YOSH DO’STLAR!
Fizika fanini siz qanchalik
sevsangiz, bu fan sizga uzoq
vaqtlar samimiy xizmat qiladi.
Fizika kursidan bilimingiz har-xil darajaga ega bo’lgan holda ushbu
uslubiy ko’rsatmani ochmoqdasiz.
Orangizda umumta’lim maktabini, akademik litsey, kasb-hunar
kollejlarini tugatib, universitetga kirganlar ham bor. Tabiiyki, har-biringiz
auditoriyada va uyda faqat o’qituvchi rahbarligida emas, balki fizikadan
o’quv materialini mustaqil o’rganish uchun iloji boricha kam vaqt sarf qilib,
mustahkam bilim olgingiz keladi. Istagingiz amalga oshishi mumkinmi? Ha,
albatta, faqat mustaqil ishlash uquvlarini o’zlashtirish sharti bilan. Bu qanday
uquvlar, shunchalik ular kerakmi va ahamiyatga egamikanq O’qituvchilarin-
giz u yoki bu fanlardan o’zlarida to’plangan bilimlarini sizlarga berib
kelayaptilar. Lekin bu bilimlarni deyarli puxta o’zlashtirish har doim bir hil
darajada bo’lmasligini bilasiz. Ba’zi darslarda bunga oson erishiladi,
boshqalarida esa o’quv materialini o’zlashtirish qiyinroq, butunlay o’zlash-
tirilmaydiganlari ham bo’ladi. Agar siz darslarda diqqat bilan, o’qituvchining
hamma ko’rsatmalariga amal qilib, uy topshiriqlarni o’z vaqtida bajargan
bo’lsangiz ham, baribir fandan bilimingiz sust bo’lishi, o’qituvchi savollariga
aniq javob bera olmasligingiz va fikringizni asosiy maqsadga qarata
olmasligingiz mumkin. Nimaga bunday bo’ladi? Odobli bo’lish va o’qishga
intilishning o’zi, o’qish uchun bo’lsa ham etarli emas ekan. Undan tashqari
uyda va auditoriyada mustaqil ishlashning qator uquvlariga ega bo’lmoq
lozim. Ularning hamma fanlar uchun xos bo’lgan umumuquv (eshita bilish,
darslik bilan ishlash va h.k.) va bitta fan uchun xarakterli bo’lishi mumkin.
Masalan, fizika fani uchun (fizikaviy formulalar, fizikaviy qonunlarni
tushuna bilish va h.k). Ularni o’zlashtira bilish, uyda va auditoriyada o’z
mehnatini ratsional tarzda tashkil qilishga, bilimni unumli va sifatli,
o’zlashtirishga, mustaqil bilim orttirishga yordam beradi.
Qobiliyat, hatto talant ham – bu hammasiga erishmoq, degani emas.
Qo’yilgan maqsadga erishmoq lozim, bunga o’rganish kerak. Aqlni
muntazam ravishda ishlatish, bilim doirangizni kengaytirish, maqsadga
muvofiq hayot kechirish muhim ahamiyatga ega.
Bu yerda ko’p narsa o’zingiz qanchalik tushunishingizga va qanchalik
bajarishingizga
bog’liq:
topshiriqni
o’zingiz
bajardingizmi
yoki
kursdoshingizdan ko’chirib oldingizmi, topshiriqlarni o’zingiz yod
oldingizmi yoki o’rtoqlaringizni aytib turishlariga qarab javob berdingizmi,
laboratoriya tajribalarini o’zingiz o’tkazdingizmi yoki kursdoshingizni
bajarishiga qarab turdingizmi va h.k.
5
Bular arzimagandek ko’rinadi. Lekin ongli mehnatga e’tiborsizlik,
idrokingizni o’g’irlashga olib keluvchi qaramlik shundan boshlanmasmikan
Muntazam ravishda chala ishlash bilimingizda bo’sh joy qolishga,
o’zlashtirmaslikka olib keladi, kamchilikni to’ldirish esa ko’pincha
omadsizlik bilan tugaydi, chunki buning uchun juda katta kuch va iroda talab
qilinadi.
Bilimingiz
chuqur,
mustahkam
va
har
tomonlama
bo’lishi,
muvaffaqiyatli o’qishingiz uchun qanday shart-sharoitlar zarur. eng avvalo
mehnat. O’qish bu universitet auditoriyasida boshlanib uyda yoki
yotoqxonada tugaydigan ishdir. O’qish har qanday mehnat kabi o’quv
materiali hajmi bilan o’lchanadigan, o’z me’yorlariga ega. Auditoriyadagi ish
jamoaviy ishdir, lekin o’quv materialini har-bir kishi o’zining tayyorgarlik
darajasiga va individual xususiyatlariga qarab o’zlashtiradi. Uy sharoitida
o’qish butunlay individual ish hisoblanadi.
Ushbu uslubiy ko’rsatmada yozilgan mustaqil ish uslublarini qo’llab
ishlasangiz, o’quv materiallarini o’zlashtirishingiz samarali bo’ladi. Ishlab
chiqarishda qilingan ishning sifati ish haqi va mukofotlar bilan qadrlanadi.
O’qish sifati ham 100 ballik reyting tizimi asosida baholanadi va talabaning
o’zlashtirishiga qarab ma’lum miqdordagi stipendiya bilan taqdirlanadi.
O’qituvchi baho qo’yishdan oldin daftaringizdagi yozuvlarga qarab sizni
mehnatsevarligingizga,
o’quv
materiallarini
muhokamasida
qatnashishingizga,
savollarga
javob
berishingizga,
savol
tuzishni
bilishingizga, topshiriqlarni bajarishingizga va boshqalarni e’tiborga oladi.
Bilimlarni o’zlashtirish sifati o’xshash sharoitlarda, ayniqsa nostandart
sharoitlarda o’quv masalalarini yechish jarayonida namoyon bo’ladi.
Ikkinchi shart – intizom. Yaxshi intizom bo’lganda butun e’tibor, butun
ong darsning yakuniy maqsadiga – o’quv materialini o’zlashtirishga
qaratilgan bo’ladi. Dars yuqori saviyada yaxshi natijalar bilan o’tadi.
Uydachi Ana shu joyda sizni intizomingiz namoyon bo’ladi. O’quv
mehnatingizni o’zingiz rejalashtirasiz, mustaqil ishlashning samarali
uslublarni qo’llagan holda, topshiriqlarni optimal bajarasiz.
Va nihoyat – tirishqoqlik. Har qanday ishni sifatli va o’z vaqtida bajarish
lozim. Auditoriyada o’qituvchi rahbarligida, uyda esa mustaqil holda hamma
topshiriqlarni tez, to’g’ri va o’z vaqtida bajarishga harakat qiling. Harakat
qilish – o’z burchingizni bajarish degani. Iroda, xarakter va maqsadga
intiluvchanlik shunday qilib inson faoliyatida tarkib topadi.
Agar sizda ko’rsatilgan mehnatsevarlik, intizom va tirishqoqlik kabi
sifatlar xarakteringizni bo’linmaydigan bo’lagiga aylanadigan bo’lsa, bilim
egallash jarayonida bo’sh joylar qolishiga yo’l qo’ymaysiz. Agar har kuni
muntazam mustaqil ish olib boradigan bo’lsangiz o’qishdan orqada
qolmaysiz va o’quv materiallarini sifatli o’zlashtira olasiz. Mustaqil ish
6
uslublarini egallash har holda qisqa vaqt ichida bilimlarni puxta o’zlashtirish
imkonini beradi..
Do'stlaringiz bilan baham: |