oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar
— oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi,
energiya manbalari bilan taʼminlash, fan
va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga
olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar
kiradi. G.m. avvalo jahonda kechayetgan
iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-
texnologik, ijtimoiy-madaniy
jarayonlarning umumbashariy ahamiyat
kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
G.m.larni 4 guruxga ajratish mumkin: 1)
xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga
kelgan G.m. — jahonda rivojlangan,
rivojlanib kelayotgan va qoloq
mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda
jahon siyosiy tartibotini belgilashda
dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning
mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan
qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut
gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan
mamlakatlarda demokratik qadriyatlar
rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda
avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan
ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro
xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi.
Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari
vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro
iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n
G.m. — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib,
unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlar ustunligi qaror topdi.
Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan
mamlakatlar, transnatsional
korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini
boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi
tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda
ham past darajadagi mamlakatlar
mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-
texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga
qaramasdan boy va kambagal
mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib
bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan
mamlakatlar jahon yalpi milliy
mahsulotining 86%ini ishlab chiqargan
boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1%ni
ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar
rivojlangan davlatlardan juda katta
miqdorda qarzga botdi. Natijada ular
siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada,
iqtisodiy jihatdan rivojlangan
mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-
sodiy munosabatlaridagi globalla-
shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud.
Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi,
ishsizlikni, fermerlarning sinishini
kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi
harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning
bir necha shaharlarida norozilik
namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy
jarayonlar jahon miqyosida harakat
qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat
guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy
sohada vujudga kelgan G.m. — jahon
aholisi muttasil koʻpayib borishi
natijasida Osiyo va Afrika
mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv
tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa
mamlakatlarda ham kuzatilayotgani,
jahon aholisining muayyan qismi
ocharchilikni boshdan kechirayotgani,
savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va
umuman fan-texnika inqilobi
samaralaridan bahramand emasligi,
butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi
kasalliklar (mas, OITS) tez
tarqalayotganligi shunday muammolar
sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat
oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi
natijasida vujudga kelgan G.m. — ular
katoriga dengiz va suv havzalarining
bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining
tobora qisqarishi, atmosfera ozon
qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi.
Xatarli kimyoviy moddalarning haddan
tashqari koʻp ishlatilishi natijasida q.x.da
ekin ekiladigan yerlarning katta qismi
yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi.
Sobiq SSSRda q.x. sohasida texnokratik
siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi
suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik
muammolarni keltirib chiqardi. G.m.ga
qarshi kurashda jahon hamjamiyatini
birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.
Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro
anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida
Markaziy Osiyoda G.m.ning kelib chiqish
sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini
koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish
xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni
taʼminlashning muhim sharti ekanligiga
jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar
Karimov I., Oʻzbekistan XXI asr
boʻsagʻasida: xavfsizlikka taxdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari, T., 1997; Shaxnazarov G.,
Kuda idyot chelovechestvo, M., 1985;
Otaboyev Sh., Nabiyev M., Inson va
biosfera, T., 1995; Sanginov S,
Filosofskiy analiz modelirovaniya
globalnix protsessov, T., 1996.
Sayfiddin Joʻrayev.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Soʻnggi tahrir 1 yil avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Global_muammolar&oldid=2066
860
" dan olindi
boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |