Umumiy biologiya


Oddiy tuproq hosil etuvchi



Download 1,19 Mb.
bet2/4
Sana27.06.2017
Hajmi1,19 Mb.
#16990
1   2   3   4

Oddiy tuproq hosil etuvchi jins- (S gorizonti). 80-130 santimetrdan pastda sarg’ish yoki sarg’ish mala rangli, bo’shroq, g’alvirak, bir xil tuzilishli lyossimon qumoq tuproqlar boshlanadi. Bu qatlamda karbonatli chiqarilmalar kam bo’ladi, quyi qavatlarda esa mutlaqo bo’lmaydi. Gipsli gorizont, relef sharoitiga qarab, 1-2 m chuqirlikda yoki undan ham pastda joylashgan.

Tuproq hosil etuvchi jinslarning tipik bo’z tuproqlar poyasida eng ko’p uchraydiganlari har xil qalinlikdagi lyossimon changli qumoq tuproqlardan iborat. Changli tuproqlarning tarkibida mayda chang va loyqaning miqdori och tusli bo’z tuproqlar poyasidagi qaraganda ko’proq, ammo to’q tusli bo’z tuproqlar poyasidagi lyossimon jinslarnikiga qaraganda kamroq bo’ladi.

Profili ana shu xilda tuzilgan bo’z tuproqlar tekisliklarida va kichik nishobli yonbag’irlarida ko’proq uchraydi. Yonbag’irlarning quyi qismidagi bo’z tuproqlar ancha qalin qatlamli, gumusli gorizontlarning aniq bo’z rangli bo’lishi va karbonatli chiqarmalarning unchalik ravshan bilinmasligi bilan tuproqlardan ajraladi. Suv ayirg’ichlaridagi tepa va nishob yonbag’irlarda bu gorizontlar qisqa bo’ladi. Ularning morfologik belgilarining bu xilda o’zgarishiga eroziya prostessi sabab bo’lgan.

Shuni ta’kidlash lozimki, tog’ va tog’oldi tekisligida lyossimon yotqiziqlar ko’pchilik holda sertoshli prolyuvial-allyuvial, ba’zan tub tog’ jinslarining nuralgan elyuviy yotqiziqlari suv ayirg’ichlaridagi tepalar ustida rivojlangan. Tipik bo’z tuproqlarda bayon qilingan morfologik belgilar ravshan ifodalangan bo’lmasliklari mumkin.

To’q tusli bo’z tuproqlar.

To’q tusli bo’z tuproqlar bo’z tuproqlarning so’ngi vakili bo’lib, u past tog’li rel’ef sharoitida shakllanadi. Nurota tog’larida bu tuproqlar dengiz sathidan 825–1250 m. balandlikda tarqalgan. Bu tuproqlar tarqalgan hududning geomorfologiyasi va rel’efi juda murakkab. Geomorfologik jihatdan bu hudud tog’ tizmalarining pastki qatlamida, ayrim hollarda tog’ oldi o’r-qirli yoki keskin to’lqinsimon qismida joylashgan. Past tog’ yon bag’irlari ko’pchilik holda melkozemsiz yoki dag’al delyuviy yotqiziqlaridan tashkil topgan bo’lib, o’simlik turi (qoplami) umuman uchramaydi. Faqatgina qiyalik tik bo’lmagan, asosan shimoliy, shimoli–g’arbiy, g’arbiy qiyaliklarda har xil gumusli melkozemli qatlamga ega bo’lgan to’q tusli bo’z tuproqlar uchraydi. Tuproq hosil qiluvchi ona jinslar – toshli-skeletli delyuviy, prolyuviy, delyuviy-prolyuviydir. Faqatgina tog’ oldi tekisliklarda lyossimon serkorbonatli ona jinslar uchraydi. Shu munosabat bilan to’q tusli bo’z tuproqlarning asosiy morfologik belgilaridan biri skeletli bo’lishi hisoblanadi.

To’q tusli bo’z tuproqlar uchun quyidagi morfologik belgilar xarakterli hisoblanadi.

Qo’ng’ir jigarrang tovlanuvchi bo’z rang, yaxshi chimlangan, zichlangan, kesakchali qalinligi 3–7 sm.li chimli qatlam mavjud. Tuproq yuza qismi toshchali, eroziya izlari ko’rinib turadi. Chim osti qatlamida, rangi och-qo’ng’ir jigarrang tovlanuvchi to’q tusli bo’z, tomirlar miqdori biroz kamaygan, zichlangan, yong’oqsimon kesakchali, ko’p sonli tuproq jonivorlari, ularning chiqindilari (koprolitlar) mavjud bo’lgan qatlam bo’ladi. Uning qalinligi 10–20 sm.gacha bo’ladi. Chim osti qatlami ostida V qatlam joylashgan bo’lib, uning rangi och qo’ng’ir tovlanuvchi bo’z rang, kesakchali, mexanik hamda suvga chidamsiz, tomirlar ko’p uchramaydi, tuproq hashoratlarining yuqorigi qatlamga nisbatan kamroq ifodalangan, oqish dog’lar mavjud bo’lgan qatlam yotadi. Bu qatlam sertoshli, bazan katta o’lchamli nuralgan tog’ jinslaridan iborat qumli-qumloq tarkibli ona jins yotadi.



I.4. Tog’ jigarrang tuproqlari.

O’zbekiston umumiy er maydonining qariyib 5% ni tog’ tuproqlari egallaydi va shu munosabat bilan bu tuproqlarni o’rganishga qiziqish katta bo’lgan. Tog’ tuproqlari to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlarni olimlarimizning ilmiy asarlaridan topish mumkin. Mualliflar o’z asarlarida tog’ tuproqlari hosil bo’lish jarayonlarini, asosiy tog’ tuproq tiplari, ularning morfologiyasi, xossa va xususiyatlari, gumus hosil bo’lish jarayonlari, bu tuproqlarning vertikal mintaqaviylikka mansubligi va nihoyat tog’ o’lkasi tuproqlarining atrof-muxit ekologiyasini yaxshilashdagi ijobiy rolini ko’rsatib o’tganlar.

Tog’ jigarrang tuproqlari quyidagi agrokimyoviy xossalarga ega: gumusli qatlam bu tuproqlarda tog’ qiyaliklarida rivojlanish sharoitiga qarab-25 smdan 50 (70) sm gacha bo’ladi. Chirindining miqdori esa chimli qatlamda 2,2–3,1 %, chim osti qatlamida 1,5-2,4 %gacha bo’ladi. Uning zaxirasi 0-30 sm qatlamda 70,0 t.ga, 0-50 sm da esa 100-102 t.ga bo’ladi (2-jadval). Bu ko’rsatkichlarni A.Nazarov, M.Fahrutdinova, S.Yusupov, ma’lumotlari bilan solishtirsak, Nurota tog’laridagi tog’ jigarrang tuproqlarida Chotqol, Zomin va Xisor tog’laridagi tog’ jigarrang tuproqlaridagiga qaraganda chirindi 1,4-2,0 martagacha kamligini ko’ramiz. Buning asosiy sababi yog’in–sochin kam bo’lganligi oqibatida o’simlik qoplamining yaxshi rivojlanmaganligi hisoblanadi. O’rganilgan tuproqlarda chirindi kam bo’lganligi tufayli umumiy azot ham kichik ko’rsatkchlarga (0,101-0,178 %) ega, uning zahirasi 0-30 smda 4,1; 0-50 smda esa atigi 0,5 t.ga bo’ladi.

Umumiy fosforning miqdori ham bu tuproqlarda yuqori emas – 0,095-0,140 % gacha, chimli va chim osti qatlamlarida fosfor eng katta ko’rsatkichga ega bo’ladi. Umumiy kaliy ham ko’p emas (1,2-1,8 % ). SO2 karbonatlarining miqdori 6-10 (11) foizgacha bo’lib, uning maksimal miqdori profilning o’rta qismiga to’g’ri keladi. Bu hududda ishqorsizlangan tog’ jigarrang tipchasi uchramaydi, chunki yog’in-sochin miqdori kam bo’lganligi sababli ishqorsizlanish hodisasi bu tuproqlarda bo’lmaydi.

Umumiy xulosa qilib aytish mumkinki tarqalgan tog’ jigarrang tuproqlar rempublikamizning tog’li hududlarida tarqalgan tog’ jigarrang tuproqlarining genetik to’la takomillashgan karbonatli tipik va ishqorsizlangan tipchalarini ajratib bo’lmaydi. Asosan o’ta karbonatli, tog’ jigarrang tipchasi keng tarqalgan.

II-BOB O’SIMLIKLAR VA ULARNING TUPROQ XUSUSIYATLARIGA KO’RA TARQALISHI.

II.1. O’simliklar haqida umumiy tushuncha.

O’simliklar anatomik, morfologik va embriologik belgilari jihatdan bir-biriga o’xshash bo’lgan sistematik guruhlarga bo’linadi va ularning qarindoshligi hamda kelib chiqish tarixiga qarab ma’lum sistemaga olib o’rganiladi.

O’simliklar sistemalarini yaratish ustida qilingan ilk urinishlardan eng muhimi (1583 y) italyan botanigi Sezalpin sistemasidir. Uning asosiy xizmati shundaki, u o’z klassifikatsiyasiga o’simlikning o’zi uchun muxim bo’lgan belgilarini asos qilib olish kerakligini angladi va o’z sistemasini tuzishda ko’payish organlarining belgilarini asos qilib oladi.

O’simliklar sistemalarini yaratishga qaratilgan, ХVI-ХVIII asrlardagi botaniklarning ishlari shved tabiatshunosi K. Linneyning (1707-1778 ) asarlarida o’z nihoyasini topdi. U asosiy sistematika belgisi sifatida ko’payish organi, aniqrog`i - androseyning tuzilishini tanlab oladi (changchilar soni va bir-biriga nisbatan qanday joylashganligiga asosan 24 sinfga bo’linadi ).

K. Linney shuningdek binar (qo’sh) nomenklaturaga asos soldi. Bunga asosan, o’simliklarning har bir turi ikkita so’z bilan nomlanadi, birinchi so’z o’simlikning turkumga mansubligini bil-dirsa, birinchi va ikkinchi so’z birgalida tur nomini bildiradi.

Тurkum va tur lotin tilida yoziladi va ulardan keyin o’simlikni tariflagan muallifning nomi qisqartirib yoziladi. Osiyo yalpizi- Mentha asiatica. Linney 116 qabila 1000dan ortiq turkumga mansub bo’lgan 10.000 ga yaqin turlarni nomlagan.

K. Linney sistemasi o’z davri uchun qanchalik afzal bo’lmasin, bu sistema ham suiiy sistema edi. Chunki bu sistemada o’simliklarning sun’iy ravishda olingan belgilari asos qilib olingan edi. Linneyning o’zi ham bu sistemaning sun’iyligini so’ngida tan oladi va tabiiy sistema tuzish niyatida ekanligini aytadi.

Тabiiy klassifikatsiyaning taraqqiy etishida, evolyutsion nazariyani birinchi bo’lib yaratgan Lamarkning roli katta bo’ldi. Ch. Davrin qilgan o’zgarish esa sistematika tarixida yangi, evolyutsion yoki filogenetik sistematika davrini boshladi, ya’ni o’simliklar klassifikatsiyasini tuzishda bir manbadan kelib chiqqan o’simliklarni birlashtirish zarurligani ko’rsatdi. Filogenetik sistemalar orasida ko’p tarqalgeni A. Eyagler sistemasi bo’lib, bu sistema turlargacha batafsil ishlab chiqilgan birdan-bir sistemadir.

Hozirga kunda juda ko’p sondagi turli filogenetik sistema-lar mavjud (Kozo Polyanskiy, Kuznetsov, Bush, Grosgeym, Тaxtajdyan, Vetgshteyn, Хatchinson va boshqalar), O’zbekistonda sistematika fannning rivojlanishida K.Z.Zokirov, A.M.Muzaffarov, M.M.Nabiyev, U.P.Pratov kabi o’zbek olimlarimizning xizmatlari katta.

O’simliklar sistematikasidagi asosiy taksonomik birlik—tur hisoblanib, u tabiatning real xodisasidir. Masalak, na’matak, olma, do’lana bular o’simliklarning real turlardir. O’xshash turlar - turkumga, o’xshash turkumlar oilaga oilalar esa sinfga sinflar esa eng katta taksonomik birlik- bo’limga birlashadi.

Yer yuzasidagi barcha o’simliklar shartli ikki guruhga bo’linadi: Тuban o’simliklar (Thallobinta) va Yuksak o’simliklar (Kormobionta). Тuban o’simliklar tuzilishi jihatdan sodda bo’lib, tanasi tallom, deb atalib,bir hujayrali, koloniya yoki ko’p hujayrali bo’lishi mumkin. Barg, poya, ildiz kabi qismlarga ega emas. Shuningdek, ma’lum vazifani bajarishga moslashgan to’qimalarga ham ega emas. Ba’zi bir tuban o’simliklar mikroskopik bo’lsa, ba’zilarning tallomi esa 40 m. gacha katgalikda bo’lishi mumkin.

Yuksak o’simliklar barg, poyali o’simliklar yoki kormofitlar deb ataladi. Yuksak o’simliklar maxsus, ma’lum vazifalarni bajarishga moslashgan turli to’qimalarga (o’tkazuvchi, mexanik, hosil qiluvchi va boshqalar) va haqiqiy ildiz, poyalarga ega.

Тuban o’simliklarning birinchi olti bo’lim vakillarida xlorofil bo’lib, shunga ko’ra ular yorug`likda {CO2} karbonat angidridni o’zlashtirib mustaqil ravishda oziqlanadi va shu belgilariga asosan ular ko’pincha "suv o’tlari" degan umumiy nom bilan ham aytiladi. Bu esa ularning yashash joylari yoki yashash sharoiti suv ekinligidan dalolat beradi. Suvo’tlari jumlasiga kiradigan 6 bo’lim o’z filogeneziga ko’ra mustaqil bo’lishlaridir.

Тuban o’simliklarning oxirgi 3 bo’limida - bakteriyalar, miksomitsetlar va zambrug`larda xlorofil bo’lmaydi, ular fotosintez qilish xususiyatiga ega emas, ular saprofit yoki parazit holida tayyor organik modda hisobiga yashaydi.

Yuksak o’simliklarning ko’pchiligi vegetativ organlarga (poya, barg, ildiz) ega bo’lishi va shuningdek markaziy silindr -o’tkazuvchi to’qimalarning bo’lishi, hamda maxsus urg`ochi jinsiy organ-arxegoniyning bo’lishi bilan xarakterlanadi. Gulli yoki yopiq urugli o’simliklar (magaoliofitlar) esa urug`kurtakga ega bo’lgan va meva hosil qiladigan organ - gulning bo’lishi bilan xarakterlanadi.

Yuksak o’simliklar uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyot natijasida asta-sekin quruqlikga moslasha borgan. Natijada vegetativ organlari murakkablasha borgan.

Lekin, yuksak o’simliklarga kirayotgan moxlar bo’limi vakillari ildizga, markaziy o’tkazuvchi to’qimalarga ega emas va ularning ko’pchilik vakillari tallomli o’simliklar hisoblanadi. Bu bo’limning yuksak o’simliklar bo’limiga qo’shilishi sabab, ularda ham urg`ochi jinsiy organ-arxegoniyning bo’lishidir.

Yuksak o’simliklar 300.000 dan ortiq turga ega bo’lib, ekologik muhitda keng tarqalgan.

Yuksak o’simliklarning gulli o’simliklar bo’limidan boshqa hamma bo’limlari, avvallari "arxegoniyli o’simliklar" - deb, ham nomlangan. Chunki, ular urg`ochi jinsiy organlari ko’p hujayrali bo’lib "arxegoniy" - deb nomlangan.

Gulli yoki yopiq urug`li o’simliklar esa urug`chi — deb ataluvchi jinsiy organga ega bo’lib, u birikib o’sgan bir nechta meva bargdan iborat va urug`chi ichida urug`kurtaklar joylashgan bo’lib, urug`lanishdan keyin urug` hosil bo’ladi Shuning uchun ham bu bo’limdagi o’simliklar yopiq urug`li o’simliklar, deb ham nomlanadi. Bu bo’limning asosiy xususiyatlari - ularda jinsiy yo’l bi lan ko’payish organ - haqiqiy gul bo’lishidir (gulli o’simliklar bo’limi).



II.2. Cho’l, To’qay, Adir, tog’ va yaylov o’simlikar qoplami

Respublikamiz o’simliklarga nihoyatda boy. Ular tabiatda xilma-xil tuproq va iqlim sharoitida o’sishga moslashgan. Tabiatdagi o’simliklar sharoitiga qarab turli xil qalinlikda o’sadi. Bir joyda siyrak o’ssa , boshqa yerda qalin bo’lib o’sadi. Bir sharoitda o’sadigan o’simlik boshqa sharoitda o’smasligi ham mumkin. Tabiatda har xil o’simliklar asosan aralash holda o’sadi. Lekin bir xil o’simliklar o’sadigan maydonlarni ham uchratish mumkin. Demak, muayyan bir xil sharoitda xilma-xil o’simliklar o’sadi. Ammo har qaysi tur o’simlik tashqi sharoitga o’zicha moslashadi. O’zbekistonda o’simliklar cho’llarda, adirlarda, tog’larda va yaylovlarda keng tarqagan.



Cho’l o’simliklari

O’zbekiston hududining juda katta qismini cho’llar tashkil etadi. Bu o’simliklar tashqi qiyofasi, tabiatning og’ir (ayniqsa, issiq va suvsiz) va xilma-xil sharoitga moslashganligi bilan boshqa o’simliklardan farq qiladi.

Cho’lda qum uyumlari, sho’r, gipsli va toshli tuproqlar katta maydonni egallaydi. Har bir tuproqning o’ziga xos o’simliklari va ular hosil qiladigan o’simlik qoplami bor.

Qizilqumdagi qum uyumlarida bir yillik, ko’p yillik o’simliklar, buta va saksovul kabi daraxtlar o’sadi.

Qumliklarda saksovul, turli sho’ralar (sa’an, qumtariq) juzg’u, selin, iloq va boshqala birgalikda osadi. Ular o’sishi bilan bir qatorda ko’chma qumlarni mustahkamlaydi.

Selin juda chidamli o’simlik. Muhimi shundaki, shamolda qum bilan ko’milib qolgan selinning poyalaridan yon ildizlar o’sib chiqadi. Uning qum orasidagi kertaklaridan yon shoxlar paydo bo’ladi va ular yer yuziga ko’tarilib, qum yuzasini qoplay boshlaydi. Bir tup selin 1 m2 gacha chim hosil qiladi. Uning ildizlari esa atrofga 10 m gacha taraladi. Ildiz tukchalari yopishqoq modda ajratib atrofdagi qum zarrachalarini bir-biriga yopishtirib turadi. Natijada ildizlar sirtida ularni qurib qolishdan saqlaydigan qum naychalari hsil bo’ladi. Qum uyumida saqlanib qolgan selin tuplari atrofida qum to’planadi va do’nchalar hosil bo’ladi. Samol uchirib kelgan urug’lardan do’ngchalar atrofida yangi o’simliklar o’sib chiqadi.

Qumda o’sishga moslashgan o’simliklarga iloq, yaltirbosh, choycho’p, qumtariq, sariq sag’an, quyonsuyak, qandim kabilar kiradi.



Iloq ko’p yillik ildizpoyali o’t bo’lib, qumning ustki qatlamiga mayday yon ildizchalari bilan yopishib oladi. Qum yuzasiga uning asosan kalta (15-20 sm) poyasi, 7-10 ta ingichka barglari chiqib turadi.

Cho’llardagi turli darajada sho’rlangan tuproqli yerlarda tanasi tuzli shiraga boy bo’lgan seret baliqko’z, qizil sho’ra, sarsazan, qorabaroq kabi o’simliklar o’sadi. Usyurtga o’xshagan tuprog’i gipsga boy yerlarda qoraboyalich , buyurg’un, shuvoq singari o’simliklar uchraydi.



Shuvoq, qoraboyalich, oq boyalich, juzg’un kabi kabi o’simlklar jazirama issiqda ayrim barglari va novdalarini to’kadi. Buning natijasida ularda suv bug’lanishi kamayadi, ya’ni o’simliklar og’ir sharoitda suvni tejaydi. Kuz kelib salqin tushishi bilan ular yana barg chiqaradi.

To’qay o’simliklari

O’zbekiston hududidagi eng katta to’qaylar Sirdaryo bilan Amudaryo bo’ylarida joylashgan. To’qaylarda ham xilma- xil o’simliklar o’sadi. U yerlarda keng tarqalgan namsevar o’tlardan qamish, ro’vak, shirinmiya, qo’g’a, yantoq; daraxt va butalardan esa turang’il, yulg’un, tol, jiyda kabilarni ko’rsatish mumkin. Yer osti suvining joylashish chuqurligiga va daryo suvining ko’tarilishi va pasayishuga qarab, to’qay o’simliklari ko’payib va kamayib turadi.

To’qaylardagi o’simliklar bir tekis tarqalmagan. Bir joyda turang’il ustunlik qilsa, boshqa joyda yulg’un ustunlik qiladi.

Bundan tashqari to’qaylarda na’matak, shilvi, maymunjon, ilonchirmoviq, zirk kabi o’simliklar o’sadi.



Adir, tog’ va yaylov o’simlikar qoplami.

Dengiz sathidan 1200-1600m gacha balandlikkacha ko’tariladigan adirlar cho’llarga qaraganda tuprog’ining unumdorligi, iqlimining nisbatan yumshoqligi va o’simliklar turiga boyligi bilan farq qiladi.

Adirlarda bir urug’pallali va ikki urug’pallali o’simliklardan bir yillik , ikki yillik o’tlar va butalar keng tarqalgan. Bo’yimodoron, ermon, andiz, isfarak, itqo’noq, shirach, qo’ziquloq, oqquray, kakra va boshqalar ayniqsa keng tarqalgan. Ba’zan ular o’simliklar guruhini tashkil etadi.

Adir o’simliklariga xos xususiyatlardan yana biri shuki, ularning ko’pciligi tuproqda chim hosil qiladi va uni turli xil nurashdan (suv, yomg’ir, shamol erroziyasidan) saqlaydi.

O’zbekistondagi adirlarda asosa lalmikor ekinlar(arpa, bug’doy, no’xat) sug’oriladigan yerlarda mevali daraxtlar (olma, nok, yong’oq, bodom, pista) vat ok o’stiriladi.

Respublikamiz tog’lari o’simliklar turiga nihoyatda boy. Bu yerlarda bir yillik, ko’p yillik o’tlarni, buta va salobatli yirik daraxtlarni uchratish mumkin. Tog’larda o’rmon hosil qiladigan daraxtlar bilan bir qatorda o’rmon hosil qilmaydigan o’tloqlar va butazorlar keng tarqalgan. Tog’lardagi o’rmonlar o’sish sharoiti, ayniqsa o’simliklar turning ko’pligi jihatidan cho’ldagi o’rmonlardan keskin farq qiladi. U yerlarda yong’oq , olma, tog’olcha, do’lana, bodom, qatrong’I, nok kabi mevali daraxtlar bilan bir qatorda archa, terak, qayin, va kamxastakka o’xshash daraxtlar ham ko’plab uchraydi. Tog’lardagi o’rmonlarning deyarli hammasida ko’plab butalar (na’matak, uchqat, zirk tobulg’i, irg’ay) bir yillik va ko’p yillik o’tlar o’sadi.

Tog’larning eng yuqori qismida, ya’ni dengiz sathidan 2700-2800 metr balandda yaylovlar joylashgan. Yaylovlardagi o’simliklarning aksariyatini ko’p yillik o’tlar tashkil etadi. Bu yerda o’sadigan butalarning bo’yi ham juda past bo’ladi, chunki u yerning havosi juda sovuq bo’lib, qish- u yozkuchli shamol esib turadi. Shuning uchun ham yaylovlarda tog’lardagi kabi yirik daraxtlar bo’lmaydi.

Yaylovlarda yer bag’irlab o’sadigan archa va irg’ay, na’matak, qayin, chetan, uchqat kabi past bo’yli butalani toron, shuvoq sutlama, syg’uro’t, betaga, sanchiqo’t, kabi ko’p yillik o’tlarni , yostiq hosil qilib o’sadian qiziltikan va zirako’t kabilarni ko’plab uchratish mumkin.



II.3. Tuproq muhiti va rejimiga o’simliklarning munosabatlari.

Tuproq kislotali muhitiga o’simliklarning munosabatlari

Tuproq (kislotali, neytral, ishqorli) eritmasituproqdagi mikroorganzmlar holatiga va miqdoriga va ular orqali yashil o’simliklarning oziqlanish rejimiga atta ta’sir ko’rsatadi.

Tuproqning kislotali muhiti (erkin vodorod ionlarining ko’pligi) aktiv bo’lishi mumkin.uning aktivligi pH ning kattaligiga bog’liq.

Ph – 7 bo’lsa bu neytral reaksiyali muhit bo’lib bunda vodorod, karbonat angidrid ionlari bir xil bo’ladi.

Kislotali muhitli tproqlarda Ph – 7 dan past va ishqorli muhitli tuproqlarda ph – 7 dan yuqori bo’ladi.

Tuproq eritmasining reaksiya chegarasi katta bo’lib, u pH – 3-3,5 dan (torfli tuproqlarda) pH – 10-11 gacha borishi mumkin (sho’rxok yerlarda ) tuproq eritmasining reaksiyasi iqlim , o‘simliklar, jinslar, sizot suvlari, releyf, o’g’itlar va shu kabi boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Shuing uchun tundra va o’rmon zonasining tuproqlari ko’pincha kislotali eritmaga ega, chunki bu yerlarda issiqlik yetishmasligi va namlikning ortiqchaligi o’simlik qoldiqlari parchalanayotganda ko’pincha kisloalarning ko’p ajralib chiqishini ta’minlaydi. Shimoldan janubga brogan sari eritmasining kislotali muhiti kamayib boradi. Va issiq dasht ayniqsa, Markaziy Osiyoning cho’l zonalarida kislota kamroq hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan kislotalar ham ohak yordamida neytrallashadi. , chunki butuproqlarda ohak hosil qiluvchi jinslar ko’p. shunng uchun ham dasht zonasining tuprog’I neytral, cho’l zonasining tuprog’I esa ishqorli muhitga ega bo’ladi.

Shunday qililb , yuqri konsentratsiyali vodorod, alyuminiy, marganrs ionlari va tuproq eritmasidagi kalsiy miqdorining kamligi tuproqning kislotali muhitini ta’minlaydi. Ana shu kislotali muhitga nisbatan o’simliklarning munosabatlari turlicha bo’ladi.

Masalan torf mohi kislotali(pH - 3,5) muhitda yaxshi o’si rivojlansa, arpa pH -6-7 da yaxshi o’sib rivojlanadi. pH ning 4 dan 6 gacha ko’tarilishini M.S.Avdonina ma’lumotiga qaragand,hosilni 26,4 % ga oshiradi. Vegetatsion idishlarda olib boriladigan tajribalar shunio’rsatadiki, pH ni 4 dan 6,5 gacha ko’targanda bahorgi bug’doyning umumiy massasi 70, % ga doni esa 138,6 % ga oshgan.

Lavlagi va kartoshka kalsiyli tuproqni talab qilsa, jvdar o’simligi kislotali tuproqlarda yaxshi o’sadi. Tuproq eritmasi muhitiga bo’lgn munosabatiga ko’ra o’simliklar quyidagi guruhlarga bo’linadi:


  1. Asedofil o’simliklar – kislotali tuproqda o’suvchi indicator o’simliklar. Bu guruh o’simliklarga botqoqlikda o’suvchi torf moh, botqoq bagulnigi (Sedum), botqoq klukvasi , o’tloqlarda o’suvchi belaus , brusinka, chernikalar ham kiradi.

  2. Neytral muhitli tuproq o’simliklari. Bu guruhga eng muhim yem- hashak o’simliklaridan o’tloq ovsanitsiyasi, o’tloq ovsiyanitsiyasi, o’tloq timofleyevkasi, sebarga, tog’ sebargasi, Sibir borsheviki, sariq beda, zira va shu kabilar kiradi.

  3. Bazifil o’simliklar – ishqorli muhitli tuproq o’simliklari- indikatorlari. bularga dasht va cho’l zonasida o’suvchi o’simliklar kiradi.

Cho’l mintaqasining qumli tuproqlqrida psammofitlar deb atalgan o’simliklarning ekologik guruhi tarqalgan bo’lib, ularga singrenlar, oq saksovul, qandim, quyonsuyak, shuvoqlar, qizilchalar, selinlar, iloqlar misol bo’la oladi.

Psammofit o’simliklarning barglari ensiz, qattiq yoki odatda, reduksiyalashgan (saksovulda), meva va urug’lari qumda o’rmalab yoki sha mol yordamida tarqaladiva sharsimon ko’rinishda bo’ladi.

Tuproqning ma’lum kimyoviy elementlarga boyligini ko’rsatuvchi o’simliklar - indicator turlar deyiladi. masalan masalan, plaun alyuminiyga boy tuproqlarda, astragal selenli, itqumoq ruxli, shuvoq, oddiy qarag’ay, va makkajo’xorilar oltinga boy tuproqlarda o’sadi.

4. Indefferen o’simliklar. Bularning tipik vakili landish o’simligi hisoblanadi. Bunday o’simliklar tuproqning kislotali va ishqorli muhitlarida ham o’sa oladi.



II.4. Tuproq tarkibidagi makro va mikro elementlarning o’simliklar uchun ahamiyati.

Tuproq eritmasidagi makro va mikro elementlarni o’simlikning hammasi ham bir xilda qabul qilolmaydi. Tuproqda mikroelementlar juda kam miqdorda bo’ladi, shu sababli ba’zan ularni kimyoviy analiz bilan ham aniqlash qiyin. Shunga qaramasdan o’simliklar bu xil mikroelementlarni tuproqdan olib o’z tanasida saqlash xususiyatiga ega. Masalan, qoqio’tdoshlar, ayiqtovondoshlar oilalariga kiruvchi o’simliklar tarkibida litiy ko’proq, astragal, selen, yel, g’o’za barglarida marganes, ko’p uchraydi. Masalan, Laminariya o’simlikligi tarkibida yodning miqdori 0,1-0,5 % uchragan holda dengiz suvida esa bu ko’rsatkich 0,00005 % gat eng. karamgullilar va soyabongullilar oilalariga kiruvchi o’simliklarda oltingugurtning miqdori boshqa oila vakillariga qaraganda 5-10 barobar ko’pdir. Rux (Viola) binafsha tarkibida uchrasa lavlagi, kartoshka, paxta tarkibida kaliy, magniy, tilog’och va sho’radoshlar oilasi vakillarida ko’ppincha soda ko’proq uchraydi.



T.F.Morozovning (1943) yozishicha daraxtsimon o’simliklar o’to’simliklarga qaraganda mineral moddalarni 10- 15 barobar kamroq qabul qilishadi. daraxt o’simliklar fosfor va kaliyni juda ham talab etganliklari sababli ular qishloq xo’jaligi ekinlari o’smaydigan unumsiz tuproqlarda ham bemalol yashayveradilar. Bunday holatga ayniqsa g’o’za o’ta chidamlidir.

O’simliklarnining yoshi o’tishi bilan ulraning mineral moddalarga bo’lgan talabi o’zgarib boradi. darxtsimon o’simliklarda azot va mineral moddalarga bo’lgan talabi ularning o’sishi davrida kuchli bo’lsa, g’allasimon o’simliklarda esa naychalash va boshoq hosil bo’lishi davrida kuchli bo’ladi. Yem- hashak o’simliklarida bu ko’rsatkichga bo’lgan talab gullash va gullashdan oldin kuzatiladi.

Tuproq unumdorligiga nisbatan o’simliklar quyidagi guruhlarga bo’linadi.

Evtrof o’simliklar - unumli tuproqlarda o’suvchi o’simliklar (yasen, zarang, dub va boshqa daraxt o’simliklar)

Oligotroflar- tuproq unumdorligiga kam talabchan o’simliklar. Bu guruhga daraxtlardan oddiy qarag’ay kiradi.

Mezotrof- kam unumli tuproqlarda o’suvchi o’simliklar. Bu guruhga o’tloq va o’rmon zonasining o’simliklari kiradi.

Ba’zi adabiyotlarda bu klassifikatsiya bir oz boshqacharoq talqin qilinadi, ya’ni tuproq tarkibidagi organik qoldiqlarning solishtirma tarkibiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:

Oligotrof turlar, o’simliklarning bu guruhga kiruvchi vakillari juda kam organik elementlari bor tuproqqa moslashgan

Evtrof o’simliklar turlarguruhiga kiruvchilar ko’p miqdorda kul elementlari bor tuproqlarda o’sadi. Bu guruhga misol qilib qo’ng’ir erman, oddiy egopodium, oddiy prolestnik kabilar misol bo’ladi.

Mezotrof turlar guruhiga mansub o’simliklar kul elementlari o’rat hol bo’lgan joylarda o’sadi. Bunga oddiy qoraqarag’ay (Picea schrenciana ) misol bo’ladi.

Nitrofil turlar tuproqda azot ko’p bo’lgan joylarda uchraydi, bu guruhga qichitqi o’t (Urtica dicica L.), maymunjon (rulus idakus), qulmoq (Humulus lupulas ) amaranth (Amaranthus retroflexus ) va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.

Galofit turlar asosan sho’rlagan, sho’r, sho’xok tuproqlarga xos bo’lib, ularga qorasho’ra sarsazan, sarzolaning ko’plab turlari , qorasho’ra, oqsho’ra kabilar kiradi.

Petrofit turlar har xil tuproq sharoitida o’sadi, shag’al tuproqli, shag’al toshli joylarga xos o’simliklar bo’lib, ularga mavrak, sunbul, butalar kiradi.

Psammofit turlar tinimsiz harakatdagi, oqib turuvchi qumli joylarga xos. Qizilqum, Qoraqumning shunday joylarida iloq , rang, oq saksovul, qora saksovul, cho’l akatsiyasi kabilar o’sadi. Psammofitlar urug’lari prujinali bo’lib, (Calligonum) ancha joyga yengil otiladi, qum ustida dumalab yuradi, ular qurg’oqchilikka yaxshi chidaydi. Ustlari qalin tukli, barglari qalin tukli, qalin, ingichka, terisimon bo’lganligi uchun transpiratsiya jarayoni kam o’tadi. Ular harakatli qumlar, dengiz va daryolar qirg’oqlarida ham uchraydi. Shunday joylarda tol va boshqa daraxtlar o’sadi.

Qum o’ziga xos substrat sifatida qator hislatlarga egadir. Bu hislatlar o’simliklarning shu shroitga ekologik moslashgan qobiliyatlarni keltirib chiqargan, ya’ni ularda o’zlariga xos issiqlik, havo va suv rejimlari yuzaga kelgan.

Qumlik sharoitida o’simliklar qum ostida qolish xavfida bo’ladi. Shuning uchun ularda poyadan qo’shimcha ildizlar chiqmaydi,balki o’simlik o’zining yer ustki qismi o’sishni tezlashtiradi va butalarda hosil bo’lgan qo’shimcha ildizlar esa tananing yo’g’onlashishi, o’simliklar vertikal o’sishini ta’minlaydi. Bularga saksovul, juzg’un, akatsiya kabilar misol bo’ladi.

Qumlik sharoitida o’simliklarning ildizlari ustida saqlovchi qobiqlar hosil bo’ladi. Bu qobiqlarning hosil bo’lishi o’simlik ildizlaridan ajralib chiqqan suyuqlikka mayda qum zarrachalari yopishib qotadi va hosil bo’lgan qattiq to’qima ildizni qurib qolishdan,zahmlanishidan saqlaydi. Bu ekologik saqlovchi qobiq - futlyarlar ko’pchilik cho’lm o’simliklaridan norseleu, hamma daryo, dengiz chetlaridagi qumli yerlarda osadigan o’simliklarda ham uchraydi.

Boshqa o’simliklarda uzun va doim shoxlangan ildizlar hosil bo’ladi. Ular ildiz atrofidagi tuproqning uchib yoki yuvilib ketishidan saqlaydi. Bunday o’simliklarga juzg’un, tol misol bo’la oladi.

Psammofit guruhiga oid o’simliklarning muhitda suv bilan ta’minlanishi og’ir bo’lganligi sababli ularda kseromorflik xususiyatlari yuzaga kelgan. Ya’ni morfologik tuzilishlarda sukkulentlik, yaproqlarning reduksiyalanishi (afilnost), yerning pastki, chuqur qatlamlariga boradigan kuchli ildiz sistemasi hosil bo’lishi kabi hislatlar paydo bo’lgan. Psammofitlarning o’tsimon vakillariichida efemer va efemeroidlar ko’p bo’lib, ular tuproqda namlik ko’p bo’lgan davrlarda rivojlanadi.

O’simliklar olami ichida yana bir o’ziga xos ekologik guruh- litofitlar bo’lib, ular toshlar, qoyalar, ularning yorilgan, chuqurlashgan yoki toshlar to’plangan joylarda uchraydi. Bu guruh o’simliklarga suvo’tlar, litofill lishayniklar, ayrim moxlarning vakillari kirib, ular yuqorida aytilgan turli toshli sharoitda birinchilardan bo’lib, tarqaladi, biologik moddalar ajratib, toshlarni parchalaydi. Shu yerlarda organik moddalar to'planib, boshqa o’simliklartarqalishiga imkon yaratadi, keyinchalik bunday toshli joylarda turli moxlar, gulli o’simliklar tarqaladi.

Ayrim o’simliklar tog’oldi, shag’alli joylarda tosh yoriqlari, toshlar orasida hosil bo’lgan juda ham oz miqdordagi substrat (chala tuproqda) ham o’sadi. Shunday joylarda uchraydigan o’simliklar xasmofitlar deb atalamdi. Bu guruhga daraxtlarning qoyalarga moslashgan vakillari misol bo’ladi. Ma’lumki tog’li joylardagi tosh to’plamlari orasida organik moddalar bo’lmaydi. Lekin bunday joylar (tosh to’plamlari) harakatda bo’lganligi tufayli havo almashinishi yaxshi bo’ladi. Bunday joylarga moslashgan litofitlar turli yo’llar bilan toshlar orasiga poyalarni mustahkamlash va o’sish xususiyatlarini hosil qilgan. Bunday xususiyatlarga - tosh to’plamlari harakatiga qarab sudraluvchi novdalar, yordamchi va asosiy ildizlar hosil bo’lishi va ular yordamida substratga mahkamlanish belgilari vujudga kelgan. Bunday litofillarga rovoch va boshqa o’simliklar misol bo’ladi. Ular harakat qiluvchi shag’al toshlarni mustahkamlaydi. Litofillar o’sadigan joylardagi mineral, organik moddalar miqdori, harorat va namlik rejimlari ta’sirida o’simliklarda majmua moslanish xususiyatlari hosil bo’lgan, ya’ni mahkam ushlaydigan ildiz sistemasi va sovuq hamda muzlashga kuchli chidamliligi, yer usti qismlari kseromorflk xususiyat kabi belgilar yuzaga kelgan.

Tuproq o’simliklarning mineral oziqlanishida katta rol o’ynaydi. Erigan mineral moddalar o’simliklarning ildizlari orqali ularning tanalariga o’tib, turli fiziologik, biokimyoviy, jarayonlarda faol qatnashib, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishini ta’minlaydi.

O’simlik ildizi atrofida juda ko’p va har xil guruhdagi mikroorganizmlar- bakteriyalar, zamburug’lar, turli suvo’tlar uchraydi va yashaydi. Ular o’zlarining hayot faoliyati jarayonida o’simliklar (o’t o’simliklar, daraxtlar, butalar) ildizlari bilan biologik munosabatda (mikoriza) bo’ladi. Mikroorganizmlar o’simliklar ildizlari orqali mikroorganizmlar o’simliklarni organik moddalar bilan ta’minlaydi. Bunday organik moddalar o’simliklarning o’sish va rivojlanishda muhim ahamiyatga egadir. Mikroorganizmlar o’simlik va hayvonlarning qoldiqlarini chiritib, biologik faol moddalarning manbai - gumusni hosil qiladi. Gumusdagi vitaminlar, fermentlar, oqsillar, organik kislotalar o’simliklarning o’sish va rivojlanishini tezlashtiradi.

O’simlik qoldiqlarida uchraydigan turli mikroorganizmlar, mayda hayvonlar-saprofaglar organik qoldiqlarni chiritadi, parchalaydi va tuproqda moddalar almashinishida muhim rol o’ynaydi.

Tuproqda organik moddalarning to’planishi, taqsimlanishi tuproq hosildorligining oshishi shu yerning iqlim sharoitidagi ekologik omillarning ijobiy ta’siri, tuproqning namlik, harorat va havo almashinish darajasi va o’simliklar hamda hayvonlarning son- sifatiga bog’liqdir.

Tuproq muhitida uchraydigan yuksak o’simlik vakillari orgaqnik moddalarni sintez qiladi va ularda quyosh energiyasini to’playdi. O’simliklarning yer usti va yer osti qismlarida hosil bo’lgan organik moddalar, o’simlik qismlari qurigandan (yaproqlar, shoxlar, ildizlar) keyin tuproqqa o’tadi. U yerda mikrooorganizmlar yordamida chirib, parchalanib, tuproq hosildorligining oshishiga olib keladi.

O’simlik uchun eng muhim kimyoviy elementlar bular azot, fosfor va kaliydir. shuning uchun o’simliklarga o’g’it berganda kompleks ya’ni NFK (azot, fosfor, kaliy ) beriladi.

Azot o’simliklarda oqsil, nuklein kislotalari va xlorofill tarkibiga kirganligi sababli u hamma o’simliklar uchun eng kerakli muhim element hisoblanadi. Azot yetishmasa o’simliklar bargi och yashil rangda bo’ladi,. Bundan tashqari, o’simliklarni o’sishi va rivojlanishini tezlashtiruvchi va moddalar almashinuvida aktiv ishtirok etuvchi garmonlar tarkibida ham bo’ladi. O’simliklar uchun azotning manbai nitratlar, ammoniy tuzlari va azot to’plovchi bakterialar hosil qiladigan biologik azotlardir. Azot yetishmaganda g’allasimon o’simliklarda quyidagi o’zgarishlar beradi: poyalari ingichka, barglari kichik va dag’al, ularning hujayralari kichik va hujayra po’sti qalin bo’ladi. Yosh barglar och yashil rangda, biroq qarigan barglar sariq, qizil ranglarga kira boshlaydi. O’simlikning o’sishi va tuplanishi juda sust bo’ladi. Bu hollarda azot berish tavsiya etiladi.

Azotning ko’pligi ham o’simliklarga zarar keltiradi. Ya’ni azot ko’p bo’lib, kalsiy va fosfor yetishmasa o’simliklarda yupqa po’stli katta va ko’p suvli barglari hosil bo’ladi. Bu o’simliklar bargida azot konsentratsiyasi kuchli bo’lib, bu xil o’simliklar sovuqqa chidamsiz va hasharotlar tomonidan ko’proq zararlanadi.

Ekiladigan bug’doy, arpa, javdar, suli va shu kabi boshqa don ekinlari azot o’g’itlariga nisbatan o’rtacha talabchan bo’ladi. azot ko’p berilsa, o’simliklarda gullash va don yetilishi kechikadi. hosil kamayadi. Biroq makkajo’xori, jo’xori va shu kabi boshqa xil don ekinlarining gullashi, don yetilishi va hosildorligi azot ko’p berilganda to’lishadi va ortadi. Azot qandlavlagi bargini o’sishini tezlashtirsa ham uning ildizmevasidagi qand miqdorini pasaytiradi.

Fosfor - xuddi azotdek o’simliklar uchun eng muhim kimyoviy element bo’lib, u ham nuklein kislotalar tarkibiga kiradi. Yosh meristimatik hujayralarda keksa hujayralarga qaraganda fosfor ko’p bo’ladi. Bundan tashqari fosfor modda almashininsh va fotosintez jarayonlarida ham muhim rol o’ynaydi. Yuqori energiyaga ega fosforlar ko’pincha ATFda bo’ladi. Fosfor yetishmasa o’simliklarning rivojlanishi susayadi. Ya’ni ildiz, poya va barglari rivojlanmaydi. poyasi ingichka, barglari dag’al bo’lib, rangi ko’k-yashil bo’ladi. Antatsion pigmentlarning ko’pligidan barglari ba’zan bronza rangida bo’ladi. Tuplanish intensivligi va meva beradigan poyalari keskin qisqaradi. Fosfor ko’pincha o’simliklarga ekishdan yoki ko’chatni o’tkazishdan oldin beriladi.

Kaliy. Ammoniy ionlaridan aminokislotalar va proteinlarni sintez qilishda kaliyning o’rni katta. Fotosintez jarayoni ham kaliy ishtirokida bo’lib turadi. Kaliyning yetishmasligi tufayli barglarning CO2 ni qabul qilish darajasi susayadi. Ko’p azot me’yori qand lavlagi ildizidagi qand moddasini kamaytirsa, kaliy esa ko’paytiradi. Kaliy yetishmasligidan ko’pincha o’simliklarning ostki barglariquriy boshlaydi, ildiz va ildiz mevalari yaxshi rivojlanmaydi. Masalan kaliyni ko’payishi bilan kartoshka tugunagi va undagi kraxmalning miqdori doimo oshib boradi. Kartoshkadan tashqari kaliyga nisbatan talabchan o’simliklardan qand lavlagi meva- sabzavot (olma, smorodina) ekinlarini ham ko’rsatish mumkin.

Kaliy yetishmasa ko’pchilik o’simliklar past haroratga nisbatan chidamsiz bo’lib qolishadi. demak, g’allsimon o’simliklarga va mevali daraxtlarga kaliy yetarli berilsa, ularning tarkibida qand moddasining ko’p to’planishi natijasida sovuqqa chidamlilik xususiyati ortadi. Kaliy yetishmasa o’simliklarda poyalari qisqa, barglari kichik burshaygan, ko’k, yashil va jigar ranglarda bo’ladi. Kaliy o’simliklarga azot va fosfor bilan birgalkida erta bahorda beriladi.

Meristimatik hujayralarning o’sishi rivojlanishi uchun kalsiy zarurdir. Kalsiy yetishmasa ildiz yaxshi rivojlanmaydi. To’qimqlar tarkibida kalsiy ko’payib ketsa, o’simliklarning magniy va kaliy elementlarini pasaytiradi. Kalsiyga bo’lgan talabga ko’ra o’simliklar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

1. Kalsiyefillar - kaisiy ko’p bo’lgan tuproqlarda o’sadigan o’simliklar (bo’tako’z, astra, daraxtlardan dub, oddiy archalar.)

2. Kalsiyefoblar- kislotali tuproqlarda o’suvchi o’simliklar. (torf moxlari, choy, kashtan)

Kalsiyga nisbatan indifferent o’simliklar (befarq o’simliklar). Bular kislotali tuproqda ham, ohakli tuproqlarda ham o’saveradi (landish).

Magniy. Xlorofill va ribosomalarning tarkibiga kiradi. U o’simliklarda fosfatlarnong aktiv harakatida ishtirok etadi.

Natriy. Natriyning ko’p bo’lishi ko’pchilik o’simliklarga zarar keltirishi mumkin. Chunki u to’qimalarda to’planib, kalsiy, magniy va shu kabi boshqa kationlarning o’zlashtirilishini qiyinlashtiradi. biroq sho’rxok joylarda o’suvchi o’simliklarning o’sishini natriy tezlashtiradi. (qorasho’ra, sarsazan)

Temir. Bu tugunak bakteriyalarning erkin azotni o’zlashtirish jarayonini tezlashtiradi. Tok, mevali daraxtlarda dekorativ o’simliklarda temir yetishmasa ularda xloroz kasalligi paydo bo’ladi. Ya’ni ularning barglari och- sariq yoki pur-pur rangga kirib qoladi.

Mikroelementlar. Azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy va shu kabi makroelementlardan tashqari o’simliklarga kam miqdorda kerak bo’ladigan mikroelementlar ham bor. Bularga marganes, bor, kumush, rux, kobalt va boshqalar kiradi. Bu elementlar tuproqda ko’p miqdorda uchrasa o’simliklar uchun zaharli bo’lishi ham mumkin. Shuning uchun ular o’simliklarga gektariga grammlar ba’zida kilogram bilan beriladi.

Marganes. Bu nafas olish va fotosintez jarayonlari uchun zarur element. Barg va ninasimon o’simliklar bargidagi xloroplastlarda marganesning miqdori, ayniqsa ko’p bo’ladi. Nafas olish va fotosintiz jarayonida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibida ham marganes ko’p bo’ladi. Marganes aminokislotalar, proteinlar, vitaminlar, polipeptidlar va shu kabi boshqa xil birikmalarni sintez qilishda ishtirok etadi.

Bor. Bu oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, polisaxaridlarga o’xshash biopolimerlar hosil qilishda ishtirok etadi. Bu biopolimerlar hujayraning muhim komponentlari bo’lmish hujayra membranalari, ribosomalarning tarkibiy qismiga kiradi. Demak, bor yetishmasa bu strukturalarning hosil bo’lishi buziladi va sekin asta o’simliklar o’sish va rivojlanishdan to’xtab halok bo’lishadi.

Mis. Bu ko’pchilik fermentlar tarkibiga kirib nafas olishni kuchaytiradi. Mis yetishmasa fermentlar va nafas olish aktivligi pasayadi, nuklein kislotalar biosintezi susayadi. Ko’pchilik begona o’tlar madaniy o’simliklarga qaraganda ko’proq o’z to’qimalarida mis to’playdi. Shuning uchun ham AQSHda makkajo’xori ekish uchun yerni tayyorlaganda avval begona o’tlar o’stirilib, keyin haydab tashlanadi. Ko’pincha gektariga 7-10 kg mis berish maqsadga muvofiqdir.

Mis oksidlanish- qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibida bo’ladi.

Kobalt. Xlorofillga mustahkamlik berib, qorong’ilikda uni yemirilishdan saqlab turadi. Demak, bu xususiyati bilan fotosintezni va barg aktivligini kuchaytirib turadi. Shuningdek, kobalt karbonsuvlar va azot almashinuvida ham ishtirok etadi.

Sho’rlangan tuproqda o’suvchi o’simliklarning xususiyatlari.

Markaziy Osiyoda sho’rlangan tuproqlar 23 mln gektarni egallaydi. Shundan 18 mln gektari Qozog’iston, 3 mln gektari Turkmaniston, 2 mln gektari O’zbekistonda uchraydi. Ana shunday sho’rlangan yerlarda o’suvchi o’simliklar galofitlar deyiladi. galofitlar orasida ko’pchilik o’rinni sho’radoshlar oilasiga kiruvchi o’simliklar egallaydi. Kuchli sho’rlangan yerlarda qora sho’ra, sarsazanlar o’sadi. Bulardan tashqari ana shunday sho’rlangan yerlarda baliqko’z, seta, xaridondon, donasho’r, ermon-shuvoq, keyreuk va boshqa shu kabi sho’raklar kiradi. Ular uchun poya yoki bargining etli bo’lishi, suv jamg’aruvchi to’qimaning yaxshi rivojlanganligi ortiqcha tuzlarni maxsus bezlar yordamida tashqariga chiqarib turish kabi moslanish xususiyatlari xosdir. Kuchli sho’rlangan yerlarda o’suvchi galofitlarning hujayra shirasida tez eriydigan tuzlar ko’p to’planadi. Natijada hujayra shirasining osmotik bosimi yuqori bo’ladi. Bu esa o’z navbatida galofitlarni qurg’oqchilikka va issiqlikka chidamlilik xususiyatini oshiradi. galofitlar tanasi etli, ko’p tuz to’playdigan va ortiqcha tuzlarni sekin-asta ajratib turish xususiyatiga ega.

Yirik sho’rxoklar. O’rta cho’lda, O’zbekiston va Qozog’iston chegarasi bo’ylab ketgan Aydar sho’rxok ­(hozir haydar ko’li hosil bo’lgan), Markaziy Qizilqumda, Mingbuloq sho’rxoklari kabilar pastqam joylarda uchraydi. Tipik sho’rxok yerlarda o’simliklar deyarli o’smaydi.

Galofitlar quyidagi xususiyatlarga ega:

Hamma organlari etli;

Poyasi bargsiz;

Ko’pchiligining bargi yaxshi taraqqiy etmagan (masalan, qora saksovul va shu kabi boshqa o’simliklarda barg mutlaqo bo’lmaydi yoki bo’lsa ham yaxshi rivojlanmagan)

Galofitlarning muhim ekologik xususiyatlaridan yana biri shuki, ular albatta sho’rxok yerlarda o’sadilar. Masalan, selitryanka tuproq qatlamida (100gr tuproqda) 7,7% xlor, 12,73% sulfat tuzi bor joylarda yaxshi o’sadi. Galofitlarga qora saksovul, xaridondon, quyonsuyak, pashmaksho’r, seta, donasho’r, chogon, keyreuk, erman shuvoq kabi bir yillik chala buta, buta o’simliklar kiradi.

Turli darajada sho’rlangan tuproqlarga morfologik, fiziologik moslashgan galofit o’simliklarni quyidagicha sinfifikatsiya qilinadi:

Kummulyativ galofitlar turiga (eugalofitlar) kiruvchi o’simliklarni sitoplazmasi yuqori miqdordagi tuzlarga chidamli bo’ladi. Ular tuproqdagi erigan tuzlarni shimib oladi va tanalarida juda ko’p miqdorda (kul og’irligiga nisbatan 45-50 % ) tuz to’playdi. Bu guruh o’simliklarga salzola va soleros turkumlarining vakillari kiradi.

Sekretor galofitlar turi (krinogalofitlar) guruhiga kiruvchi o’simliklar o’zlarining barglarida joylashgan maxsus tuz bezlari orqali juda yuqori konsentratsiya tuz eritmalarini tashqariga chiqaradi. Bunday o’simliklarga Frankeniya, julg’un, kermak kabi turkum vakillari kiradi.

Boshqaruvchi galofitlar turi(gligogalofitlar). Bu guruhga kiruvchi o’simliklar hujayrasidagi osmotik bosim tanadagi tuzlar orqali emas, balki organik moddalar, ayniqsa, qandlar orqali boshqariladi. Undan tashqari gligogalofitlar hujayrasi o’ziga xos bioximik xususiyatlarga ega bo’lib, turli zararli tuzlarni tanaga o’tishini chegaralaydi yoki zararli ionlarni bir-biri bilan bog’lab, modda almashinuvida tanadan chiqarib yuboradi. Bunday metobolitik holatlarda sitoplazmadagi oqsillar, qator organik kislotalar, ayrim qand birikmalari, pigmentlar va boshqa moddalar qatnashib, osmotik funksiyalarni saqlab, uning buzilishiga yo’l qo’ymaydi.

Uzoq evolyutsion jarayonda organizmlar turli landshaftlar tuproqlardagi sho’rning ortib borishiga moslashgan. O’simliklar ichida sho’rlikni sevuvchi guruhlar paydo bo’ladi. Bunday oila vakillari boshqa turlar nobud bo’ladigan sharoitda ham yuqori darajadagi tuproq sho’rligiga chidamlidir. Bunday galofit o’simliklar boshqa sharoitda, boshqacha kimyoviy tarkibli tuproqda o’sa olmaydi.

Ma’lumki, galofitlar o’z tanalarida xlorid va sulfat birikmalarini, organik kislotalar ishqorlarini ko’plab to’playdi. Tuzlarning ortiqchasi o’simliklarning go’shyli tanasida, barglari ustida to’planadi.

O’simliklar tuzga chidamliligiga qarab 4 ta guruhga bo’linadi:

Haqiqiy galofitlar. Yer osti sizot suvlari yaqin joylashgan, namli sho’r tuproqlarda o’sadigan go’shtli ho’l sho’ralar. Ular tanasida 40-55 % gacha kul bo’lib, unda xlor, sulfat ionlari va natriy ko’p bo’ladi.

Yarim quruq galofitlar tanasida 20-30 % kul bo’ladi. Bu guruhga kiruvchi o’simliklar kuchli sho’rlagan va quruq sho’r tuproqlarda o’sadi.

Quruq sho’ralar, kserofitlar va ayrim oqjuvshan(burgam), juvshan(shuvoq) kabilar kamroq sho’rlangan tuproqlarda, sho’rxok joylarda o’sadi. Ular tanasidagi kul 10-20 % ni tashkil etadi.

Boshoqlilar, dukkakdoshlar vakillari va juvshanlar sho’rlamagan yoki ozroq sho’rlagan tuproqlarga xos bo’lib, ular tanasidagi kul miqdori 10 % ni tashkil etadi.

Galofit o’simliklar ko’plab turli mikroelementlarni ham to’playdi. Bunga sabab shu ko’rsatilgan mikroelementlar yer osti sizot suvlarida bo’lib, bug’lanish natijasida tuproq va uning tuzli qatqaloqlarida to’planib, tuproqdan o’simliklar tanasiga o’tadi.

Sho’rlangan yoki g a l o m o r f tuproqlar har xil turlarda bo’ladi. Shulardan bir turiga sho’rxok yoki sho’r tuproqlar kiradi. Bunday tuproqlarning vodorod ioni ancha ishqorli pH=8 dan pastroq bo’lib, tuproqda erigan kationlarning 50 % ini natriy tashkil qiladi.

Yer yuzida ishqoriy yoki sho’rxok tuproqlar ham keng tarqalgan. Shunday tuproqlarda natriy karbonati tarkibiga kiruvchi natriy haddan ziyod ko’p bo’ladi. pH=9 ga yetadi. Sho’rlangan tuproqlarning florasi ham shunga binoan o’ziga xos bo’ladi.

Sho’rlangan, sho’r yoki sho’rxok tuproqlarda o’suvchi o’simliklar asosan galofitlardan iborat bo’lib, ularga ruyandoshlar oilasining ko’plab vakillari misol bo’ladi. Tuproqning sho’rligiga chidamli o’simliklar turlari har xil va ular sho’rlilikning turli miqdoriga moslashgan. Masalan, tuproq sho’rligiga juda chidamli o’simlik yoz faslida tuproqda tuzlar konsentratsiyasi 20% dan oshganda ham bardosh beradi va rivojlanishini davom ettiradi.

Turkiston va boshqa hududlarning sho’rlangan tuproqlari uchun ko’p sho’radosh o’simliklar xarakterlidir. Ular o’zlariga xos assotsiatsialar hosil qiladi. Yomg’irli davrlarda sho’radosh o’simliklar tuproq sho’rligining 1.5 % iga, yoz faslida 10-20 % ga bardosh beradi.

Sho’rlamagan yoki kamroq sho’rlagan joylarda asosan o’simliklarning psammofill guruh vakillari yoki bo’z yerlarga xos formatsiyalarni hosil qiluvchi turlar ko’plab uchraydi. Tuproqning sho’rlik darajasi kamayishi bilan o’simliklar formatsiyalarida umurtqasiz hayvonlar soni ortib boradi va quyidagi 3 ta o’simliklar formatsiyasida bu holatni kuzatish mumkin ya’ni:

Ochiq va yaqqol ko’rinuvchi galofitlar formatsiyasi bo’lib, bu formatsiya Arthrocnemutum glaukum tuproqning yuqori sho’rligiga bardosh beradi va shu o’simlik turi atrofida 120 ta umurtqasiz hayvonlar turlari aniqlangan. Ulardan 9 tasi shu formatsiya uchun xosdir.

Salicornietum fruticosae formatsiyasi kam sho’rlangan tuproqlar uchun xos bo’lib, u yerlarda sho’ralardan Salicornietum fruticosae va uning atrofida 211 ta umurtqasiz hayvonlar turi uchragan.

Therobrachypodion formatsiyasida o’simliklardan Statice limonium va 295 ta umurtqasiz hayvonlar turlari topilgan. Shulardan 16 tasi bu formatsiya uchun xosdir.

Sho’rlangan yerlarda yana bir maxsus guruh- m a n g r a o’simliklari o’sadi. Ular tropik o’rmon hududini vaqti-vaqti bilan suv bosishi natijasida sho’rlangan dengiz yoki daryo qirg’oqlaridagi yerlarda uchraydi. Bunday o’simliklar zararsiz tuzlarni qabul qiladi. Bu ortiqcha tuzlar maxsus ustitsalar orqali tashqariga chiqarilib yuboriladi. Bu guruhga avisenniya turkumining turlari yaxshi misol bo’ladi. Ulardagi hujayralar yuqori osmatik potensialga ega. Bunday holat dengiz suvo’tlari va dengizlarda uchraydigan makrofitlarda ham kuzatiladi.

O’simliklar o’zlarining ayrim qismlari (yaproqlar, novdalar, shoxchalari)ni tashlash yo’li bilan ham tanadagi ortiqcha tuzlarni chiqarib yuboradi. Masalan tuzlarga juda chidamli o’simliklardan ayrimlarida tuzlar ularning barg va poyalarida to’planadi. Eskirgan barglar tushib yangilari chiqadi va ular tanadagi ortiqcha tuzlarni o’zlariga tortadi, keyinchalik ular ham quriydi, boshqalari chiqadi.

Galofit o'simliklarga Plantago maritima, Triglochin maritimum, Aster tripolium kabi turlar, ayrim turkumlarning (Atriplex, Halimione) vakillari ham kiradi. Ularda ham hujayra shiralarida xloridlar to’planib, keyinchalik yaproqlar qurib ti’kiladi, ular o’rniga boshqalari chiqadi. O’simliklar to’kilgan barglari orqali tanada to’plangan xloridlardan tozalanib turadi.

O’simliklarning kalsiyga bo’lgan munosabatlari muhit nordonligiga mutloq qarama-qarshidir. Tuproqning nordonligi va undagi kalsiy miqdori bir-biriga qarshi antagonistik omillar hisoblanadi. Ko’pchilik qurg’oqchilik tumanlarida tuproqdagi namlikning bug’lanish miqdorini atmosferadan tushadigan namlikdan ortiqcha bo’lishi tufayli, tuproqda erigan mineral moddalar uning yuza qismida to’planadi yoki tuproqning pastki qatlamlariga tushadi. Kalsiy birikmalarining shunday jarayonga qatnashishiga k a l s i f i k a t s i y a deb ataladi.

Ayrim ohakli tuproqlarda begona o’tlar sifatida bo’tako’z, ko’ztikon, lolaqizg’aldoq, pikulnik va boshqalar keng tarqalgan. Ovro’paning ohak-qum tuproqli yerlaridagi o’rmonlarda chinniguldoshlar oilasi vakillari, kvarsli tuproqlarda angishvonagullilar vakillari, yuqori tog’li o’tloqzorlarning ohakli tuproqlarida Cares firma, C. sempervirens kabi o’simliklar tarqalgan. Karbonatli tuproqlarda uchraydigan o’simliklar kalsiyfillar guruhiga mansub bo’lib, ularga anemona, qoraqayin, tilog’och va o’t o’simliklar hamda butalar xarakterlidir.

Tuproqning hozirgi kundagi holati haqida ham bir oz to’xtalib o’tadigan bo’lsak, shuni ta’kidlash lozimki, quruqlikning turli nuqtalarida hamda hamdo’stlikka a’zo barcha mamlakatlar hududida ekologik ahvol uncha yaxshi emas. Ayniqsa dehqonchilik bilan shug’illanadigan yerlarda tuproqning ahvoli nochordir. Masalan, Respublikamizning qishloq xo’jaligi sohasida 70 xilga yaqin turli kimyoviy moddalar ishlatilib kelingan. 1889- yilda har gektar yerga solingan kimyoviy dorilar 19,50 kg (ayrim viloyatlarda hattoki 40-45 kg ) ni tashkil etgan. Yiliga har gektar yerga 400-500 kg gacha mineral o’g’itlar solingan. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, fosfor o’g’iti bilan birgalikda tuproqqa uran, ftor, toriy, og’ir metal tuzlari ham o’tgan. Ammo tuproqni bunday kimyoviy moddalardan tozalash texnologiyasi ishlab chiqilmagan. Aksariyat dehqon- fermer xo’jaliklari va shirkat xo’jalik rahbarlari va umuman dehqonlarning haligacha yuqori dehqonchilik madaniyatiga ega emasliklari ahvolni yanada murakkablashtirmoqda.

Zararkunanda hasharotlarga va o’simlik kasalliklariga sepiladigan dorilarning atigi 1 % gina foydali ta’sir ko’rsatadi. Qolgan 99% tuproq, suv, o’simlik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga singib ketadi. Natijada, tuproqdagi ko’plab organizmlar qiriladi, insonlar salomatligiga katta zarar yetadi. Ana shunday vaziyat yuz berganda yana tabiatni, jumladan, tuproqni muhofaza qilish dolzarb muammolar jumlasiga kiradi.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish