Umumiy astronomiya



Download 23,71 Mb.
bet87/175
Sana24.01.2022
Hajmi23,71 Mb.
#407632
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   175
Bog'liq
UMK Umumiy astronomiya Fizika

4.22-rasm. Kitt Pik 2.1-m reflektorining kude sistemasi (Chizma Milliy Optik Astronomiya Observatoriyalari, Kitt Pik Milliy observatoriyaniki)

Reflektor ham o‘ziga hos aberratsiyaga ega bo‘lib, u koma deyiladi. U optik o‘qdan uzoqda joylashgan tasvirlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda yorug‘lik nurlari bitta nuqtada kesishmasdan, kometaga o‘xshash figurani shakllantirishadi. Koma sababli parabolik ko‘zguldi klassik reflektor juda ham kichik to‘g‘ri kuzatuv maydoniga ega bo‘ladi. Teleskopning yorug‘lik kuchiga qarab, koma uning foydali maydonini 2-20 yoy minutigacha chegaralashi mumkin. Masalan, 5 metrlik Palomar teleskopining foydali maydoni 4 ni tashkil etadi, bu Oyning taxminan 1/8 qismiga to‘g‘ri keladi. Amalda foydali ko‘rish maydonni turli to‘g‘rilovchi linzalar yordamida kattalashtirish mumkin.

Agar birlamchi ko‘zgu sferik bo‘lsa, unda koma bo‘lmas edi. Shunga qaramay, bu turdagi ko‘zgular sferik aberratsiya nomli o‘ziga hos xatolikga ega: markazdan va chetki qismdan kelayotgan yorug‘lik nurlari turli nuqtalarda yig‘iladi. Sferik aberratsiyani bartaraf etish maqsadida estoniyalik astronom Bernhard Shmidt tushayotgan yorug‘lik nuri yo‘lida xatolikni to‘g‘rilovchi yupqa linzani joylashtirgan. Shmidt kameralari (4.23- va 4.24-rasm) juda keng (tahminan ) hamda deyarli nuqsonlarsiz ko‘rish maydoniga ega, undagi to‘g‘irlovchi linza qalinligi shunaqa yupqaki, unga tushayotgan yorug‘likning juda kichik qismini yutadi. Yulduzlarning tasvirlar o‘ta tiniq va aniq ko‘rinadi.





4.23-rasm. Shmidt kamerasining ishlash prinsipi. Botiq sferik ko‘zguning egriganlik markazidagi to‘g‘irlovchi shisha parallel yorug‘lik nurlarni og‘diradi va sferik ko‘zgudagi sferik aberratsiyani bartaraf etadi. (Rasmda to‘g‘rilovchi ko‘zgu egriligi hamda nurlarning yo‘nalishi o‘ta bo‘rttirib ko‘rsatilgan). To‘g‘irlovchi shisha egrilganlik markazida bo‘lganligi sababli, shakillangan tasvir yorug‘lik nurlarning kiruvchi burchagiga deyarli bog‘liq bo‘lmaydi. Shunday qilib, astigmatizm ham, koma ham bo‘lmaydi va yulduzlarning tasvirlari masofadagi sferik sirtidagi nuqtalardir, bu erda sferik ko‘zguning egrilganlik radiusidir. Fotografik kuzatuvlarda yoki plastinka fokal tekisligining shakliga mos ravishda bukilishi kerak, yoki maydon korreksiyalovchi linza bilan tekislanadi.

Shmidt teleskoplarida diafragma to‘g‘rilovchi linza bilan birgalikda ko‘zguning egrilik radiusi markazida joylashgan bo‘ladi (bu radius ikki barobar fokus masofasiga teng). Chetki qismdagi barcha yorug‘likni yig‘ish uchun asosiy ko‘zgu diametri to‘g‘rilovchi linzanikidan kattaroq bo‘lishi kerak. Masalan, Palomar Shmidt kamerasi diametri 122 sm to‘g‘rilovchi linza, o‘lchami 183 sm bo‘lgan asosiy ko‘zguga ega hamda uning fokus masofasi 300 sm. Dunyodagi eng katta Shmidt teleskopi Germaniyada, Tatenburgda joylashgan bo‘lib, uning o‘lchamlari mos ravishda 134/203/400 sm ga teng.



4.24-rasm. Evropa Janubiy observatoriyasining (ESO) katta Shmidt teleskopi. Ko‘zgusining diametri 1.62 m va erkin aperturaning o‘lchami 1 metrga teng

Shmidt teleskopining kamchili – ma’lum bir sferaning qismi bo‘lgan fokal tekisligining egrilganligida. Teleskop fotografiya uchun ishlatilganda plastinka egrilangan fokal tekisligi bo‘ylab bukilishi kerak. Kuzatuv maydonining egrilganligini korreksiyalashning yana bir imkoniyatlaridan biri bu fokal tekisligiga yaqinida qo‘shimcha korreksiyalovchi obyektivni ishlatishdir. Bunday echim Finlyandiyalik astronom Iryo Vaysala tomonidan 1930 yillarda Shmidtdan mustaqil ravishda taklif qilingan edi. Shmidt kameralari osmonni xaritalashda o‘zlarini juda effektiv bo‘lib chiqishdi. Ular, oldingi qismlarda aytilgandek, Palomar Osmon Atlasini va uning davomi bo‘lmish ESO/SRC Janubiy Osmon Atlasini su’ratga olishda ishlatilgan.

Shmidt kamerasi ham linzalar, ham ko‘zgular ishlatiladigan katadioptrik teleskopning namunasi hisoblanadi. Ko‘plab havaskorlar ishlatadigan Shmidt-Kassergren teleskoplari Shmidt kamerasining takomillashtirilgan variantidir. Ular korreksiyalovchi linzaning markazida o‘rnatilgan ikalamchi ko‘zguga ega; bu ko‘zgu tasvirni birlamchi ko‘zguning markazidagi teshik orqali akslantiradi. Shu sababdan, teleskopning o‘lchamlari kichikligiga qaramasdan uning effektiv fokus masofasi ancha katta bo‘lishi mumkin. Yana boshqa keng tarzda ishlatiladigan katadioptrik teleskoplardan biri bu Maksutov teleskopidir. Maksutov teleskopida korrekterlovchi linzaning ikki tomoni hamda birlamchi ko‘zgu konsentrik sferalardir.

Klassik reflektorlardagi komani bartaraf etishning yana bir usuli murakkabroq yuzaga ega ko‘zgulardan foydalanishdan iborat. Richi-Kreten sistemasi etarli darajada keng kuzatuv maydonni beradigan giperboloid shaklidagi birlamchi va ikalamchi ko‘zgularga ega. Richi-Kreten optikasi yirik teleskoplarning ko‘pchiligida qo‘llaniladi.


Download 23,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish