texnologiyalardan foydalanish bo’yicha o’tkazilgan tajriba-sinov ishlari va
Kirish
O’zbekiston Respublikasi dadavlat mustaqilligining birinchi yilidan boshlab
yoshlar ta’limi va tarbiyasiga alohada e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston
Respublikasining ‘’Ta’lim to’g’risida’’ giqonuniva ‘‘Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi’’ ni qabul qilinishi yosh avlod kamoloti, uzluksiz ta’lim tizimining ravnaqi
haqidagi chinakam g’amho’rligining dalilidir.
Xalq ta’limi xodimlarining asosiy vazifasi mustaqil O’zbekistonning
munosib farzandlarini tarbiyalash, aniqrog’I bilimdon, vatanparvar, milliyi ftixor
tuyg’ulari jo’sh urib turgan, bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko’rsata
oladigan yangi avlodni kamolt o’stirishdir. Bunga erishish uchun umumiy o’rta
ta’limni takomillashtirishing eng maqbul mazmuni, shakl va metodlarini yaratish
taqozo qilinadi. Barkamol shaxsni shakllantirishga imkon beruvchi o’quv-tarbiya
jarayonini qayta qurishning muhim vazifasi maktab ta’limi samaradorligini
oshirishdir. Ta’lim samaradorligi ta’lim mazmunining maqsadi va vazifalariga
mosligi, uning ilmiy jihatdan asoslanganligi, izchilligi, turmush bilan bog’liqligi,
shuningdek, mazmunga mos metodlar, shakllar va vositalar majmuasining
tanlanishi bilan taminlanadi. Ta’lim samaradorligini ta’minlovchi asosi yshart-
sharoitlardan biri o’quvchilarning o’qishga ijobiy munosabatini rag’batlantirish va
turli tuman ta’lim vositalaridan foydalanish hisoblanadi.
Zamonaviy ta’lim nazariyasida umumiy ta’lim fanlarini o’qitishda turli
mazmundagi o’yinlardan foydalanish orqali o’quvchilarning darsga nisbatan
qiziqishlari ortib borishi, ta’limni atrofdagi tabiiy va ijtimoiy hayot bilan
bog’lashga imkon berishi va oqibatda ta’lim samaradorligiga erishish mumkinligi
alohida u qtiriladi.
Biroq Respublikamiz biology o’qituvchilari va metod islarining pedagogic
faoliyatida ta’limning boshqa vositalari kabi o’yinlardan ommaviy foydalanish
masalasi ham o’z ijobiy yechimini topmagan. Buning asosiy sabablari sirasiga
o’yinlarni o’tkazish metodikasi bo’yicha yetarlicha asoslangan uslubiy
ishlanmalarning yo’qligi, mashg’ulotlar jarayonida o’tkaziladigan o’yinlarning
o’rni mavhumligi, odam va uning salomatligi fanini o’rganishda turli o’yinlarga
qo’yiladigan talablarning ishlab chiqilmaganligini kiritish mumkin. Vaholanki,
turli xil pedagogik texnologiyalar o’quvchilarda o’qish mativlarini vujudga
keltiradi, odam va uning salomatligi faniga qiziqishni uyg’otadi , bu esa o’z
navbatida o’quvchi shaxsining ta`limi tarbiyasi va kamoloti samaradorligini
ta`minlaydi.
Keyingi yillarda biologiya ta`limi samaradorligini oshirishda turli vositalar
usulardan foydalanish masalalari bo`yicha J.O.Tolipova , A.T.G`ofurov kabi
olimlarning ilmiy metodik ishlari paydo bo`ldi.
Tegishli adabiyotlarni o`rganish va maktablar amaliyoti tahlili shuni ko`rsatadiki,
odam va uning salomatligi fani o`qtuvchilari o`z faoliyatida ilg`or pedogagik
tehnologiyalardan foydalanishga harakat qilishadi , lekin ilmiy asoslangan
tavsiyalarning yo`qligi sababli bu borada zaruriy samaradorlikka erisha
olmayapti.Biologiya ta`limida ilg`or pedogagik tenologiyalardan foydalanish
sohasidagi mazkur ziddiyatni hal qilish malakaviy bitiruv ishimizning bosh
muommosi hisoblanadi.
Odam va uning salomatligi kursini o`qitishda pedogagik texnologiyalarni
qo`llashning ahamiyatini o`rganish biologic ta`limi samaradorligini ta`minlash
muommosini hal etish jarayonida quyidagi malakaviy bitiruv ishida quyidagi
metodlardan foydalaniladi.
1.Tadqiqot muommosi bo`yicha psixologiya pedagogika va biologiya ta`limiga oid
adabiyotlarni o`r ganish va taxlil qilish.
2.Odam va uning salomatligi kursi mazmuni bilan tanishishda pedagogik
texnologiyalardan foydalanish.
3.Biologiya o’qituvchilari va o’quvchilar bilan suhbatlashish,anketa so’rovlari
o’tkazish.
4.Odam va uning salomatligi kursini ayrim mavzularini o’rganishda
pedagogik
texnologiyalardan foydalanish.
5. O’quvchilarning ilg’or ish tajribasi,dars rejalari va matnlarini o’rganish.
6.Odam va uning salomatligi kursi dasturining mazmuni,tuzilishi va hajmini
tahlil qilish.
7.Pedagogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazish.