Yulian sanani hisoblash
Sanani kalkulyatorga ketma – ket sonlar ko’rinishida kiritish mumkin, masalan, avval yil, undan so’ng oy tartib raqami va nihoyat, o’nlik kasr ko’rinishidagi oy sanasi kiritiladi. Shunday qilib, masalan, 1976 yil avgust 22.09 sanani 1976, 8, 22.09 ketma – ketlikdagi sonlar ko’rinishida taqdim etish mumkin.
Lekin sanani yaxlit bir son sifatida kiritgani ma’qul, ya’ni, YYYY, MM DDdd, bu yerda YYYY – yil, MM – oy tartib raqami, DDdd – oy sanasi (o’nlik belgilariga ega butun son). Oy raqami har doim yil raqamidan vergul (nuqta) bilan ajratilgan ikkita raqamli son. Masalan, 1976, avgust 22.09 sanasi kalkulyatorga 1976.082209 ko’rinishda kiritiladi. Shundan so’ng programma YYYY, MM va DDdd larni ajratib mos keluvchi hotiraning registrlariga yozadi. Ya’ni, 1976, avgust 22.09 sana kalkulyatorga yaxlit 1976.082209 son kiritilsa, bitta registrga YYYY = 1976, boshqasiga MM = 08 va uchinchisiga DDdd = 22.09 yoziladi. Keyingida ajratish bajarilgan deb hisoblaymiz.
Agar MM 2 dan kata bo’lsa
y = YYYY va m = MM:
agar MM 1 yoki 2 ga teng bo’lsa,
y = YYYY-1 va m = MM+12 olamiz.
Agar YYYY,MMDDdd 1582.1015 sanadan katta bo’lsa, Ava B ni topamiz
A = INT(y/100),
B = 2 – A + INT(A/4).
Agar YYYY,MMDDdd 1582.1015 dan kichik bo’lsa, A va B larni hisoblash shart emas.
Aniqlanayotgan Yulian data
JD = INT(365.25y)+INT(30.6001(m+1))+DD,dd+1720994.5, dan
va agar sana grigorian taqvimda berilgan bo’lsa, chiqqan natijaga B ni ham qo’shish kerak.
Misol a. 1957, oktyabr 4.81 (birinchi Yerning sun’iy yo’ldoshi uchirilish vaqti) yulian sanasi topilsin.
MM = 10 va 2 dan kata bo’lgani uchun y = 1957 va m = 10. 1957, oktyabr 4.81>1582.1015, ya’ni sana grigorian taqvim bo’yicha olingan. Hisoblaymiz:
A = INT(1957/100) = INT(19.57) = 19,
B = 2 – 19 + 4 = - 13,
JD = INT(365.25*1957) + INT(30.6001*11) + 4.81 + 1720994.5 – 13,
JD = 2436116.31
Misol b. 333 yil, yanvar 27.5 ga to’g’ri keladigan yulian sana hisoblansin:
MM = 1 bo’lgani uchun
y = 333 – 1 = 332 va m = 1 + 12 = 13.
YYYY,MM DDdd = 333.01275 va 1582.1015 dan kichik, sana Yulian taqvimda berilgan, demak, A va B lar hisoblanmaydi.
JD = INT(365.25*332) + INT(30.6001*14) + 27.5 + 1720994.5
JD = 1842713.0
Endi, har bir talabaga o‘zlarining to‘g‘ilgan sanasidan boshlab dars bo‘ladigan kungacha necha kun o‘tganligini topish va tanlab olingan ma’lum uzoq davrli kometalarning aylanish davrlari kunlarda hisoblab topish vazifalari beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Karttunen H. et. al. // Fundamental astronomy, Springer, 2007
Nuritdinov S.N. // Umumiy astronomiya, UzMU, Toshkent 2010.
Laboratoriya ishi 2. Yulduzli osmonining surilma xaritasi.
Birinchi darsda talabalarga laboratoriya ishining maqsadi, kerakli jihozlari, adabiyotlar va ishning nazariy qismi tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |