo’lgan ma’lumotlar to’planadi.Biologiya o’qitish metodikasi
bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlarda statistik matematik metodlarning ham
roli katta.Bunda tajriba o’tkazilayotgan sinflar va maktablardagi ish
natijalarini e’tiborga olish keng qo’llaniladi.Olingan miqdoriy ko’rsatkichlarga
tayanib u yoki bu metodning,usulning,vositalarning qanchalik samara berishini
aniqlash imkoniyati tug’iladi.Statitik,matematik metodning eng muhim
xususiyatlaridan biri shuki ular yordamida pedagogika va uslubiy hodisalar
o’rtasidagi qonuniyatlarni ochish imkoniyatlari yaratiladi.Masalan tajriba
sifatida qo’llanilayotgan ta’lim metodi o’quvchilarning bilim va
ko’nikmalariga,bilish faoliyati faolligiga qay darajada ta’sir qilishini
o’rganishga yordam beradi.
Biologiya o’qitish metodikasi bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlardan
pedagogik eksperiment keng qo’llaniladi.Bu metod kuzatish metodining
mantiqiy davomidir.Eksperiment yangi pedagogic tajribani yaratishga
mo’ljallangan bo’lib,u quyidagi holatlarida qo’llaniladi.
1.Tadqiqotchi sinab ko’rmoqchi bo’lgan material o’quvchilar yoshiga va
bilim saviyasiga mos kelishi yoki kelmasligini aniqlashda.
2.Maktab biologiya kurslaridagi biror mavzuni o’rganishga tavsiya etilgan
yangi metodlar va ko’rgazmali qo’llanmalarni birgalikda qo’llashning
samarasini aniqlash zarurati tug’ilganda va h.k.
Boshqacha qilib aytilganda,bu eksperiment ta’lim va tarbiya jarayonini
ilmiy nuqtayi nazardan,tajribalar yordamida sinab ko’rish zaruriyati
tug’ilganda qo’llaniladigan metoddir.
Eksperimentning muvaffaqiyatli o’tishi avvalo uning maqsadi
qanchalik puxta rejalashtirilganligiga,tadqiqot faraziga hamda yangilikni o’zida
qanchalik puxta mujassamlashtirganligiga bog’liq.Tadqiqotlarda o’rtaga
tashlangan faraz o’z ichiga o’quvchilar tomonidan egallanishi lozim bo’lgan
bilim va ko’nikmalarni hamda o’sha bilim va ko’nikmalarni puxta
o’zlashtirishga yordam beruvchi usul va vositalarni ham o’z ichiga olishi
kerak.Pedagogik eksperiment xilma xil tarzda qo’yilishi mumkin.Uni
belgilariga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
1.Vaqtga nisbatan:uzoq va qisqa muddatli.
2.O’rganilayotgan hodisalar tarkibiga ko’ra:oddiy va murakkab.
3.Tashkil etish jarayoniga ko’ra:
a.Laboratoriyada alohida o’quvchilar guruhi bilan o’tkazish.
b.Tabiiy (butun sinf bo’yicha yoki bir necha maktabning turli sinflari bilan)
c.Kompleks tarzda (laboratoriya sharoiti va tabiiy eksperimentlarni o’z ichiga
olgan holda)
Eksperiment uyushtirishning muhim shartlaridan yana biri,farazga
muvofiq o’quv uslubiy(o’quv matnlari,topshiriqlar,tarqatma,didaktik)materiallar
yaratishdan iborat.Chunki bularsiz eksperiment uyushtirish qiyin.Eksperiment
uyushtirishning eng keng tarqalgan usullaridan biri eksperiment va nazorat
sinflar tashkil qilish hisoblanadi. Bunda eksperiment sinflarda o’quv materiali
tadqiqotchi tavsiya etgan yangi metod va usullar yordamida
uyushtiriladi.Nazorat sinflarda esa ta’lim an’anaviy usulda olib boriladi.Har
ikkala guruhlarda talabalar soni ularning bilim saviyasi talabalarning metodik
mahorati deyarli bir xil bo’lishi kerak,aks holda eksperimentdan ko’zlangan
natijaga erishish qiyin bo’ladi.Eksperiment,nazariy g’oyalarining qanchalik
to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini isbotlashga yordam beruvchi jarayondir.
Demak,eksperiment,shunday tadqiqot usuliki unda pedagogik jarayonning
ob’ektiv qonuniy aloqalari tadqiq qilinadi.Barcha metodika fanlari qatori
biologiya o’qitish metodikasining kelajakdagi taraqqiyotini ham
eksperimentlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Odam va uning salomatligi kursini o’qitish bo’yicha pedagogik
tenologiyalardan foydalanish bo’yicha o’tkazilgan tajriba-sinov ishlari.
Biz tajribamizni pedagogik amaliyot davrida 2ta guruhda o’tkazdik.Bunda
biz 2ta guruhning talabalarining o’qishi darsdagi faolligi bir xilligini
e’tiborga oldik.Biz o’tkazmoqchi bo’lgan darslarda ilg’or pedagogik
texnologiyalarni boshqa tajribali o’qituvchilar yordamida ham sinab
ko’rdik.Bizni sevintiradigan tomoni shundaki,pedagogik amaliyotda o’tkazgan
tajribamiz bilan tajribali o’qituvchilar natijalari hamohang keldi.
Xulosa
Respublikamiz umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiya o’qitish
metodikasida noan’anaviy darslarni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha
muayyan tajribalar to’plangan.
Biologiya o’qituvchilar va uslubchilar fikrlari,shuningdek amalga
oshirilgan tadqiqot natijalari bo’yicha ilg’or pedagogik texnologiyalarining
asosiy vazifasi o’quvchiga ta’lim berish,uning shaxsini tarbiyali hamda
rivojlantirishga ko’mak berishdan iboratdir.Bu texnologiyalar o’quvchilarning
muomala madaniyatini tarbiyalaydi,ularning erkin harakatini ayniqsa so’zlab
berish,isbotlash ,ishonch hosil qilish uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Odam va uning salomatligi kursida noana’naviy dars tashkil etish va
o’tkazish asosida muammoli vaziyat yaratish haqidagi qoidaga,ya’ni ,,aqliy
hujum’’ metodiga amal qilishi tasdiqlandiki,bu vazifani hal qilish noma’lumdan
ma’lumga tomon harakat qilish imkonini beradi,har bir o’quvchining ichki,ijodiy
imkoniyatlaridan o’rinli,samarali foydalanadi.
Didaktik o’yinlar texnologiyasi darsda o’quvchilar faolligining yuqori
darajasini ta’minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga
qaratiladi.Didaktik o’yinda rollarni jamoa[gurux] tarzida bo’lishi o’yinning o’ziga
xos farq qiluvchi belgisi hisoblanadi.Bu esa o’yinning tarbiyaviy imkoniyatini
yana ham kuchaytiradi,ya’ni o’quvchi shaxsida o’zarohamkorlik,o’zaro yordam
,do’stlik ,hamjixatlik kabi fazilatlar shakllanadi.
Modulli ta’lim texnologiyasiga asoslangan darslarda o’quvchilarning o’quv
bilish faoliyati modul dasturlari asosida tashkil etiladi.O’quvchilar o’quv
materialini modullarga ajratadi va modul dasturini yaratadi.Biologiyani o’qitish
jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan modulli ta’limning o’ziga xos
xususiyati modulli darslarning an’anaviy darslardan farqi va
afzalligi,o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari
bilan tanishib,metodik bilim,ko’nikma va malakalar,kasbiy mahorat,nutq va
muloqat madaniyati rivojlanadi.
Noananaviy darslar va ta’limning interfaol usullarini muhim tarbiyaviy
ahamiyati shundaki o’quvchida yashirinib turgan qobiliyat va istedodlarni
ro’yobga chiqaradi hamda ularda ishonch bilan yondashishni
tarbiyalaydi.Interfaol usullar,didaktik o’yinlar,modulli dasturlarning ahamiyati
shundaki,ta’limning barcha uchun qulay bo’lgan suratini ta’minlaydi.Bu
biologiyadan davlat ta’lim standartlari talablariga hamohangdir.O’yin faoliyati
o’quvchilarga o’zlari uchun qulay bo’lgan suratda harakat qilish imkonini
beradi va bu surat ularning imkoniyatlariga muvofiq bo’ladi.Bundan
tashqari,o’yinda rolni o’quvchining o’zi tanlash imkoniyati vujudga
keladi,ya’ni majburiylik,majbur qilish elementi qisman barham topadi.
Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki,o’yinlarning barcha turlarini
o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik o’yinlarning sekin-asta murakkablashib borish
oddiy stol o’yinlardan mazmunli rolli o’yinlarga tomon borish zarurligini
taqozo etdi.
Tajriba-sinov ishlari davomida shu narsa aniqlandiki,qobiliyat darajasi
va o’zlashtirishi turlicha bo’lgan o’quvchilarda o’yinlariga bir xilda ijobiy
munosabat vujudga keldi.
Noan’anaviy darslar va ta’limning interfaol usullari o’quvchilarning darsga
bo’lgan munosabati va ilm olishga bo’lgan holatini oshiruvchi muhim turtki
bo’ldi.
Yangi asr kishilarida faollik bilan mustaqil ish olib borish,tezkorlik
bilan qarorlar qabul qilish,o’zgaruvchan hayot sharoitlariga moslashishini
talab qiladi.Shu bois ham ta’lim tizimida birinchi navbatda dars berish
faoliyatiga birlamchi e’tibor qaratilmoqda.
Noan’anaviy ta’limda o’qituvchi yoki darslik asosiy bilim
manbai,bilish jarayonining nazoratchisi bo’lgan bo’lsa,shaxsga mo’ljallangan
ta’limda o’qituvchining vazifasi talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatini
tashkil etish ularning o’quv faoliyatini yo’nalishga solib aniqlab borishdan
iborat bo’lmoqda.Ayni shu vazifalarni bajarish uchun mamlakatimiz ta’lim
tizimiga joriy etilayotgan yangi pedagogik texnologiyalarda o’z aksini
topmoqda.
Yangi ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish,talabalarning faollik
bilan o’qish va muammolarning mustaqil ravishda yechimini topish hamda
talabalarning o’z imkoniyatlari darajasida nimalarga qodir ekanligini to’la
shakllantirishga katta imkoniyatlar beradi.
Ishni yozish jarayonida noananaviy darslar ustida ishlash orqali
shunday fikrlar ham paydo bo’ldi.Shahar,tuman maktablarida
o’qituvchilarimizni yangiliklardan xabardor qilib turish maqsadida turli
o’qitish kurslari ham tashkil qilish mumkin.Mutaxassislar har bir hududda
o’qituvchilarga qisqa kurslar o’qitsalar maqsadga muvofiq
bo’lardi.Shunungdek,viloyatimizda tajribali ilg’or o’qituvchilarning ishlarini
ham ommalashtirish lozim.
Bitiruv malakaviy ishini yakunida shunday xulosa va tavsiyalar ishlab
chiqildi:
1.Har qanday o’qitishda rang-baranglik bo’lishi lozim.
2.’’Odam va uning salomatligi’’ kursida noan’anaviy darslardan foydalanish
uchun o’qituvchi ijodiy ishlashi kerak.
3.Noananaviy darslarni o’tkazishda o’quvchilar faolligini oshirishga e’tiborni
qaratishimiz lozim.
4.O’qituvchi doimo o’qitish metodikasidagi yangiliklardan boxabar bo’lishi
lozim.
5.Har bir mavzuni o’rganishda albatta oldindan dars ishlanmasi tayyor
bo’lishi lozim.
6.Dars ishlanmasida darsning har bir bosqichlari uchun diqqatni jalb qiluvchi
savol va topshiriqlar,qiziqarli ma’lumotlar,munozara,o’yin va h.k bo’lishi
lozim.
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB.Odam va uning salomatligi kursini o’qitishda pedagogik
texnologiyalarni qo’llashning ahamiyati.
1.1.O’quvchilarni bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradoligini
oshirishga imkon beradigan texnologiyalar roli.
1.2.O’quvchilarga odam va uning salomatligi kursini o’qitishda pedagogik
texnologiyalarni qo’llash usullari.
II BOB.Odam va uning salomatligi kursi mazmuni bilan tanishishda
pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
2.1.’’Hujayra.Hujayra haqida umumiy tushuncha’’ mavzusini interfaol
metodlardan foydalanib o’qitish.
2.2.’’Tayanch harakatlanish sistemasini tuzilishi’’mavzusini o’rganishda
didaktik o’yin texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi.
2.3.’’Ayirish a’zolarining tuzilishi,vazifasi.Siydik ayirish kasalliklari va ularni
oldini olish’’ mavzusini o’tishda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish.
III BOB.Odam va uning salomatligi kursini o’qitish bo’yicha yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo’yicha yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish bo’yicha o’tkazilgan tajriba-sinov ishlari va
natijalari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.Azimov I va boshqalar.Biologiya.Metodik qo’llanma.T.ABU Ali ibn Sino
nomidagi Tibbiyot nashriyoti.2002 yil.
2.Azamjon Xoliqov ‘’Pedagogik mahorat’’Toshkent-2011 y.
3.Azizxo’jayev N.N.Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.O’quv
qo’llanma.T.2003.TDPU-174 b.
4.Azizxo’jayev.N.N.Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishda pedagogik
texnologiyalar.Oliy o’quv yurti o’qituvchilari va malaka oshirish kurslari
tinglovchilari uchun metodik qo’llanma.Toshkent-2007.
5.Azizxo’jayev.N.N
.’’Педагогические технологии в педаготовке
учителья’’.Тошкент 2000 г.
6.BerzilinN.M. , Korsunskaya
.B.M.Biologiyao’qitishningumumiymetodikasi.Toshkent:’’O’qituvchi’’1985 y.374
b.
7.OchilovM.Yangipedagogiktexnologiyalar.Qarshi:Nasaf,2000.79b.
8.SaidahmedovN.Yangipedagogiktexnologiyalar.T.Moliya,2003.
9.KarimovI.A.BARKAMOLAVLOD.O’ZBEKISTONTARAQQIYOTININGPOY
DEVORI.T.SHarq.1997.64 b.
10.G’ofurovA.T.FayzullayevS.S.Evolyutsionta’limot.Oliyo’quvyurtitalabalariuchu
ndarslik.T.’’Aloqachi’’.2009.
11.TolipovaJ.O,G’ofurovaA.T.’’Biologiyata’limitexnologiyalari’’Toshkent’’o’qitu
vchi’’2002 y.
12.TolipovU,UsmanbaevaM.Pedagogiktexnologiyalariningtadbiqiyasoslari.T.2006
.
13.TolipovaJ.O.
,G’ofurovaA.T.Biologiyao’qitishmetodikasi.Metodikqo’llanma.Akademiklitsey,ka
sb—hunarkollejlaribiologiyao’qituvchilariuchun.Toshkent.Bilim.2004.160 b.
14.TolipovaJ.O.Biologiyanio’qitishdapedagogiktexnologiyalardanfoydalanish.1-
qism.Talabalaruchuno’quvqo’llanma.T.TDPU.2004.75 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |