II.2. Cho’l, To’qay, Adir, tog’ va yaylov o’simlikar qoplami
Respublikamiz o’simliklarga nihoyatda boy. Ular tabiatda xilma-xil tuproq va
iqlim sharoitida o’sishga moslashgan. Tabiatdagi o’simliklar sharoitiga qarab turli
xil qalinlikda o’sadi. Bir joyda siyrak o’ssa , boshqa yerda qalin bo’lib o’sadi. Bir
sharoitda o’sadigan o’simlik boshqa sharoitda o’smasligi ham mumkin. Tabiatda
har xil o’simliklar asosan aralash holda o’sadi. Lekin bir xil o’simliklar o’sadigan
maydonlarni ham uchratish mumkin. Demak, muayyan bir xil sharoitda xilma-xil
o’simliklar o’sadi. Ammo har qaysi tur o’simlik tashqi sharoitga o’zicha
moslashadi. O’zbekistonda o’simliklar cho’llarda, adirlarda, tog’larda va
yaylovlarda keng tarqagan.
Cho’l o’simliklari
O’zbekiston hududining juda katta qismini cho’llar tashkil etadi. Bu
o’simliklar tashqi qiyofasi, tabiatning og’ir (ayniqsa, issiq va suvsiz) va xilma-xil
sharoitga moslashganligi bilan boshqa o’simliklardan farq qiladi.
Cho’lda qum uyumlari, sho’r, gipsli va toshli tuproqlar katta maydonni
egallaydi. Har bir tuproqning o’ziga xos o’simliklari va ular hosil qiladigan
o’simlik qoplami bor.
Qizilqumdagi qum uyumlarida bir yillik, ko’p yillik o’simliklar, buta va
saksovul kabi daraxtlar o’sadi.
Qumliklarda saksovul, turli sho’ralar (sa’an, qumtariq) juzg’u, selin, iloq va
boshqala birgalikda osadi. Ular o’sishi bilan bir qatorda ko’chma qumlarni
mustahkamlaydi.
Selin juda chidamli o’simlik. Muhimi shundaki, shamolda qum bilan
ko’milib qolgan selinning poyalaridan yon ildizlar o’sib chiqadi. Uning qum
orasidagi kertaklaridan yon shoxlar paydo bo’ladi va ular yer yuziga ko’tarilib,
qum yuzasini qoplay boshlaydi. Bir tup selin 1 m
2
gacha chim hosil qiladi. Uning
ildizlari esa atrofga 10 m gacha taraladi. Ildiz tukchalari yopishqoq modda ajratib
atrofdagi qum zarrachalarini bir-biriga yopishtirib turadi. Natijada ildizlar sirtida
ularni qurib qolishdan saqlaydigan qum naychalari hsil bo’ladi. Qum uyumida
saqlanib qolgan selin tuplari atrofida qum to’planadi va do’nchalar hosil bo’ladi.
23
Samol uchirib kelgan urug’lardan do’ngchalar atrofida yangi o’simliklar o’sib
chiqadi.
Qumda o’sishga moslashgan o’simliklarga iloq, yaltirbosh, choycho’p,
qumtariq, sariq sag’an, quyonsuyak, qandim kabilar kiradi.
Iloq ko’p yillik ildizpoyali o’t bo’lib, qumning ustki qatlamiga mayday yon
ildizchalari bilan yopishib oladi. Qum yuzasiga uning asosan kalta (15-20 sm)
poyasi, 7-10 ta ingichka barglari chiqib turadi.
Cho’llardagi turli darajada sho’rlangan tuproqli yerlarda tanasi tuzli shiraga
boy bo’lgan seret baliqko’z, qizil sho’ra, sarsazan, qorabaroq kabi o’simliklar
o’sadi. Usyurtga o’xshagan tuprog’i gipsga boy yerlarda qoraboyalich , buyurg’un,
shuvoq singari o’simliklar uchraydi.
Shuvoq, qoraboyalich, oq boyalich, juzg’un kabi kabi o’simlklar jazirama
issiqda ayrim barglari va novdalarini to’kadi. Buning natijasida ularda suv
bug’lanishi kamayadi, ya’ni o’simliklar og’ir sharoitda suvni tejaydi. Kuz kelib
salqin tushishi bilan ular yana barg chiqaradi.
To’qay o’simliklari
O’zbekiston hududidagi eng katta to’qaylar Sirdaryo bilan Amudaryo
bo’ylarida joylashgan. To’qaylarda ham xilma- xil o’simliklar o’sadi. U yerlarda
keng tarqalgan namsevar o’tlardan qamish, ro’vak, shirinmiya, qo’g’a, yantoq;
daraxt va butalardan esa turang’il, yulg’un, tol, jiyda kabilarni ko’rsatish
mumkin. Yer osti suvining joylashish chuqurligiga va daryo suvining ko’tarilishi
va pasayishuga qarab, to’qay o’simliklari ko’payib va kamayib turadi.
To’qaylardagi o’simliklar bir tekis tarqalmagan. Bir joyda turang’il ustunlik
qilsa, boshqa joyda yulg’un ustunlik qiladi.
Bundan tashqari to’qaylarda na’matak, shilvi, maymunjon, ilonchirmoviq,
zirk kabi o’simliklar o’sadi.
Adir, tog’ va yaylov o’simlikar qoplami.
Dengiz sathidan 1200-1600m gacha balandlikkacha ko’tariladigan adirlar
cho’llarga qaraganda tuprog’ining unumdorligi, iqlimining nisbatan yumshoqligi
va o’simliklar turiga boyligi bilan farq qiladi.
24
Adirlarda bir urug’pallali va ikki urug’pallali o’simliklardan bir yillik , ikki
yillik o’tlar va butalar keng tarqalgan. Bo’yimodoron, ermon, andiz, isfarak,
itqo’noq, shirach, qo’ziquloq, oqquray, kakra va boshqalar ayniqsa keng tarqalgan.
Ba’zan ular o’simliklar guruhini tashkil etadi.
Adir o’simliklariga xos xususiyatlardan yana biri shuki, ularning ko’pciligi
tuproqda chim hosil qiladi va uni turli xil nurashdan (suv, yomg’ir, shamol
erroziyasidan) saqlaydi.
O’zbekistondagi adirlarda asosa lalmikor ekinlar(arpa, bug’doy,
no’xat) sug’oriladigan yerlarda mevali daraxtlar (olma, nok, yong’oq, bodom,
pista) vat ok o’stiriladi.
Respublikamiz tog’lari o’simliklar turiga nihoyatda boy. Bu yerlarda
bir yillik, ko’p yillik o’tlarni, buta va salobatli yirik daraxtlarni uchratish
mumkin. Tog’larda o’rmon hosil qiladigan daraxtlar bilan bir qatorda o’rmon
hosil qilmaydigan o’tloqlar va butazorlar keng tarqalgan. Tog’lardagi o’rmonlar
o’sish sharoiti, ayniqsa o’simliklar turning ko’pligi jihatidan cho’ldagi
o’rmonlardan keskin farq qiladi. U yerlarda yong’oq , olma, tog’olcha, do’lana,
bodom, qatrong’I, nok kabi mevali daraxtlar bilan bir qatorda archa, terak, qayin,
va kamxastakka o’xshash daraxtlar ham ko’plab uchraydi. Tog’lardagi
o’rmonlarning deyarli hammasida ko’plab butalar (na’matak, uchqat, zirk tobulg’i,
irg’ay) bir yillik va ko’p yillik o’tlar o’sadi.
Tog’larning eng yuqori qismida, ya’ni dengiz sathidan 2700-2800 metr
balandda yaylovlar joylashgan. Yaylovlardagi o’simliklarning aksariyatini ko’p
yillik o’tlar tashkil etadi. Bu yerda o’sadigan butalarning bo’yi ham juda past
bo’ladi, chunki u yerning havosi juda sovuq bo’lib, qish- u yozkuchli shamol esib
turadi. Shuning uchun ham yaylovlarda tog’lardagi kabi yirik daraxtlar bo’lmaydi.
Yaylovlarda yer bag’irlab o’sadigan archa va irg’ay, na’matak, qayin,
chetan, uchqat kabi past bo’yli butalani toron, shuvoq sutlama, syg’uro’t, betaga,
sanchiqo’t, kabi ko’p yillik o’tlarni , yostiq hosil qilib o’sadian qiziltikan va
zirako’t kabilarni ko’plab uchratish mumkin.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |