2013-yil Obod turmush yili deb nomlanishi yoshlarning jismoniy va
ma’naviy sog`lom o’sishi, oilani muqaddas bilishi, qadrlashi ularning eng
zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg`un rivojlangan insonlar bo’lib
yetishi yo’lida barchamizdan aniq maqsadga yo’naltirilgan sa’y-harakatlarni talab
etadi.
Prezidentimiz I.Karimovning
«
Mamlakatimizni modernizasiya qilish va
kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir» hamda
«Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini
yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruzalarini talabalar tomonidan chuqur
o’rganish, unda ko’rsatib o’tilgan dolzarb masalalarning tub mohiyatini anglash,
O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor
yo’nalishlarini bilish ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Yer kurrasidagi eng qadimiy va obod o’lkalardan biri bo’lib,
ming yillar muqaddam uning o’rnida buyuk davlatlar, gavjum shaharlar,
mustahkam qal’alar, bog`lar, ilm-fan maskanlari bo’lgan.
Bu — bepoyon o’lka. Uning g`arbidan piyoda yo’lga chiqqan kishi, kuniga
30 kilometrdan yo’l bosgannda sharqiy chekkasiga bir yarim oyda yetib kelishi
mumkin. Respublika g`arbiy qismi bilan sharqiy qismi oralig`idagi masofaning
kattaligida vaqt va iqlim taqsimoti ham farqlanadi.
Xullas, o’lkamiz har jihatdan ham kishilarni hayratga soladi, ularni maftun
etadi. Unyng tabiati, boyliklari, ko’rkam vodiylari, kamyob o’simliklariyu
hayvonlari ko’pchilikni qiziqtiradi.
Baland tog`lar, jazirama cho’llar va so’lim bog`lar O’zbekiston — baland
tog`lar va so’lim bog`lar o’lkasidir. Uning sharqiy qismi Tyanshan va Oloy tog`
tizmalari bilan o’ralgan. Bu tog`lar respublika territoriyasida g`arb va janub
tomonga pasaya borib, tekislikka tutashadi.
5
Farg`ona vodiysining atrofida esa Farg`ona, Oloy va Turkiston tizma tog`lari
joylashgan.
Tog` oraliqlaridagi vodiylarning barpo bo’lishi ham qiziq. Ular yer
po’stining cho’kishi va daryolarning yer ustki qatlamini yuvib ketishi natijasida
vujudga kelgan. Chirchiq, Ohangaron, Farg`ona, Zarafshon, Qashqadaryo va
Surxondaryo vodiylarining go’zal jamoli birbiridan qolishmaydi. Ta’riflashda tengi
yo’q shirinshakar mevalarini yegan, orombaxsh bog`lariga kirgan kishi bu
o’lkaning bir umr maftuni bo’lib qoladi. U yerlarda so’lim bog`lar, daraxtzorlar va
o’tloqlar yalyal yonadi.
O’zbekiston hududining katta qismi — g`arbiy va shimolig`arbiy tomoni
tekislikdan iborat. Bular Turon pasttekisligining bir qismi bo’lib, o’tmishda sayoz
dengizdan iborat edi. Mazkur pasttekislikda botiqlar ham mavjud. Ana shular
orasida Mingbuloq botig`i xarakterli bo’lib, u okean sathidan 12 metr pastdadir.
Respublikaning tekislik qismi cho’ldan iborat. Ularning eng yirigi Qizilqumdir.
Uning sharqi va janubida esa Mirzacho’l, Dalvarzin, Qarnob, Qarshi, Farg`ona
vodiysi, Qoraqalpoq va Yozyovon cho’llari joylashgan. O’zbekistonning
shimolig`arbiy chekkasida bepoyon Ustyurt platosi yastangan. Unda atrofdagi
tekisliklardan ko’tarilib turadigan tik jarliklar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |