UMUM RIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR
Saf mashqlari : “ O’nga” , “ Chapga “, “Orqaga” burulishlar.
Yurish – yugirish, yurish – saflanish va qatorga qayta saflanish.
Turgan joyda yurish.
D.h. Oyoqlar yelka kengligida ochilgan, qo’llar pastga tushurilgan
Oyoqlar uchida turib, qo’llar yuqoriga ko’tariladi.
Mushaklar bo’shashtiriladi va ( d.h ) ga qaytiladi.
D.h. oyoqlar yelka kengligida, qo’llar yelkada
Qo’llarni 4 marta oldinga aylanma harakatlantirish
Shu holatda qo’llarni orqaga 4 marta aylanma harakatlantirish.
D.h oyoqlar yelka kengligida , qo’llar ko’krak oldiga bukilgan.
1-2 deb bukilgan qo’llarni orqa tomonga kerish
3-4 qo’llarni yozib orqa tomonga kerish.
D.h. Tik turish, 1-4 qo’llarni to’g’ri ushlagan holda o’ng timonga aylantirish. 5-8 shu holatda chap tominga aylantirish.
D.h. oyoqlar yelka kengligida, qo’llar yonga uzatilgan , musht holatda.
Shu holatda bilaklarni 4 marta oldinga , 4 marta orqaga aylanma harakatlantirish.
D.h. oyoqlar yelka kengligida, qo’llar belda.
Chap tomonga egilib , o’ng qo’lni yuqoriga ko’tarish.
D.h ga qaytish.
O’ng tomonga egilib , chap qo’lni yuqoriga ko’tarish.
D.h. oyoqlar yelka kengligida, qo’llar belda. 1-bosh oldinga egiladi, 2-orqaga, 3- chap yonga, 4-o’ng yonga va d.h.ga qaytish
D.h. chap qo’l yuqorida, o’ng qo’l pastda. 1-2 qo’llar orqaga qarab harakatlanadi. 3-4 qo’l harakati almashib harakatlanadi.
D.h. qo’llar belda, oyoqlar yelka kengligida. 1-chapga egilish, 2- d.h, 3- o’nga egiladi, 4- d.h
D.h.Oyoqlar yelka kengligida, qo’llar belda. 1- oldinga egilib, qo’llar oyoq uchiga tekiiziladi, 2-d.h, 3- orqaga egilish, 4-d.h
D.h. Qo’llar yonga uzatilgan , musht holatda. Oyoqlar yelka kengligida ochilgan. 1-beldan yuqorisi chapga buruladi, 2-d.h, 3- o’nga buruladi, 4- d.h.
D.h. Oyoqlar juftlashadi, qo’llar belda. 1-qo’llar oldinga uzatilib o’tiriladi. 2- d.h
D.h. qo’llar belda, oyoq uchida joyda sakrash.
D.h. Qo’llar oldinga , oyoqlar yelka kengligida. Qo’llarni qaychisimon harakatlantiramiz 1-2-3-4.
D.h.Qo’llar belda , 1-2- chap oyoqda turgan holatda sakraladi. 3-4 oyoqlar almashinib sakraladi.
D.h. Oyoqlar yelka kengligida , qo’llar belda. 1-egilib o’ng qo’lni chap oyoq uchiga tekizish, 2- d.h. 3-chap qo’lni o’ng oyoq uchiga tekizish. 4- d.h ga qaytish.
D.h. Oyoqlar yelka kengligida , qo’llar belda. 1- o’ng oyoqni oldinga qadam tashlab , qo’llarni orqaga uzatish.2- d.h.
Chap oyoqni oldinga qadam tashlab, qo’llarni orqaga uzatish va d.h ga qaytish.
D.h. oyoqlar yelka kengligida, qo’llar belda. Belni 4 marta o’ng tomonga aylantiramiz.
Belni chap tomonga aylantiramiz.
D.h. oyoqlar yelka kengligidan kengroq. Qo’llar yonda. 1-2 o’ng oyoqqa o’tiramiz. 3-4 chap oyoqqa o’tiramiz.
Oyoqlar yelka kengligida tizzadan bukilgan holatda, qo’llar tizzada. 1-4 oyoqni o’ng tomonga aylantiramiz. 1-4 shu holatda chap tomonga aylantiramiz.
D.h. Oyoqlar yelka kengligida , qo’llar belda. Sakragan holatda qo’llar yuqoriga ko’tarilib , qarsak chalib juftlanadi.
D.h. qo’llar belda, oyoqlar yelka kengligida. O’ng oyoq yerdan bir qarich balandda.
1-4 chap oyoqda sakrash, 5-8 oyoqlar almashib , o’ng oyoqda sakrash va d.h. ga qaytish
D.h. qo’llar belda , o’ng oyoq yon tomonda oyoq uchi holatida. 1-4 oyoq uchini o’ng tomonga aylanma harakatlantirish. 5-8 oyoq holatini almashtirib , chap oyoq uchini aylantirish.
D.h. Oyoqlar yelka kengligida, qo’llar yonga tushurilgan. Chuqur nafas olib qo’llar yuqoriga ko’yariladi. Nafas chiqarib qo’llar pastga tushuriladi , gavda oldinga egilgan holatda.
Do'stlaringiz bilan baham: |