3.AMALIYoTNI O’TASH TARTIBI
Amaliyot boshlanishidan bir kun oldin kafedra mudiri, amaliyot rahbarlari ishtirokida amaliyotga yuboriluvchi talabalar bilan amaliyot oldi konferentsiyasi o’tkaziladi. Konferentsiyada talabalarni amaliyot o’tish bazalariga borishi va amaliyotni o’tash tartibi, amaliyot natijasi bo’yicha xisobot tayyorlash va uni himoya qilish masalalari kurib chiqiladi.
Talabalar Farg’ona xududiy elektr tarmoqlaridagi shaxar va tumanlaridagi elektr korxonalariga, Farg’ona ko’zgu ishlab chiqarish korxonasi, Farg’ona “Mashьal” iolaviy korxonasiga borishadi.
Korxonaga kelgan talabalarga universitetdan va korxonadan biriktirilgan amaliyot rahbari tomonidan xavfsizlik texnikasi bo’yicha maxsus instruktaj olib borilishi zarur.
Amaliyot o’tish davrida talabalar korxona ichki tartib koidalariga, korxona tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari ko’rsatmalari va topshiriklariga amal qilishlari zarur.
Amaliyot davrida talabalar belgilangan tuman, shahar elektr tarmoqlari korxonalari amalga oshirilayotgan ishlar: Zamonaviy sanoat korxonalarini tuzilishi va ulardagi asosiy ishlab chiqarishning texnologik jarayoni, korxona yoki tsexning elektr ta’minoti sxemasi va unda o’rnatilgan asosiy elektr jihozlar, elektr energiyaning asosiy iste’molchilari, elektr iste’molchilariga talabalar bilan tanishib borishi talab etiladi.
O’quv tanishuv amaliyotini davrida talabalar energetika tizimi bilan tanishadi, montaj ishlari, elektr simlarning materiali turi va ularning solishtirma qarshiligini batafsil o’rganadi va kerakli ma’lumotlarni yig’adi.
Talaba yig’ilgan ma’lumotlar asosida amaliyo hisoboti yozadilar.
Amaliyot davrida talaba bajarilgan ishlar yuzasidan amaliyot bo’yicha hisobotlarini to’ldirib borishi, hisobotni korxona tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari va korxona rahbariga ko’rsatib, uni imzo va muhr bilan tasdiqlashi hamda amaliyot so’ngida amaliyot komissiyasi oldida himoya qilishi lozim.
UNIVERSITET TOMONIDAN TAYINLANGAN AMALIYoT RAHBARINING VAZIFALARI
Amaliyot rahbari vazifasiga quyidagilar kiradi:
talabalarni amaliyot o’tkazish joylariga biriktirishda qatnashish;
talabalarni amaliyotni boshlash oldidan institutda va amaliyot bazasida amaliyot o’tkazish umumiy koidalari, xavfsizlik texnikasi koidalari, yong’inga karshi xavfsizlik koidalari bilan tanishtirish va amalda joriy etilgan tartibda yuriknomadan o’tkazish;
amaliyotga yuborilayotgan talabalarni rasmiylashtirilgan amaliyot kundaligi, uslubiy ko’rsatmalar bilan ta’minlash;
amaliyotni dastur asosida sifatli o’tkazilishiga javob berish;
korxona tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari bilan talabalarning amaliyot o’tkazish joyi va kunlik rejasini kelishish;
amaliyot o’tkazish davrida talabalarga maslahat berish;
amaliyot bo’yicha talabalardan hisobot qabul qilish;
kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari amaliyotchi- talabalar bilan doimiy aloqada bo’lishi, ularning holidan habar olishi, zarur hollarda ularga amaliy yordam ko’rsatishi va shu bilan birga, korxona tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan muzokaralar olib borish;
amaliyotni yanada sifatli o’tkazish bo’yicha takliflar kiritish.
KORXONA TOMONIDAN TAYINLANGAN AMALIYoT RAHBARI VAZIFALARI
Korxona tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari vazifasiga quyidagilar kiradi:
universitet tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari bilan talabalar amaliyot o’tkazish kunlik rejasi va ish joyini kelish;
talabalarni o’z vaqtida mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi nizomlar bilan tanishtirish;
amaliyot o’tkazish davrida me’yoriy ishlab chiqarish sharoitini yaratib berish;
talabalarni har kunlik ishiga rahbarlik qilish;
amaliyot joyi hisoblangan korxonaning faoliyati va uni boshqarish bo’yicha ma’lumotlar berish;
talabalarni jamoat va tarbiyaviy ishlariga katnashishini tashqil qilish;
talabalarga ilmiy izlanish ishlarida yordam berish;
talabalarning amaliyot bo’yicha tuzgan hisobotlarini kuzatib borish;
har bir talaba uchun amaliyot bo’yicha ishlab chiqarish tavsifnomasini yozish;
amaliyotning sifatini yanada yaxshilash bo’yicha takliflar kiritish.
TALABALARNING AMALIYOT DAVRIDAGI VAZIFALARI
Talabalar amaliyotdan oldin va uni o’tash davomida kuyidagilarni bajarishlari zarur:
amaliyot rahbari bilan birgalikda qaysi tashkilotga borishini bilish;
xavfsizlik texnikasi haqida ko’rsatmalar olish;
amaliyot o’tish uchun dastur olish;
amaliyot rejasida ko’rsatilgan topshiriqni to’liq va sifatli bajarish;
korxona ichki qonun va tartib-qoidalariga to’liq rioya qilish;
kafedra va korxona tomonidan tayinlangan rahbarlarning topshiriqlarini to’la bajarishi.
Amaliyotga qatnashmagan yoki amaliyot rejasida ko’rsatilgan topshiriqni to’la bajarmagan talabalar talabalari safidan chetlashtiriladi.
Mehnat qonuni va ichki tartibni buzgan talabalarga korxona rahbari tomonidan jazo chorasi ko’riladi va bu haqida universitet ma’muriyatga xabar beradi.
AMALIYOT BO’YICHA YOZMA XISOBOTNI TAYYORLASH VA UNI
HIMOYA QILISH
Yozma hisobotni kundalik daftariga yozib borilgan ma’lumotlar, adabiyotlar hamda korxona xujjatlaridan foydalangan holda yozishi mumkin.
Hisobot oddiy formatdagi oq qog’ozining bir tomoniga texnikaviy tilda va stilistik jihatdan to’g’ri va chiroyli qilib yozilishi lozim.
Yozma hisobot amaliyot davrida yoziladi, korxona va kafedra tomonidan belgilangan rahbarlar tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Hisobot 3-5 bet qo’lyozma hajmida bo’lishi, xisobot yozishda esa quyidagi ketma-ketlikdagi reja asosida amalga oshirish tavsiya etiladi:
REJA:
Kirish (bugungi kunda xukumatimiz tomonidan sohaga qaratilgan e’tibor, asosiy yangiliklar, qaror, farmon va buyruqlar asosida).
Korxona haqida ma’lumot, korxonada bajarilayotgan ishlar tasnifi, material-texnik bazasi.
Amaliyot o’tash joyi haqida ma’lumot
Zamonaviy texnika va texnologiyani qo’llanishi.
Podstantsiyaning tuzilishi
Xavfsizlik texnikasi tadbirlari.
Xulosalar.
Foydalanilgan adabiyotlar va texnik xujjatlar ro’yxati.
ILOVALAR
1-ilova - talabalarning Malakaviy amaliyotini o’tash grafigi;
2-ilova - amaliyot xisoboti titul varog’i;
3-ilova - bajarilgan ishlarning kalendar rejasi va bajarilishi.
T/R
|
Bajariladigan ish nomi
|
Ajratilgan vaqt, kunlarda
|
1
|
Kaferada bo’lib o’tadigan amaliyot oldi konferentsiyasida qatnashish
|
1
|
2
|
Amaliyot ob’ektiga yetib borish
|
1
|
3
|
Korxonaga kelgan talabalarga kafedradan va korxonadan biriktirilgan amaliyot rahbari tomonidan xavfsizlik texnikasi bo’yicha maxsus texnika xavfsizligida qatnashish
|
1
|
4
|
Energetika ob’ektlari, xududiy elektr tarmoqlari, tuman va shahar elektr tarmoqlari ishlari bilan yakindan tanishish va bevosita katnashish, shuningdek xujjatlar bilan bog’liq jarayonlarni amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishish, kerakli ma’lumotlarni yig’ish
|
12
|
5
|
Bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlarini tugatish va tasdiqlash
|
2
|
6
|
Hisobotni amaliyot komissiyasi oldida himoya qilish va topshirish
|
1
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA - MATEMATIKA FAKULЬTETI
" FIZIKA“ KAFEDRASI
MALAKAVIY AMALIYOTINING
HISOBOTI
Talaba _________________________________________________________
(F.I.SH.)
Guruhi____________ Kursi _____________ Yo’nalishi ______________
Amaliyot boshlangan _________
Tugallangan________________
Amaliyot o’tkazilgan joy
Amaliyot joyi _________________________________________________
Hisobot tekshirilgan:
Tashkilotdan rahbar ____________________________________________
Imzo, lavozimi, F.I.SH.
Kafedra mudiri ____________________________________________
Imzo, lavozimi, F.I.SH.
Hisobot bahosi__________________ Kuni ______________
Hisobot himoyasi bahosi__________ Kuni ______________
Farg’ona – 20__
Do'stlaringiz bilan baham: |