Umumiy biyologiya



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/35
Sana22.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#399851
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
odam va uning salamatligi kursini oqitishda pedogogik texnologiyalarni qollash

                                            Darsning rejasi: 

1.

 



Ayirish a’zolarining ahamiyati. 

2.

 



Ayirish a’zolarining tuzilishi. 

3.

 



Ayirish a’zolarining vazifasi. Buyrak funksiyasining boshqarilishi. 

4.

 



Ayirish a’zolarining kasalliklari.  

IV. O’quvchilarga o’zlashtirish lozim bo’lgan materiallar yuzasidan o’quv 

topshiriqlarini topshirish. 

V. Modul dasturi yordamida o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish. 

 

 



O’.F.E. 

O’quvchilar 

o’zlashtirishi lozim 

bo’lgan materiallar 

yuzasidan o’quv 

topshiriqlari 

Topshiriqni 

bajarish 

yuzasidan 

ko’rsatmalar 

Ball  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

1-O’.F.E. 



Darslikdagi matnni 

diqqat bilan o’qib 

chiqib, quyidagi 

savollarga javob 

topish va 

topshiriqlarni bajarish 

Maqsad: Ayirish 

a’zolarining ahamiyati 

va ayirish a’zolariga 

nimalar kirishini 

o’rganish 

1.

 



Ayirishning 

ahamiyatini 

ayting. 

2.

 



Ayirish 

jarayonida 

qaysi organlar 

ishtirok etadi? 

3.

 

Ayirish 



organlariga 

ta’rif bering. 

4.

 

O’zingizning 



rejangizdan 

O’ quvchilar 

jamoasi bilan 

hamkorlikda 

ishlang, kichik 

guruhlar o’rtasida 

o’tkaziladigan 

savol-javobda faol 

ishtirok eting. 

 



kelib chiqib 

boshqotirma 

tuzing. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

2-O’.F.E. 

Maqsad : Buyrakning 

mikroskopik 

tuzilishini o’rganish. 

1.

 



Buyrak necha 

qavatdan iborat 

va qaysilar? 

2.

 



Buyrakni 

mikroskopik 

tuzilishini 

ayting. 


3.

 

Buyrakda qon 



aylanishining 

xususiyati 

nimadan iborat? 

4.

 



O’zingizning 

rejangizdan 

kelib chiqib 

boshqotirma 

tuzing. 

O’ quvchilar 

jamoasi bilan 

hamkorlikda 

ishlang, kichik 

guruhlar o’rtasida 

o’tkaziladigan 

savol-javobda faol 

ishtirok eting. 

 

  



 

 

 



3-O’.F.E. 

Maqsad: Buyrakda 

siydik hosil bo’lishini 

o’rganish. 

1.

 

Buyrakda 



siydik hosil 

bo’lishi necha 

davrga 

O’ quvchilar 

jamoasi bilan 

hamkorlikda 

ishlang, kichik 

guruhlar o’rtasida 

o’tkaziladigan 

savol-javobda faol 

 



bo’linadi va 

qaysilar, 

ta’riflang. 

2.

 



Ikkilamchi 

siydik birlamchi 

siydikdan 

qanday farq 

qiladi? 

3.

 



Buyrak qanday 

vazifalarni 

bajaradi? 

4.

 



O’zingizning 

rejangizdan 

kelib chiqib 

boshqotirma 

tuzing. 

ishtirok eting. 

 

Maqsad : Buyrak 



funksiyasining 

boshqarilishi, siydik 

ayirish a’zolarining 

kasalliklarini va ularni 

oldini olishni 

o’rganish. 

1.

 

Nerv va 



gumoral 

boshqarish 

deganda nimani 

tushunasiz? 

2.

 

Siydik a’zolari 



O’ quvchilar 

jamoasi bilan 

hamkorlikda 

ishlang, kichik 

guruhlar o’rtasida 

o’tkaziladigan 

savol-javobda faol 

ishtirok eting. 

 



kasalliklari 

necha guruhga 

bo’linadi? 

3.

 



Qaysi 

kasalliklarni 

davolamaslik 

natijasida 

ayirish 

a’zolarining 

kasalliklari 

kelib chiqadi? 

4.

 

O’zingizning 



rejangizdan 

kelib chiqib 

boshqotirma 

tuzing. 


 

Yangi mavzu bayoni yuzasidan darsda foydalaniladigan ko’rgazmalar 

Ayirish a’zolarining umumiy ko’rinishlari 

Ayirish a’zolarining tuzilishi 

Siydik ayirish a’zolari ayirish a’zolarining asosiy qismi hisoblanadi, siydik 

ayirish a’zolariga buyraklar, siydik yo’li, qovuq va siydik chiqarish kanali kiradi. 

Nefron tuzilishi va qon bilan ta’minlanishi. 

Ayirish a’zolarining vazifasi 

Buyrakda siydik hosil bo’lishi ikki davrga bo’linadi. Birinchi davri- 

filtratsiya davri deyilib, u birlamchi siydik hosil bo’lishidan iborat. 




Reobsorbsiya-  bu siydik hosil bo’lishining ikkinchi davri hisoblanadi. 

Kanalchalarda qolgan siydik ikkilamchi siydik deyilib, uning tarkibida moddalar 

almashinuvi natijasida to’qimalarda hosil  bo’lgan qoldiq azot, mochevina, 

kreatinin kabi chiqindi moddalar va ma’lum miqdorda tuz, suv bo’ladi. 



                                           Buyrakning vazifalari 

Buyrak funksiyasining boshqarilishi. 

Buyrakda siydik hosil bo’lishi nerv va gumoral yo’l  bilan boshqariladi. 

Simpatik nerv tolalari buyrak qon tomirlarini toraytirib, siydik ajralishini 

kamaytiradi. Parasimpatik nerv tolalari esa buyrak nerv tolalarini kengaytirib, 

siydik ajralishini ko’paytiradi. Bu nervlarning markazi orqa va bosh miyada 

joylashgan.  

Bosh miyaning pastki sohasida joylashgan gipofiz bezining orqa bo’lagida 

sintezlanadigan antidiuretik gormon buyrak egri-bugri kanalchalarining devoriga 

ta’sir etib, reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi va siydik ajralishini kamaytiradi.  

Qalqonsimon bezda sintezlanadigan tiroksin gormoni,aksincha, reabsorbsiya 

jarayonini pasaytirib, siydik ajralishini ko’paytiradi. 

Ayirish a’zolarining kasalliklari va ularni oldini olish (internetdan olingan 

ma’lumotlar) 

Ayirish a’zolarining kasalliklari 2 ga bo’linadi. 

1.

 



Buyrak va siydik yo’llarining yallig’lanishi. 

2.

 



Buyrak va siydik yo’llarining tosh kasalliklari. 

VI. Modul dasturi topshiriqlari yuzasidan kichik guruhlar o’rtasida boshqotirmalar 

orqali bilimlarini sinab ko’rish. 

VII. Modul dasturini yakunlash. 

VIII. Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash va berilgan 

topshiriqlar asosida bilimini baholash. 




Masala : Bitta nefronning uzunligi 50 mm, 2 mln ta nefronning uzunligi qancha?  

Berilgan : 1 ta nefron L= 50 mm 

 

2mln nefron L= ?  



Yechish: 1ta- 50mm 

 

2000000 –x=



100000000

1

50



2000000

=

×



 yoki 100 km 

Javob: 100 km. 

 

                                            ‘‘Idrok      xaritasi’’ 

                                              



Aqliy     hujum 

1.

 



Ayirish a’zolariga nimalar kiradi? (teri, o’pka, buyrak) 

2.

 



Teri orqali qanday moddalar ajraladi? (oz miqdorda suv, tuz, azot qoldiqlari) 

3.

 



Siydik ayirish a’zolariga nimalar kiradi? ( buyraklar, siydik yo’li, siydik 

pufagi) 


4.

 

Buyrak to’qimasi necha qavatdan iborat? (tashqi qoramtir po’st va ichki 



oqimtir mag’iz qavati) 

5.

 



Har bir buyrakning o’rtacha og’irligi necha gramm? (150 gramm) 

6.

 



Har bir buyrakda o’rtacha necha nefron bor? (1 mln) 

7.

 



Har ikkala buyrakdagi nefronlarning o’rtacha umumiy uzunligi necha metr? 

(100 km) 

8.

 

Buyraklarning egri-bugri kalavasimon kanalchalarining uzunligi- 120km 



9.

 

Shumlyanskiy-Baumen kapsulasiga arteriya tomiri kirib, mayda 



tomirchalarga, ya’ni to’rsimon kapillyarlarga bo’linib qanday tugunni hosil 

qiladi? (Malpigi tuguni) 

10.

 

 Siydik yo’li uzunligi katta yoshli odamlarda o’rtacha necha sm ni tashkil 



qiladi? (30 sm) diametric 6-8 mm. 


11.

 

 Buyrakdagi siydik hosil bo’lishi necha fazadan iborat va qaysilar? (2 



fazadan filtratsiya, reabsorbsiya) 

12.


 

 Birlamchi siydik tarkibida qanday moddalar bo’ladi? (oqsildan tashqari, 

qand, aminokislotalar, suv, mineral tuzlar va boshqalar) 

13.


 

 Katta odamlarda bir kecha-kunduzda qancha birlamchi siydik filtrlanadi? 

(100 l) 

14.


 

 Buyrakning funksiyasi qanday boshqariladi? (nerv va gumoral yo’llar bilan) 

15.

 

 Reabsorbsiya jarayonini kuchaytiruvchi, siydik ajralishini kamaytiruvchi 



gormon (antidiuretik gormon) 

16.


 

 Reabsorbsiya jarayonini pasaytirib, siydik ajralishini ko’paytiradigan 

gormon (tiroksin) 

17.


 

 Bitta nefron necha minut ishlaydi? (15 minut ishlab, 40-45 minut dam 

oladi) 

18.


 

 Siydik ayirish a’zolarining kasalliklari necha xil turga bo’linadi? (ikkiga: 

yallig’lanish va tosh kasalliklari) 

19.


 

 Yallig’lanish kasalliklarining kelib chiqish sabablari (angina, karies, o’pka 

yallig’lanish kasalliklarining davolanmaganlik natijasida) 

20.


 

 Buyrakda tosh to’planishining sababi? (odam organizmida tuz 

almashinuvining buzilishi) 

21.


 

 Buyrakda tosh hosil bo’lishini oldini olish uchun nima qilish kerak? 

(qaynatilgan suv, choy ichish, jismoniy tarbiya bilan doimiy shug’ullanish 

kerak) 


22.

 

 Ikkilamchi siydikning hajmi? (1-1,5 l) 



Dars jarayoni davomida guruhlarning to’plagan ballari e’lon qilinadi. G’olib 

guruhlar aniqlanadi. 

Guruhlardan  

1.

 



‘‘Eng zo’r notiq’’ 

2.

 



‘‘Eng zo’r shifokor’’ 

3.

 



‘‘Eng zo’r ekspert’’ 


4.

 

‘‘Eng xotirasi kuchli’’ o’quvchilar aniqlanadi. Medalyonlar bilan 



rag’batlantiriladi. O’quvchilarning qo’lga kiritgan natijalari haqida aytib 

o’tiladi. 

O’quvchilarni baholash. 

 

Uyga vazifa : ‘‘ Buyrak tosh kasalliklari’’mavzusidan, qo’shimcha 



adabiyotlardan va internetdan foydalanib referat yozib kelish. 

 

 

 

3-BOB.  Odam  va  uning  salomatligi  kursini  o’qitish bo’yicha yangi 

pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish  bo’yicha o’tkazilgan tajriba-sinov 

ishlari va natijalari. 

Ma’lumki  ta’limda  joriy  qilinadigan  har  qanday  yangilik  eksperiment  

orqali  amalga  oshiriladi  va  isbotlanadi.Biz  ham  tajribamizda   yuqorida  

berilgan  ilg’or  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanib  turli  xil  metodlardan   

foydalanib  sinovdan  o’tkazdik.Bu  o’rinda  dastlab  biz  dars  jarayonida  dars  

usullarini  tanlash  to’g’risida  to’xtalib  o’tamiz. 

O’zbekiston  Respublikasining  ’’Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi’’  va  ’’Ta’lim  

to’g’risidagi  Qonuni’’  talablaridan  kelib-chiqib yangi  pedagogik 

 

texnologiyalarni  darsga  tadbiq  etish  zaruriyatini  keltirib 



 

chiqarmoqda.Pedagogik  texnologiyalarga  muvofiq  darsning  maqsadi,davlat  

buyurtmasiga  mos  kelishi  lozim,darsning  maqsadi  uning  mazmunini  

belgilaydi.Dars  mazmuni  dastur  bo’yicha  chuqur  bilim  berilishi  o’qituvchining  

dars  mahoratiga  bog’liq.Beriladigan  bilimlar  asosida  esa  ko’nikma  va  

malakalar  shakllantiriladi.Davlat  buyurtmasiga  asosan  davr  talabi  asosida  

reja,dastur,darslik,o’quv  qo’llanmalari,o’quv  vositalari  ham  yangi  pedagogik  

texnologiyalar  asosida  yangilab  boriladi. 

Dars  maqsadi,mazmuniga  mos  ravishda  o’qitish  vositalari  hamda  dars  

usuli  tanlanadi. 




 1.Nazariyani  amaliyot  bilan  bog’lash  zaruriyatidan  kelib-chiqib,ilmiy  

asoslangan  tajriba-sinovdan  o’tgan,yangiliklar  bilan  boyitilgan  zamonaviy  

ta’limga  o’tish  lozim.Bunda  sustkashlik  va  harakatsizlikka  yo’l  qo’yib  

bo’lmaydi.Dastur   va  darslikdan  ahamiyati  kam  bo’lgan  materiallar  chiqarib  

boriladi. 

Hozirgi  fan-teznika  yutuqlariga  asoslanib,ilmiy-texnik    axborotlardan  

keng  foydalanilgan  holda  o’quv  dasturlarini  muntazam  yangilab  borish taqozo  

etiladi. 

 2.O’quv  jarayonini  qulaylashtirish  lozim.Bunda  o’qituvchi  va 

 

o’quvchining  kam  kuch  sarflab  maqsadga  erishuvchi,o’qitish  uchun  qulay  



sharoit  yaratish  ko’zda  tutiladi. 

3.O’qitishda  yangi  vositalar,faol  usullar,ta’limiy  materiallar  ta’limning  

ilmiyligini  oshiradi  va  bu  jarayon  rivojlantirib,takomillashtirilib  boriladi.Ilmiy  

tadqiqotlarning  natijalari  amaliyotga  joriy  etib  borilsa  maqsadga  muvofiq  

bo’ladi. 

 4.O’qituvchi  va  o’quvchilarning  o’zaro  hamjihatligi  ta’minlangan  

bo’lishi  kerak.O’qituvchi  o’quv  jarayonida  amaliyotchi  konstruktor sifatida  

faoliyat  ko’rsatishi,ta’lim  maqsadini  aniq  tasavvur  etishi,dars  mazmunini  

chuqur  bilishi,o’qitish  texnikasi  va  usullarini  yaxshi  egallagan,o’qitish  

jarayoni  uchun  zaruriy  shart-sharoit  yarata  olgan  bo’lishi  va  uni  amalga   

oshirishi  lozim. 

 5.Ta’limda  yangi  pedagogic  texnologiyalar  axborot  va  o’qitish  

vositalaridan  ayniqsa  kompyuterdan,elektroaloqa,radio,televideniyadan  samarali  

foydalanish  talab  etiladi.Ular  vositasida  ta’limiy  materiallar  ishlab  chiqish  

yaxshi  samara  beradi. 

 6.O’quv  jarayonining  samarasi  uning  moddiy  texnika  bazasiga  bog’liq  

bo’lib  maktab  binosi  hozirgi  zamon  talabiga  javob  berishi,shovqindan  

holi,iqlim  sharoiti  hisobga  olingan,yorug’,zarur  mebellar  bilan  jihozlangan  

bo’lishi  lozim. 



 7.O’quv  tajriba  jarayonini  sifatini  baholash  pedagogic  texnologiyaning  

o’z  oldiga  qo’ygan  ijtimoiy  maqsadidir.Baxolashning  reyting  test 

 

tizimi,o’quvchilarning  bilim  va  ko’nikmalarini  tekshirishda  yangi 



 

avtomatlashtirilgan  nazorat  vositalaridan  foydalanish  asosiy  yo’nalish  bo’lishi  

kerak. 

 

Odam  va  uning  salomatligi  kursini  o’qitish  bo’yicha  pedagogic  



texnologiyalardan  foydalanish  bo’yicha  o’tkazilgan  tajriba  sinov  ishlari. 

   Biologiya  ta’limi  bo’yicha  tadqiqot  olib  boruvchilar,eng  avvalo 

 

biologiya,didaktika,pedagogika,psixologiya,mantiq,bilish  nazariyasi  kabi  fanlarni  



chuqur  o’rganib  chiqishlari  zarur.Ularda  tadqiqot  uchun  taqqoslash  va  

qiyoslashga  doir  bo’lgan  ma’lumotlar  to’planadi.Biologiya  o’qitish  metodikasi  

bo’yicha  olib  boriladigan  tadqiqotlarda  statistik  matematik  metodlarning  ham  

roli  katta.Bunda  tajriba  o’tkazilayotgan  sinflar  va  maktablardagi  ish  

natijalarini  e’tiborga  olish  keng  qo’llaniladi.Olingan  miqdoriy  ko’rsatkichlarga  

tayanib  u  yoki  bu  metodning,usulning,vositalarning  qanchalik  samara  berishini  

aniqlash  imkoniyati  tug’iladi.Statitik,matematik   metodning  eng  muhim  

xususiyatlaridan  biri  shuki  ular  yordamida  pedagogika  va  uslubiy  hodisalar  

o’rtasidagi  qonuniyatlarni  ochish  imkoniyatlari  yaratiladi.Masalan  tajriba  

sifatida  qo’llanilayotgan  ta’lim  metodi  o’quvchilarning  bilim   va  

ko’nikmalariga,bilish  faoliyati  faolligiga  qay  darajada  ta’sir  qilishini  

o’rganishga  yordam  beradi. 

Biologiya  o’qitish  metodikasi  bo’yicha  olib  boriladigan  tadqiqotlardan  

pedagogik  eksperiment  keng  qo’llaniladi.Bu  metod  kuzatish  metodining  

mantiqiy  davomidir.Eksperiment  yangi  pedagogic  tajribani  yaratishga  

mo’ljallangan  bo’lib,u  quyidagi  holatlarida  qo’llaniladi. 

  1.Tadqiqotchi  sinab  ko’rmoqchi  bo’lgan  material  o’quvchilar  yoshiga  va  

bilim  saviyasiga  mos  kelishi  yoki  kelmasligini  aniqlashda. 

  2.Maktab  biologiya  kurslaridagi  biror  mavzuni  o’rganishga  tavsiya  etilgan  

yangi  metodlar  va  ko’rgazmali  qo’llanmalarni  birgalikda  qo’llashning  

samarasini  aniqlash  zarurati  tug’ilganda  va  h.k. 



   

Boshqacha  qilib  aytilganda,bu  eksperiment  ta’lim  va  tarbiya  jarayonini  

ilmiy  nuqtayi  nazardan,tajribalar  yordamida  sinab  ko’rish  zaruriyati  

tug’ilganda  qo’llaniladigan  metoddir. 

   Eksperimentning  muvaffaqiyatli  o’tishi  avvalo  uning  maqsadi  

qanchalik  puxta  rejalashtirilganligiga,tadqiqot  faraziga  hamda  yangilikni  o’zida  

qanchalik  puxta  mujassamlashtirganligiga  bog’liq.Tadqiqotlarda  o’rtaga  

tashlangan  faraz  o’z  ichiga  o’quvchilar  tomonidan  egallanishi  lozim  bo’lgan  

bilim  va  ko’nikmalarni  hamda  o’sha  bilim  va  ko’nikmalarni  puxta  

o’zlashtirishga  yordam  beruvchi  usul  va  vositalarni  ham  o’z  ichiga  olishi  

kerak.Pedagogik  eksperiment  xilma  xil  tarzda  qo’yilishi  mumkin.Uni  

belgilariga  ko’ra  quyidagi  guruhlarga  ajratish  mumkin. 

1.Vaqtga  nisbatan:uzoq  va qisqa muddatli. 

2.O’rganilayotgan  hodisalar  tarkibiga  ko’ra:oddiy  va  murakkab. 

3.Tashkil  etish  jarayoniga  ko’ra: 

a.Laboratoriyada  alohida  o’quvchilar  guruhi  bilan  o’tkazish. 

b.Tabiiy (butun  sinf  bo’yicha  yoki  bir  necha  maktabning  turli  sinflari  bilan) 

c.Kompleks  tarzda  (laboratoriya  sharoiti  va  tabiiy  eksperimentlarni  o’z  ichiga  

olgan  holda) 

    


Eksperiment  uyushtirishning  muhim  shartlaridan  yana  biri,farazga  

muvofiq  o’quv  uslubiy(o’quv  matnlari,topshiriqlar,tarqatma,didaktik)materiallar  

yaratishdan  iborat.Chunki  bularsiz  eksperiment  uyushtirish  qiyin.Eksperiment  

uyushtirishning  eng  keng  tarqalgan  usullaridan  biri  eksperiment  va  nazorat  

sinflar  tashkil  qilish  hisoblanadi. Bunda  eksperiment  sinflarda  o’quv  materiali  

tadqiqotchi  tavsiya  etgan  yangi  metod  va  usullar  yordamida 

 

uyushtiriladi.Nazorat  sinflarda  esa  ta’lim  an’anaviy  usulda  olib  boriladi.Har  



ikkala  guruhlarda  talabalar  soni  ularning  bilim  saviyasi  talabalarning  metodik  

mahorati  deyarli  bir  xil  bo’lishi  kerak,aks  holda  eksperimentdan  ko’zlangan  

natijaga  erishish  qiyin  bo’ladi.Eksperiment,nazariy  g’oyalarining  qanchalik  

to’g’ri  yoki  noto’g’ri  ekanligini  isbotlashga  yordam  beruvchi  jarayondir.  

Demak,eksperiment,shunday  tadqiqot  usuliki  unda  pedagogik  jarayonning  



ob’ektiv  qonuniy  aloqalari  tadqiq  qilinadi.Barcha  metodika  fanlari  qatori  

biologiya  o’qitish  metodikasining  kelajakdagi  taraqqiyotini  ham 

 

eksperimentlarsiz  tasavvur  qilib  bo’lmaydi. 



     Odam  va  uning  salomatligi  kursini  o’qitish  bo’yicha  pedagogik  

tenologiyalardan  foydalanish  bo’yicha  o’tkazilgan  tajriba-sinov  ishlari. 

    Biz  tajribamizni  pedagogik  amaliyot  davrida 2ta guruhda  o’tkazdik.Bunda  

biz  2ta  guruhning  talabalarining  o’qishi  darsdagi  faolligi  bir  xilligini  

e’tiborga  oldik.Biz o’tkazmoqchi  bo’lgan  darslarda  ilg’or  pedagogik  

texnologiyalarni  boshqa  tajribali  o’qituvchilar  yordamida  ham  sinab  

ko’rdik.Bizni sevintiradigan  tomoni  shundaki,pedagogik  amaliyotda  o’tkazgan  

tajribamiz  bilan  tajribali  o’qituvchilar  natijalari hamohang  keldi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



Xulosa 

Respublikamiz  umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarining  biologiya  o’qitish  

metodikasida  noan’anaviy  darslarni  tashkil  etish  va  o’tkazish  bo’yicha  

muayyan  tajribalar to’plangan. 

  Biologiya  o’qituvchilar  va uslubchilar  fikrlari,shuningdek  amalga  

oshirilgan  tadqiqot  natijalari  bo’yicha  ilg’or  pedagogik  texnologiyalarining  

asosiy  vazifasi  o’quvchiga  ta’lim  berish,uning  shaxsini  tarbiyali  hamda  

rivojlantirishga  ko’mak  berishdan  iboratdir.Bu texnologiyalar o’quvchilarning  

muomala madaniyatini tarbiyalaydi,ularning erkin harakatini ayniqsa so’zlab 

berish,isbotlash ,ishonch hosil qilish uchun katta ahamiyat kasb etadi. 

   

  Odam va uning salomatligi kursida noana’naviy dars tashkil etish va 



o’tkazish asosida muammoli vaziyat yaratish haqidagi qoidaga,ya’ni ,,aqliy 

hujum’’ metodiga amal qilishi tasdiqlandiki,bu vazifani hal qilish noma’lumdan 

ma’lumga tomon harakat qilish imkonini beradi,har bir o’quvchining ichki,ijodiy 

imkoniyatlaridan o’rinli,samarali foydalanadi. 

    

 Didaktik o’yinlar texnologiyasi darsda o’quvchilar faolligining yuqori 



darajasini ta’minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga 

qaratiladi.Didaktik o’yinda rollarni jamoa[gurux] tarzida bo’lishi o’yinning o’ziga 

xos farq qiluvchi belgisi hisoblanadi.Bu esa o’yinning tarbiyaviy imkoniyatini 

yana ham kuchaytiradi,ya’ni o’quvchi shaxsida o’zarohamkorlik,o’zaro yordam 

,do’stlik ,hamjixatlik kabi fazilatlar shakllanadi. 



   

  Modulli ta’lim texnologiyasiga asoslangan darslarda o’quvchilarning o’quv 

bilish faoliyati modul dasturlari asosida tashkil etiladi.O’quvchilar  o’quv 

 

materialini  modullarga  ajratadi  va  modul dasturini  yaratadi.Biologiyani  o’qitish  



jarayonida  zamonaviy  ta’lim  texnologiyalaridan  modulli  ta’limning  o’ziga  xos  

xususiyati  modulli  darslarning  an’anaviy  darslardan  farqi  va 

 

afzalligi,o’quvchilarning  bilish  faoliyatini  tashkil etish  va  boshqarish  yo’llari  



bilan  tanishib,metodik  bilim,ko’nikma  va  malakalar,kasbiy  mahorat,nutq  va  

muloqat  madaniyati  rivojlanadi. 

   

Noananaviy  darslar  va  ta’limning  interfaol  usullarini  muhim  tarbiyaviy  



ahamiyati  shundaki  o’quvchida  yashirinib  turgan  qobiliyat  va  istedodlarni  

ro’yobga  chiqaradi  hamda  ularda  ishonch  bilan  yondashishni 

 

tarbiyalaydi.Interfaol  usullar,didaktik  o’yinlar,modulli  dasturlarning  ahamiyati  



shundaki,ta’limning  barcha  uchun  qulay  bo’lgan  suratini  ta’minlaydi.Bu  

biologiyadan  davlat  ta’lim  standartlari  talablariga  hamohangdir.O’yin  faoliyati  

o’quvchilarga  o’zlari  uchun  qulay  bo’lgan  suratda  harakat  qilish    imkonini  

beradi  va  bu  surat  ularning  imkoniyatlariga  muvofiq  bo’ladi.Bundan  

tashqari,o’yinda  rolni  o’quvchining  o’zi  tanlash  imkoniyati  vujudga  

keladi,ya’ni  majburiylik,majbur  qilish  elementi  qisman  barham  topadi. 

   

Tadqiqot  natijalari  shuni  ko’rsatdiki,o’yinlarning  barcha  turlarini  



o’rtasidagi  o’zaro  bog’liqlik  o’yinlarning  sekin-asta  murakkablashib  borish  

oddiy  stol  o’yinlardan  mazmunli  rolli  o’yinlarga  tomon  borish  zarurligini  

taqozo  etdi. 

  

 Tajriba-sinov  ishlari  davomida  shu  narsa  aniqlandiki,qobiliyat  darajasi  



va  o’zlashtirishi  turlicha  bo’lgan  o’quvchilarda  o’yinlariga  bir  xilda  ijobiy  

munosabat  vujudga  keldi. 

   Noan’anaviy  darslar  va  ta’limning  interfaol  usullari  o’quvchilarning  darsga  

bo’lgan  munosabati  va  ilm  olishga  bo’lgan  holatini  oshiruvchi  muhim  turtki  

bo’ldi. 

  

 Yangi  asr  kishilarida  faollik  bilan  mustaqil  ish  olib  borish,tezkorlik  



bilan  qarorlar  qabul  qilish,o’zgaruvchan  hayot  sharoitlariga  moslashishini  


talab  qiladi.Shu  bois  ham ta’lim  tizimida  birinchi  navbatda  dars  berish  

faoliyatiga  birlamchi  e’tibor  qaratilmoqda. 

  

 Noan’anaviy  ta’limda  o’qituvchi  yoki  darslik  asosiy  bilim 



 

manbai,bilish  jarayonining  nazoratchisi  bo’lgan  bo’lsa,shaxsga  mo’ljallangan  

ta’limda  o’qituvchining  vazifasi  talabalarning  mustaqil  bilim  olish  faoliyatini  

tashkil  etish  ularning  o’quv  faoliyatini  yo’nalishga  solib aniqlab  borishdan  

iborat  bo’lmoqda.Ayni  shu  vazifalarni  bajarish  uchun  mamlakatimiz  ta’lim  

tizimiga  joriy  etilayotgan  yangi  pedagogik  texnologiyalarda  o’z  aksini  

topmoqda. 

   


Yangi  ta’lim  texnologiyalarini  keng  joriy  etish,talabalarning  faollik  

bilan  o’qish  va  muammolarning  mustaqil  ravishda yechimini  topish  hamda  

talabalarning  o’z  imkoniyatlari  darajasida  nimalarga  qodir  ekanligini  to’la  

shakllantirishga  katta  imkoniyatlar  beradi. 

  

 Ishni  yozish  jarayonida  noananaviy  darslar  ustida  ishlash  orqali  



shunday  fikrlar  ham  paydo  bo’ldi.Shahar,tuman  maktablarida 

 

o’qituvchilarimizni  yangiliklardan  xabardor  qilib  turish  maqsadida  turli  



o’qitish  kurslari  ham  tashkil  qilish  mumkin.Mutaxassislar  har  bir  hududda  

o’qituvchilarga  qisqa  kurslar  o’qitsalar   maqsadga  muvofiq 

 

bo’lardi.Shunungdek,viloyatimizda  tajribali  ilg’or  o’qituvchilarning  ishlarini  



ham  ommalashtirish  lozim. 

  

 Bitiruv  malakaviy  ishini  yakunida  shunday  xulosa  va  tavsiyalar  ishlab  



chiqildi: 

1.Har  qanday  o’qitishda  rang-baranglik bo’lishi  lozim. 

  2.’’Odam  va  uning  salomatligi’’  kursida  noan’anaviy  darslardan  foydalanish  

uchun o’qituvchi  ijodiy  ishlashi  kerak. 

  3.Noananaviy  darslarni  o’tkazishda  o’quvchilar  faolligini  oshirishga  e’tiborni  

qaratishimiz  lozim. 

4.O’qituvchi  doimo  o’qitish  metodikasidagi  yangiliklardan  boxabar  bo’lishi  

lozim. 



  5.Har  bir  mavzuni  o’rganishda  albatta  oldindan  dars  ishlanmasi  tayyor  

bo’lishi  lozim. 

  6.Dars  ishlanmasida  darsning  har  bir  bosqichlari  uchun  diqqatni jalb  qiluvchi  

savol  va  topshiriqlar,qiziqarli  ma’lumotlar,munozara,o’yin  va  h.k   bo’lishi  

lozim. 

 

 



 

MUNDARIJA 

KIRISH 

I BOB.Odam  va  uning  salomatligi  kursini  o’qitishda  pedagogik  

texnologiyalarni  qo’llashning  ahamiyati. 

1.1.O’quvchilarni  bilish  faoliyatini faollashtirish  va  ta’lim   samaradoligini  

oshirishga  imkon  beradigan  texnologiyalar  roli. 

1.2.O’quvchilarga  odam  va  uning  salomatligi  kursini  o’qitishda  pedagogik  

texnologiyalarni  qo’llash  usullari. 

II BOB.Odam  va  uning  salomatligi  kursi  mazmuni  bilan  tanishishda  

pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish. 

2.1.’’Hujayra.Hujayra  haqida  umumiy  tushuncha’’ mavzusini  interfaol  

metodlardan  foydalanib  o’qitish. 

2.2.’’Tayanch  harakatlanish  sistemasini  tuzilishi’’mavzusini  o’rganishda  

didaktik  o’yin  texnologiyalaridan  foydalanish  samaradorligi. 

2.3.’’Ayirish  a’zolarining  tuzilishi,vazifasi.Siydik  ayirish  kasalliklari  va  ularni  

oldini  olish’’  mavzusini  o’tishda modulli  ta’lim  texnologiyasidan  foydalanish. 

III  BOB.Odam  va  uning  salomatligi  kursini  o’qitish  bo’yicha  yangi  

pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish  bo’yicha  yangi  pedagogik  

texnologiyalardan  foydalanish  bo’yicha o’tkazilgan  tajriba-sinov  ishlari  va  

natijalari. 

XULOSA 

FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR. 



 

 

 



 

 

 



 

 

FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR  RO’YXATI 

 

1.Azimov I  va  boshqalar.Biologiya.Metodik  qo’llanma.T.ABU Ali   ibn  Sino 



nomidagi  Tibbiyot  nashriyoti.2002  yil. 

2.Azamjon  Xoliqov  ‘’Pedagogik  mahorat’’Toshkent-2011 y. 

3.Azizxo’jayev  N.N.Pedagogik  texnologiya  va  pedagogik  mahorat.O’quv  

qo’llanma.T.2003.TDPU-174  b. 

4.Azizxo’jayev.N.N.Ta’lim  jarayoni  samaradorligini  oshirishda  pedagogik  

texnologiyalar.Oliy o’quv  yurti  o’qituvchilari  va  malaka  oshirish  kurslari  

tinglovchilari  uchun  metodik  qo’llanma.Toshkent-2007. 

5.Azizxo’jayev.N.N

.’’Педагогические    технологии    в    педаготовке  

учителья’’.Тошкент 2000 г. 

6.BerzilinN.M. , Korsunskaya 

.B.M.Biologiyao’qitishningumumiymetodikasi.Toshkent:’’O’qituvchi’’1985  y.374 

b. 

7.OchilovM.Yangipedagogiktexnologiyalar.Qarshi:Nasaf,2000.79b. 



8.SaidahmedovN.Yangipedagogiktexnologiyalar.T.Moliya,2003. 

9.KarimovI.A.BARKAMOLAVLOD.O’ZBEKISTONTARAQQIYOTININGPOY

DEVORI.T.SHarq.1997.64 b. 

10.G’ofurovA.T.FayzullayevS.S.Evolyutsionta’limot.Oliyo’quvyurtitalabalariuchu

ndarslik.T.’’Aloqachi’’.2009. 



11.TolipovaJ.O,G’ofurovaA.T.’’Biologiyata’limitexnologiyalari’’Toshkent’’o’qitu

vchi’’2002 y. 

12.TolipovU,UsmanbaevaM.Pedagogiktexnologiyalariningtadbiqiyasoslari.T.2006

13.TolipovaJ.O. 



,G’ofurovaA.T.Biologiyao’qitishmetodikasi.Metodikqo’llanma.Akademiklitsey,ka

sb—hunarkollejlaribiologiyao’qituvchilariuchun.Toshkent.Bilim.2004.160 b. 

14.TolipovaJ.O.Biologiyanio’qitishdapedagogiktexnologiyalardanfoydalanish.1-

qism.Talabalaruchuno’quvqo’llanma.T.TDPU.2004.75 b. 



 


 


 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish