Umumiy biologiya


Mavlоnоv Оchil Mаvlоnоvich (1939)



Download 1,19 Mb.
bet4/4
Sana27.06.2017
Hajmi1,19 Mb.
#16990
1   2   3   4

Mavlоnоv Оchil Mаvlоnоvich (1939).

О.M.Mаvlоnоvning dаstlаbki ilmiy tadqiqot ishlаri Toshkent vоhаsi bоtqoq-o’tlоqi tuprоqlаridа kаnоp vа uning ildizi аtrоfi tuprоg’ining nеmаtоdаlаri fаunаsi vа dinаmiqаsini o’rgаnishgа bаgishlаngаn. U qаnоp vа uning ildizi аtrоfidаgi tuprоqdа nеmаtоdаlаrning 115 turini аniqlаgаn.

Keyingi yillаrdа О. M. Mаvlоnоv X.S.Eshоvа bilаn hаmkоrlikdа tuprоq, nеmаtоdаlаrining ekstremаl аrid mintаqа shаrоitigа аnаtоmо-mоrfоlоgiq vа fiziоlоgiq mоslаnish хususiyatlаrini tаdbiq qilmоqdа. Аniqlаnishichа cho’lning nаm tаnqis bo’lgаn yuqоri hаrоrаtli shаrоitidа tuprоq. nеmаtоdаlаri usimlik qоldiq1аrini pаrchаlаb bеruvchi аsоsiy оmil hisоblаnаdi.

О.M.Mаvlоnоv o’z shоgirdi А.YU.Rах.mаtullаеv bilаn hаmqоrlikdа yomgir chuvаlchаnglаrini tаdqiq, qilish bоrаsidа hаm bir qаnchа ilmiy tаdqiqot ishlаrini аmаlgа оshirishmоqdа. Hоzir Toshkent vоhаsi ekin mаydоnlаri vа ulаr аtrоfi sеnоzlаri tuprоg’idа yomg’ir chuvаlchаnglаrining 11 tа turi vа bittа qеnjа turi аniqlangаn.



Nоrbоеv Zаrif Nоrbоеvich (1938-1997).

O’zbekiston Rsspubliqаsidа 400 dаn оrtiq. qishlоq ho’jаlik ekinlаri еtishtirilаdi. Z.N.Nоrbоеvning ilmiy fаоliyati qishlоq хo’jа­lik sоhаsidа kаttа iqtisоdiy аhаmiyatgа egа bo’lgаn tuprоq, biоlоgiyasigа dоyr ilmiy tаdqiqotlаr bilаn bоgliq. Z.N.Nоrbоsv O’zbekiston shаrоitidа tuprоq biоlоgiyasining tаrkibiy qismi hisоblаngаn tuprоq nеmаtоdаlаri, ulаrning tur tаrkibi, miqdоri vа tuprоq qаtlаmlаridа tаrqаlishi hаmdа nemаtоdаlаr vа tuprоq. umurtqаsiz hаyvоnlаrining tup­rоq. unumdоrligini оshirishdаgi rоli to’g’risidаgi qаmrоvli ilmiy tаdqiqotlаrni оlib bоrgаn. Uning dаstlаbki tadqiqotlаri O’zbеkistоnning аyrim tumаnlаri vа Qrrаqаlpоristоn Rеspubliqаsidа tаrqаlgаn Hctcroderidac оilаsigа mаnsub bo’rtmа vа bоshqа nеmаtоdаlаrni o’rgаnishgа bаg’ishlаngаn.

Mаrqаziy Оsiyo sistа hоsil qiluvchi vа bo’rtmа nеmаtоdаlаrning kе­lib chiqish mаrkаzi ekаnligi to’g’risidаgi nаzаriy bilimlаr Z.N.Nоr­bоev tоmоnidаn birinchi mаrоtоbа tаhlil qilingаn. 1992 yildа Z.N.Nоrbоеvning «Mаrqаziy Оsiyo vа Qozоg’istоnning Heteroderidae оilаsi fitоnеmаtоdаlаri vа ulаrning kеlib chiqish mаrqаzi» nоmli mоnоfаfiyasi nаshr etildi.

Z.N.Nоrbоеvning tаshаbbusi bilаn 1987 yildа O’zbekiston Milliy univеrsitеti (sоbiq. TоshDU) biоlоgiya tuprоqshunоslik fаqul­tеti tаrkibidа «Tuprоq. umurtqаsiz hyvоnlаr ekоlоgiyasi» ilmiy lаbоrаtоriyasi tаshkil etildi, zооlоg оlim, prоfеssоr А.L.Brоdskiy vа tuprоqshunos оlim N.А.Dimоlаrning tuprоq. biоlоgiyasi sоhasidаgi ishlаri оlim tоmоnidаn qaytа tiklаndi.


III.3. Nematodalar ona zamin pokligini belgilovchi bioindikatorlar.

Nematodalar tirik tabiatning o`ziga xos tuzilgan jonzotlaridan hisoblanib, turli xil muhitda yashashga moslashgan. Hozirgi hisob – kitoblarga qaraganda ularning bir necha o`n ming turlari mavjud. Nematodalar ya’ni yumaloq chuvalchanglarni yer yuzining deyarli barcha nuqtalarida, atmosferada tuproqda, o`simlik va hayvon organizmlarining tanalarida, suv havzalarida va hattoki suv tubidagi balchiqlarda ham uchratish mumkin.

Nematodalar tuproq qatlamlarida g`oyat ko`p miqdorda uchrab, ko`p hujayrali organizmlarning asosiy qismini tashkil etadi. Tuproqlardagi har qanday organik moddalarning chirish jarayoni nematodalar ishtirokida sodir bo`lib, tuproq organik va mineral moddalar bilan to`yinadi. Nematodalarning ko`pgina turlari odam, hayvonlar va o`simliklarning turli organlarida parazitlik qilib, inson va hayvon organizmlarida ko`pgina oqibati yomon bo`lgan, yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi, o`simliklar hosildorligining kamayishiga olib keladi.

Yumaloq chuvalchanglar tanasi pishiq kutikula qavati bilan qoplangan bo`lib, bu qavat ularni har qanday zararli moddalar ta’siridan himoya qiladi. Pishiq kutikula qavati asosiy himoya vositasi hisoblanib turli xil muhit sharoitlarida yashashga imkoniyat yaratadi. Nematodalarning harakatlanish tarzi ham o`ziga xos tarzda namoyon bo`lib, turli qatlamlarda turlicha harakatlanadi.

Nematodalarning tashqi tuzilishi o`ziga xos tarzda bo`lib, tanasi dukkisimon, ya’ni oldingi va keyingi uchi ingichkalashgan, ko`ndalang kesimi yumaloq shaklda bo`ladi. Tanasining oldingi qismida oziqlanish organi bo`lgan og`iz teshigi, keyingi uchiga yaqin joyda esa ortiqcha parchalanish maxsulotlarini chiqarib yuboradigan anal teshigi joylashgan. Tanasining keyingi qismi dumni hosil qiladi. Nematodalar tanasining anal teshigi joylashgan tomoni qorin deb ataladi. Jinsiy va ayirish tizimi teshiklari ham ana shu qorin tomondan tashqariga ochiladi.

Nematodalarning tanasi sirtdan ko`p qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula nematoda tanasini mexanik ta’sirdan va zaharli moddalardan himaya qiladi. Bundan tashqari kutikula ichki bo`shliq turgori bilan birga somatik muskullar uchun tayanch vazifasini ham bajaradi.



III. 4. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash.

Tuproq tarkibidaqi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun 5 g tuproq olib, 250 ml hajimli kolbaga solinadi. Shu kolbaga 50 ml sterillangan suv qo’shib 5 minut chayqatilgandan so’ng 1-2 minut tindiriladi. Buyum oynasiga eni 1 sm va uzunligi 4sm keladigan kbadrat chizib, unga yuqorida tayyorlangan eritmadan 0,01ml olib bir tekisda yuqtiriladi. Bu mozoq quritilgandan song absalyut spirt eritmasi bilan yoki spirt lampa alangasida fiksasiyalanib, korbol kislotada eritilgan eritrozin bo’yog’i bilan bo’yaladi. 30 minutdan keyin bo’yoq yuvilib, preparat quritiladi va bir tomchi kedr moyi tomizib, imersion ob’ektiv orqali mikroskopda kuzatiladi. Endi 1 g tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun quyidagi ishlar bajariladi.

1. Mikroskopda ko’ringan doiraning umumiy sathi aniqlanadi. Buning uchun okulyar mikrometr yordamida doiraning radiysi aniqlanib, quyidagi formulaga muvofiq umumiy sathi topiladi.

S=nr2

Bu erda: S-istalgan doiraning yuzasi; n-3,14 irrasion son-doira aylanasining diametriga bo’lgan nisbati; r2-doiraning radiusi.

Masalan, doiraning radiusini 0,075 yoki 0,08 mm.ga teng deb olib, yuqoridagi formulaga muvofiq doiraning umumiy sathi topiladi:

S=nr2=3,14x(0,08)2=3,14x0,0064=0,020094

Demak, mikroskopda ko’ringan doiraning umumiy sathi 0,020094 yoki 0,02 mm2 ga teng ekan.

2. Mikroskop doirasida ko’ringan mikroorganizmlar soni sanaladi, aniqlab daftarga yoziladi. Song stolcha harakatlantirib preparatni siljitib boshqa joyda doira ichida ko’ringan mikroorganizmlar soni ham sanalib daftarga yoziladi. Shu usulda 50-100 marta kuzatilib mikroorganizmlarning o’rtacha soni topiladi. Masalan, kuzatilgan 50 ta doiracha ichida 1500 dona mikroorganizm bo’lsa, bitta doira ichidagilarning soni 1500/50=30 dona bo’ladi.

3. Yuqoridagi sonlarga asoslanib, tajriba o’tkazayotgan buyum oynasining 4 sm2 yuzasiga yuqtirilgan yki 0,01 g aralashma ichidagi mikroorganizmlarning umumiy sonini aniqlash uchun quyidagi tenglamadan foydalaniladi:

0,02mm2-30dona bakteriya 400x30 1200

X=--------- = ------- =600 000 dona

4sm2=400mm2 – x dona 0,02 0,02

1 g. tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun tubandagi tenglamadan foydalaniladi (buning uchun 0,01ml aralashmadagi tuproqning vazni 0,001 g.ga teng deb olinadi):

0,001 g - 600 000 1x600 000

X = ------------- = 600 000 000 dona

1 g – X 0,001
Demak tekshirilgan tuproqning bir gramida 600 000 000 dona mikroorganizm bor ekan.

III.5. Tuproq tarkibining buzulishi va uning oqibatlari

Tuproq sanitar vazifasini o`taydi. Chunki u yuzasiga tushgan yoki tarkibiga kirgan shox-shabba, barg, o`t-o`lan, o`lgan jonzodlar, ya`ni organik moddalarning atrof-muhitga zararli xid va kasal tarqatishining oldini oladi. Tuproq o`z «oshqozon»ida ularni tеzda mineral moddalarga va gumus (chirindi)ga aylantirib yuboradi.

Tuproq o`simliklarning «oshxona»sidir. Chunki tuprqdagi tirik organizmlar ularga «yеmishlik» sifatida organik moddalarni parchalab,mineral moddalar (azot, fosfor, kaliy, magniy, kalsiy,…),gumus kislotalari, tuzlar, oqsillar va boshqa elеmеnt va birikmalar bilan ta`minlaydi. Tuproq suvning kichik va katta aylanishini bir mе`yorda ta`minlaydi. Chunki tuproq g’ovaklgi,chirindiga boyligi Bilan su-orma suvlarni yoki atmosferadan tushgan yo-inlarni to`playdi va o`zoq muddat ushlab turadi. Bu-simon (par) suvlarni kondеnsattsiyalab (to`yintirib) oddiy suvga aylantirib beradi. Tuproq, tog’’ jinslaridan farqli, xеch qachon o`zida mе`yoridan ortiq suvni ushlab turmaydi. Ortiyini esa pastga o`tkazib yoki bu-lantirib yuboradi.Agarda o`ziga nam kam bo`lsa, rastki qatlamdan kappilyar naylar orqali tеpaga tortadi.

Tuproq havosi atmosfera havosini mo`tadillashtirib turadi. Korbonat angidridning birikishi va atmosferaga qaytishi, azot, kislorod va vodorodning to`planishi,oksidlanishi va dеnitrifikatsiya kabi earayonlarni amalga oshiradi.

Birlashgan millatlar tashkiloti oziq-ovqat masalalari bo`yicha xalqaro tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra inson faoliyati uchun yaroqli bo`lgan, ya`ni dehqonchilik qilsa bo`ladigan Yerlar 3,2 mlrd. gеktarni tashkil etadi.

Rеspublikamiz tuproq rеsurslari Yer fondining 70 % dan ko`pro-ini tashkil etadi. Kеyingi vaqtlarda ko`chib yuruvchi qumli saxro (qizilqum) Yerlarning ham tuproq tariqasida byer ilishi tuproq rеsurslarini 90% dan oshirib yubordi. Lеkin ular muhofazaga muxtoj bo`lgan Yerlardir. Sababi, ularda o`simlik juda siyrak, quruq iqlimi va shamol yer erroziyasiga moyildir.

Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan (4,3 mln.ga) tuproqlar o`ta qimmatli hisoblanadi.Lеkin ularning yarmiga yaqini turli darajada sho`rlangan, 2G`3 qismi shamol yoki suv yer eroziyasiga uchragan, aksariyati gYer bеtsid, rеstеtsid, og’irmеtallar, mineral o`g’it birikmalari Bilan ifloslangan. 95% oziq-ovqat mahsuloti va sanoat uchun xomashyoni byer uvchi sug’oriladigan tuproqlar alohidam muxofazaga muxtoj.

Har qanday tuproq tarkibida organik, noorganik va mineral birikmalari, shuningdеk tuproq yeritmalari, havosi, mikroorganizmlari mavjud.

Tuproqning noorganik moddalari asosan kristalli silitsiy tuproqlaridan еki kvartsdan iborat bo`lib, ular 60-80 foizni tashkil qiladi. Tuproqning mineral qismi asosan alyumosiliqatdan iborat bo`lib, ular dala shpati, xlorit shaffof minerallar va boshqalardan tashkil topgan

Tuproq tarkibida alyumosilikatlar va silitsiy tuproqlaridan tashqari Mеndеlеyеv sistеmasida kеltirilgan elеmеntlarning hammasi uchraydi. Mikroelеmеntlar ichida eng ahamiyatlisi –ftor,yod, marganеts, tеmir va boshqalarning tuproqda ko’payib еki kamayib kеtishi – o`simlikda, suvda va boshqalarda kaytariladi, okibatda kishilar orasida buqoq, kariеs еki flyuroz va boshqa kasalliklarni kеlib chiqishiga sababchi bo`ladi. Shuning uchun ham tuproqqa mikroelеmеntlarning miqdori bo`yicha baxo byer ilganda asosan tuproqda ruxsat etilgan elеmеntlar miqdori bilan solishtirib baholanadi.Tuproqning o`zini tabiiy organik moddalari bo`lib (gumin kislotalari, fulyvokislotalari), bu moddalar tuproqning mikroorganizmi tomonidan sintеz qilinadi, ulardan tashqari tuproqlar uchun bеgona organik moddalar va o`simlik chiqindilari ham tuproqqa tushadi.Tuproq tarkibidagi gumus moddasi uning singdirish hajmini yaxshilaydi , fizik xususiyatlarini va hosildorligini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Har bir tuproqning tarkibida ma`lum miqdorda gumus bo`ladi. Gumusning tarkibi karbonga boydir.Tuproq tarkibidagi karbonning 2-3 marotaba ortishi uning ifloslanganligidan darak beradi. Tuproqning organik moddalar bilan ifloslanishi uning epidеmiologik xavfliligini bilvosita ko`rsatgichidir.

Xo’jalik chiqindi axlatlari va hayvon chiqindilari bilan ifloslangan tuproq havosida minerallashuv jarayoni tufayli paydo bo`lgan karbonat angidridi, ammiak, serovodorod va boshqa gazlar ko`p bo`ladi, ular xona havosiga kirib odamlarni zaharlashi mumkin.Dеmak, tuproq havosini kimyoviy tarkibini o`rganib, uning gigiyеnik nuqtai nazaridan baholash mumkin.

Tuproq orqali epidеmik va endеmik kasalliklar ochiq va Yer osti suvlar, atmosfera havosi, o`simliklar orqali kishi organizmini zararlashi mumkin.Tuproq ifloslanishining asosiy manbalariga sanoat korxonalarining chiqindilari, suyuq chiqindilar, atmosfera orqali tarqaladigan chiqindilar, inson faoliyati tufayli vujudga kеladigan xo`jalik chiqindilari,qurilish,qishloq xo`jaligi chiqindilari kiradi.

Pеstitsid va o`g’itlarni ishlatishda su-orilib dehqonchilik qilinadigan tuproqlarning biologik, fiziologik xususiyatlari va uning unumdorligi hisobga olinishi kerak. Mineral o`g’itlardan, pеstitsidlardan o`zluksiz foydalanish tuproqdagi foydali organizmlarni kеskin kamaytirib, patog’еn zamburu-lari ko`payishiga olib kеladi.

O`zbеkiston olimlari olib borgan ilmiy ishlar qayerda haddan tashqari ko`p mineral o`g’itlar va pеstitsidlar qo`llangan bo`lsa, ftor miqdori ortsa, o`sha yerda turoq gumusi kamligini ko`rsatadi (Xorazm viloyati, Sariosiyo tumani) va bu o`z navbatidv o`simliklar dunyosining oziqlanishiga, kislorod, karbonat angidrid va ozuqa unsurlari mutanosibligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi va ekologik inqirozga olib kеladi.




XULOSA

Adabiyotlarni tahlil qilish natijasida O’zbekiston Respublikasining tekisliklari, hattoki u bilan chegaradosh o’lkalar tuproq qoplamini kam o’rganilganligini e’tirof qilinadi.

Tuproqning ustki qatlamida mikro organizmlar soni ko’p bo’lib, chuqurlashgan sari kamaya borar ekan. Tuproq qatlamining chuqurlashgan sari mikroorganizmlar sonining kamaya borishiga ularning tuproq zarachalari tomonidan yutilishi sabab bo’ladi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning soni yil fasllariga qarab ham o’zgarib turadi. Ular tuproq strukturasini yaxshilashda, chirindi tarkibidagi moddalarni parchalab, uni mineral birikmalar bilan boyitishda juda katta rol o’ynaydi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizimlar juda turli-tuman bo’lganligidan bir-biriga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko’rsatadi, yani bir-biri bilan simbioz holda yoki bir-biriga antagonist bo’lib hayot kechiradi.

Tog’ va tog’ oldi tekisliklari juda murakkab geomorfologik tuzilishga ega, bu erdagi nurash mahsulotlari – elyuviy, delyuviy, prolyuviy, allyuviy yotqiziqlar litologiyasi o’ta sertoshligi bilan ajralib turadi.

Tekisliklarida yog’in-sochinning yillik miqdori kam bo’lanligi, yil davomida yuqori havo haroratining hukum surishi natijasida o’simlik turlarining soni kam va ular siyrak, ya’ni tuproq yuzasini atigi 40-60 % ini qoplaydi. Tog’li rel’eflarda ham o’rmonzorlar, butazorlar, boy o’simlik qoplamiga ega bo’lgan yaxlit hududlar mavjud emas. Bunday holat, albatta, bu erda o’ziga xos tuproq qoplami shakllanishiga olib keladi.

Bu erlarda quyidagi tuproq tiplari shakllangan: qumli sahro, och tusli, tipik va to’q tusli bo’z, tog’ jigarrang tuproqlar. Bu tuproq tiplari uchun juda qisqa (faqat boshlangan) gorizontal mintaqaviylik – qumli sahro tuproqlar bilan birga tuproqlarning vertikal tarqalishi–och tusli bo’z-tipik bo’z–to’q tusli bo’z–tog’ jigarrang. Xullas tuproq qoplamida gorizontal va vertikal mintaqaviylik mavjud bo’lsada, ular to’la holda ifodalanmaydi.

O’rganilgan barcha tipdagi tuproqlar uchun engil va o’rta qumoqli, ayrim holda (tog’ jigarrang tuproqlarida) og’ir mexanik tarkib xarakterlidir. Mexanik tarkibda qum va yirik chang zarrachalari butun profil bo’yicha ustunlik qiladi. Shu bilan birgalikda mexanik tarkiblarning barchasi o’zining sertoshliligi bilan ajralib turadi. Tuproq profilida il zarrachasining to’planishi odatda tuproq tiplariga qarab 20-80 sm gacha kuzatiladi. Mexanik tarkibda yirik mexanik zarrachalarning ustunlik qilishi bu tuproq tiplarida nuralish jarayonining davom etayotganligidan dalolat beradi.

Qumli sahro, och tusli va tipik bo’z tuproqlar hozirgi davrda kam sho’rlangan, biroq olingan ma’lumotlarning ko’rsatishicha bu tuproqlar sho’rlanishga moyildir. Bundan tashqari bu tuproqlar kuchli shamol eroziyasiga chalingandir.

Tog’ jigarrang tuproqlarni respublikamizdagi tog’li o’lkalarda tarqalgan va shu nom bilan yuritiluvchi tuproqlarda gumusini saqlashini tahlil qilish asosida shunday xulosa qilindiki, tuproq profilida gumusning miqdori, uning zahirasi o’lkaning geografik joylanishiga, iqlimiy sharoitlariga bog’liqligi ko’rsatildi.

Sho’rlangan yoki g a l o m o r f tuproqlar har xil turlarda bo’ladi. Shulardan bir turiga sho’rxok yoki sho’r tuproqlar kiradi. Bunday tuproqlarning vodorod ioni ancha ishqorli pH=8 dan pastroq bo’lib, tuproqda erigan kationlarning 50 % ini natriy tashkil qiladi.

Yer yuzida ishqoriy yoki sho’rxok tuproqlar ham keng tarqalgan. Shunday tuproqlarda natriy karbonati tarkibiga kiruvchi natriy haddan ziyod ko’p bo’ladi. pH=9 ga yetadi. Sho’rlangan tuproqlarning florasi ham shunga binoan o’ziga xos bo’ladi.

Sho’rlangan, sho’r yoki sho’rxok tuproqlarda o’suvchi o’simliklar asosan galofitlardan iborat bo’lib, ularga ruyandoshlar oilasining ko’plab vakillari misol bo’ladi. Tuproqning sho’rligiga chidamli o’simliklar turlari har xil va ular sho’rlilikning turli miqdoriga moslashgan. Masalan, tuproq sho’rligiga juda chidamli o’simlik yoz faslida tuproqda tuzlar konsentratsiyasi 20% dan oshganda ham bardosh beradi va rivojlanishini davom ettiradi.

Sho’rlamagan yoki kamroq sho’rlagan joylarda asosan o’simliklarning psammofill guruh vakillari yoki bo’z yerlarga xos formatsiyalarni hosil qiluvchi turlar ko’plab uchraydi. Tuproqning sho’rlik darajasi kamayishi bilan o’simliklar formatsiyalarida umurtqasiz hayvonlar soni ortib boradi va quyidagi 3 ta o’simliklar formatsiyasida bu holatni kuzatish mumkin ya’ni:

Ochiq va yaqqol ko’rinuvchi galofitlar formatsiyasi bo’lib, bu formatsiya Arthrocnemutum glaukum tuproqning yuqori sho’rligiga bardosh beradi va shu o’simlik turi atrofida 120 ta umurtqasiz hayvonlar turlari aniqlangan. Ulardan 9 tasi shu formatsiya uchun xosdir.

Salicornietum fruticosae formatsiyasi kam sho’rlangan tuproqlar uchun xos bo’lib, u yerlarda sho’ralardan Salicornietum fruticosae va uning atrofida 211 ta umurtqasiz hayvonlar turi uchragan.

Therobrachypodion formatsiyasida o’simliklar va 295 ta umurtqasiz hayvonlar turlari topilgan. Shulardan 16 tasi bu formatsiya uchun xosdir.

Tuban osimliklarning shilimshiqlar bolimiga xlorafilsiz organizmlardan 450 turi kirib, ularning tuzilishi va hayot tarzi nihoyatda turli tumandir.ular ichida tuproqda erkin yashaydigan vakillari ham bo’lib, chirigan organik moddalar hisobiga oziqlanadi.Oddiy tanasimonlar sinfi vakillari keng tarqalgan bo’lishiga qaramasdan ularning ko’pchilik vakillari bizning asrimiz o’rtalarida aniqlandi ularni chirigan osimlik qoldiqlaridan, go’ngdan, chirindiga boy tuproqlardan ajratib olish mumkin.

Xulosa qilib aytganda tuproq tarkibidagi gumus yani chirindi miqdori uning muhim tarkibiy qismi bo’lib, qariyib barcha xususiystlarini belgilab beradi. Gumus tuproq hosil bo’lish jarayonida o’simlik va boshqa organizmlarning qoldiqlarini murakkab qayta o’zgarishi oqibatida hosil bo’ladi. U tuproqning turli tashqi fizik, kimyoviy va biologik tasirlarga bo’lgan barqororligini taminlaydi.

Tuproqning o’simlik va organizmlarni optimal yashash sharoitlari bilan taminlay olish xususiysti tuproq unumdorligi deyiladi. Tuproqlarning tabiat bilan barcha tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati aynan shu xususiysti bilan bog’liqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR



  1. Karimov I.A. «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari ». T. 1996 yil

  2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Oliy Majlis IX sessiyasida so’zlagan nutqi). Toshkent, «Sharq». 1998 yil.

  3. Karimov I.A. Uzluksiz ta’limda sifat monitoringi. Jamiyat va boshqaruv. 2001 yil №3

  4. Djumaev T. Ustoychivoe razvitie gornoy zonы Uzbekistana –vajnoe napravlenie v borbe s opustыnivaniem // Problemы opustыnivaniya v aridnыx zonax. Mat. Mejdunarodnoy nauchnoy konf. 16-18 oktyabr 2000. Samarkand, 2000. - S. 64.

  5. Mirzaev A.U. Usloviya obrazovaniya, veщestvennыy sostav i prakticheskoe primenenie bentonitovыx glin paleogena yuga zapadnыx predgoriy xrebta Yujnыy Nurotau. Avtoref. dis....kand. geolo.-miner. nauk. –Tashkent: 2000. – 24 s.

  6. Raxmatullaev A. Obщaya tendenstiya dinamiki opustыnivaniya v gorax Uzbekistana // Problemы opustыnivaniya v aridnыx zonax. Mat. mejdunarodnoy nauchnoy konf. 16-18 oktyabrya 2000. Samarkand, 2000. -S. 32.

  7. Sattarov D.S., Tursunov L., Kungirov X.N. Nurota tog’i va tog’ oldi tekisliklarida tuproq hosil bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari // O’z R FA maruzalari. –Toshkent, 2005. - №5. - B. 63-65

  8. Sultonov P. Ekologiya va atrof muhitni muhodaza qilish asoslari.T:2007. 138 - bet.

  9. Turaev T., Umrzoqova T., Qung’irov X., Tursunov L. Nurota tumanidagi buz tuproqlardan foydalanish muammolari // Sug’oriladigan buz tuproqlar unumdorligini oshirish va uning ekologik muammolari ilmiy kanferenstiya materiallari. – Samarqand: 2002. – B. 26-29.

  10. Turaev T., Tursunov L., Qo’ng’irov X. Nurota tumani buz tuproqlari agro-kimyoviy va mikroelementlar tarkibi (g’ozg’on jamoa xujaligi misolida) // Texnosfera, inson va mikroelementlar: Respublika ilmiy-amaliy anjumani. Tezislar to’plami. -Toshkent: 2004. – B. 207-209.

  11. Turaev T., Qo’ng’irov X., Artiqov H., Normatov A. Nurota tumani “G’azg’on ” davlat xo’jaligi oddiy bo’z tuproqlarining morfogenetik, mikroagregatlik hamda mexanik xususiyatlari // Biologiya, ekologiya va tuproqshunoslikning dolzarb muammolari: Respublika ilmiy – amaliy anjumani maruzalarining tezislar to’plami. –Toshkent: 2006. –B. 193-194.

  12. Turaev T. Kungirov X. Tursunov L. Isxokova Sh. Nurota tog’ oldi tekisliklarida tarqalgan bo’z tuproqlarning meliorativ –ekologik holati va ularni yaxshilash chora-tadbirlari//O’zbekiston Respublikasi Biologik xilma- xilligining ekologik muammolari. Respublika ilmiy – amaliy konferenstiya materiallari. –Navoiy: 2006. – B. 186-187.

  13. Tursunov L.,Turaev T., Qo’ng’irov X., Nurota tog’ oldi tekisliklarida tarqalgan lalmi va shartli sug’oriladigan och tusli bo’z tuproqlarning umumiy tavsifi // O’zbekiston agrar fani xabarnomasi. -Toshkent. 2005. -№4(22). - S. 100-105.

  14. Tursunov L., Komilova D., Turaev T., Qo’ng’irov X., Faxriddinova M. Nurota tog’ jigarrang tuproqlari: tarqalishi, morfologiyasi, xossalari, foydalanish, himoyalash//O’zbekiston Respublikasi Biologik xilma-xilligining ekologik muammolari. Respublika ilmiy – amaliy konferenstiya materiallari. –Navoiy: 2006. – B. 200-202.

  15. Tursunov L., Qaharova M. O’zbekiston tuproqshunos olimlari.T:2009

  16. Tursunov L., Xonazarov A., Komilova D., Faxriddinova M. O’zbekiston tog’ tuproqlari. T: 2009.

  17. Qo’ng’irov X .,Tursunov L.,Komilova D., Turaev T. Nurota tog’ yon bag’irlarida tarqalgan to’q tusli va tipik bo’z tuproqlarning tavsifi // O’zMU XABARLARI. – Toshkent: 2006. - №1. – B. 92-96.

  18. Qo’ng’irov X., Tursunov L., Komilova D., Turaev T. Nurota tekisliklari qumli sahro tuproqlarining umumiy fizik va ayrim suv fizik xossalari // “Er resurslaridan samarali foydalanish muammolari” Ilmiy amaliy kanfirenstiya materiallari. 11-12 sentyabr 2007.Toshkent, 2007. – B. 120-122.

  19. Qo’shaqov A. Malikcho’l tog’ oldi tekisliklarining sug’oriladigan surtusli qo’ng’ir tuproqlaridagi sho’rlanish jarayoni va shakllari. Avtoref. dis....kand.biol. nauk. – Toshkent: 2007. – 24 b.


Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik fakulteti “Biologiya va inson hayot faoliyati muxofazasi” ta’lim yo’nalishi bitiruvchi kurs talabasi Rayimqulov Anvar Safarovichning “Tuproq mikroflorasi va uning tuproq xususiyatlariga tasiri” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga.

Xulosa

“Ta’lim to’g’risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturida” ko’zda tutilgan barcha vazifalarini amalga oshirib, mamlakatimizda ta’lim tizimini jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga etkazish asosiy maqsadinizdir.

Rayimqulov Anvar Safarovichning bitiruv malakaviy ish mavzusini to’g’ri tanlangan. “Tuproq mikroflorasi va uning tuproq xususiyatlariga tasiri” nomli mavzu orqali oquvchilarga tabiatda osimliklarning tarqalishi, osimliklar olamida bo’ladigan jarayonlarni o’rganish va unga oid qonunlarni o’rgatish, tabiat bilan tanishtirish tufayli ularning tasavvur va dunyoqarashlarini shakillantirish, bolalarni vatanga, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash ahamiyati yuqoridir.

Bitiruv malakaviy ishi Kirish, 3 bob, Xulosa va Foydalanilgan adabiyotlar qisimlaridan iborat bolib kirish qismida umumiy tushunchalarga to’xtalib o’tilgan.

I-bobda Tuproq tiplari va ularning tarqalishi to’g`risida ma’lumot va fikrlar bayon qilingan.

II-bobda O’simliklar va ularning tabiatda tuproq xususiyatlariga ko’ra tarqalishi. O’simliklar haqida umumiy tushuncha va ularning sistematik birliklarga bo’linishi. Cho’l, To’qay, Adir, tog’ va yaylov o’simlikar qoplami Tuproq muhiti va rejimiga o’simliklarning munosabatlari Tuproq tarkibidagi makro va mikro elementlarning o’simliklar uchun ahamiyati. Tuproq sharoitiga ko’ra begona o’tlar guruhlari. tuproqning ahamiyati haqida umumiy ma’lumotlar va bilimlar yoritilgan.

III-bob “Tuproq mikroflorasi va uning tuproq xususiyatlariga tasiri”, Tuproq mikroflorasi Nemetodalar tuproq pokligini saqlovch indikatorlar Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash Tuproq tarkibining buzulishi va uning oqibatlari.haqidagi malumotlarni qo’llash va ulardan foydalanish haqida yozilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 19 ta adabiyotni o’z ichiga olgan.

Rayimqulov Anvar Safarovichning “Tuproq mikroflorasi va uning tuproq xususiyatlariga tasiri” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi nizomdagi talablarga javob beradi deb, ishni Davlat attestasiya komissiyasiga tavsiya etaman.


Ilmiy rahbar: B.f.n. X.N.Qo’ng’irov.


Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik fakulteti “Biologiya va inson hayot faoliyati muxofazasi” ta’lim yo’nalishi bitiruvchi kurs talabasi Rayimqulov Anvar Safarovichning “Tuproq mikroflorasi va uning tuproq xususiyatlariga tasiri” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga.

Taqriz

Rayimqulov Anvar Safarovichning tanlagan mavzusi hozirgi kun talabidan kelib chiqqan holda tanlangan bo’lib, unda “Tuproq mikroflorasi va uning tuproq xususiyatlariga tasiri” mavzusini o’qitish metodikasi va ularni o’qitishning usullari hamda ahamiyati yoritilgan.

Bitiruv malakaviy ishning mazmuni dolzarbligi bilan birgalikda O’zbekiston hududi, iqlimi va o’simliklar dunyosi haqidagi ma’lumotlarga to’xtalgan.

O’zbekiston hududi, iqlimi va o’simliklar dunyosi, Agroekosistemalarda o`sadigan o`simliklar, o’zbekiston iqlimini vujudag kelishida osimliklarning poli hamda osimliklarning suv bug’latish jarayonlari toliq yoritilgan.

Tuproq tiplari va ularning tarqalishi to’g`risida ma’lumot va fikrlar bayon qilgan.

O’simliklar va ularning tuproq xususiyatlariga ko’ra tarqalishi. Osimliklar olami va tabiy zonalarning o’simlik qoplami, o’simliklar to’g’risida umumiy tushuncha, Tabiatda o’simliklar qoplamining taqsimlanishida tuproqning ahamiyati haqida umumiy ma’lumotlar va bilimlar yoritilgan.

Tuproq mikroflorasi va uning tuproq xususiyatlariga tasiri, haqidagi malumotlarni qo’llash va ulardan foydalanish haqida yozilgan.

Xulosa qilib aytganda “Tabiatda o’simliklar qoplamining taqsimlanishida tuproqning ahamiyati” haqidagi to’plangan ilmiy-metodik natijalar va ma’lumotlardan A.S.Rayimqulov o’zining kelajakdagi ilmiy-pedagogik faoliyatida foydalanadi. Tuproq mikroflorasiga oid ma’lumotlar va uning shu kundagi ahamiyati to’g’risida aniq xulosalar chiqarishga erishgan Rayimqulov Anvar Safarovichning bitiruv malakaviy ishini himoyaga loyiq deb hisoblayman.


Taqrizchi: B.f.n. Qo’shoqov A.J.

Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik fakulteti “Biologiya va inson hayot faoliyati muxofazasi” ta’lim yo’nalishi bitiruvchi kurs talabasi Rayimqulov Anvar Safarovichning “Tuproq mikroflorasi va uning tuproq xususiyatlariga tasiri ”mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga.
Taqriz

Keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar bo’lib voyaga yetishi uchun sharoitlar yaratilgan.

Vatanimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab, yoshlarning o’z ijodiy va intilektual salohiyatini ro’yobga chiqarishi maqsadida 2012-yil “Mustahkam oila yili”, 2013-yil “Obod turmush yili” deb e’lon qilindi.

Ularda bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularni barkamol rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan bazani takomillashtirish, amaldagi qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga zamon talablariga mos o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;

Tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi mavjud talabga alohida e’tibor qaratgan. O’sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash nazarga olingan. Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish axborot resurs markazlari kabi hozirgi kun talablariga mos me’yoriy bo’limlar keltirilgan;

Rayimqulov Anvar Safarovichning tanlagan mavzusi Respublikamizning bio xilma-xilligini o’rganish ishlariga qaratilgan bo’lib, hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda tanlangan, unda O’zbekiston hududida tarqalgan tuproq tiplari, ularda tarqalgan hayvonot va o’simliklar dunyosi to’g`risida ma’lumot, Agroekosistemalarda o`sadigan yovvoyi o`simliklar, yil fasllari, kabi tushunchalar hamda suvning ekologik holati va uni muhofaza qilish ishlari bayon qilingan.

Bitiruv malakaviy ishi, Tabiatda o’simlik qoplamining taqsimlanishida tuprpqning ahamiyati, Osimliklarning xilma-xilligi, Tabiat zonalarining tavsifi kabi ilmiy-metodik tushuncha va bilimlar haqida yozilgan.

Xulosa qilib aytganda “Tuproq mikroflorasi va uning tuproq xususiyatlariga tasiri” Tabiatda tuproqning paydo bo’lishi va ahamiyati. Tuproq, relef ekspozitsiyalarida osimliklarning tarqalish qonuniyatlari ularning mikroorganizmlar va iqlim bilan bog’liq shu kundagi muammolar haqida xulosalar chiqarishga erishgan.



Bunday natijalarni va ma’lumotlarni Rayimqulov Anvar Safarovich kelajakda o’z pedagogik faoliyatida qo’llaydi.
Taqrizchi: Karmana tuman XTB. 18-maktab direktori.

maktab biologiya fani o’qituvchisi.





Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish