Umum ped na amal-O`um 13-14


SHAXS RIVOJLANISHI VA UNGA TA`SIR QILUVSHI OMILLAR



Download 8,91 Mb.
bet347/703
Sana31.12.2021
Hajmi8,91 Mb.
#233727
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   703
Bog'liq
Durdona Umum ped-O`UM InYAZ 18-19 2-kurs

SHAXS RIVOJLANISHI VA UNGA TA`SIR QILUVSHI OMILLAR

Reja

  1. Shaxs va uning rivojlanishi haqida tushuncha.

  2. Shaxs rivojlanishiga irsiyatning ta’siri.

  3. Bolaning kamolga yetishida muhit va ta’lim-tarbiyaning ta’siri.

  4. Bolaning yosh davrlari xususiyatlari ta’siri.


Tayanch iboralar: Shaxs va uning rivojlanishi haqida tushuncha. Shaxs rivojlanishida biologik omilning roli. Ta’lim-tarbiyaning rivojlanishdagi ahamiyati. Faoliyatning shaxs rivojlanishdagi roli. Rivojlanishda muhitning ta’siri. Bola yoshini davrlashtirish

Mashg’ulotning borishi:

1. Shaxs tushunchasi haqida gapiriladi. Shaxs nomini olish uchun nimalar zarur ekan degan masalaga tuxtab o’tiladi. So’ng esa insonning butun umri davomida o’sib, o’zgarib va rivojlanib borishi, rivojlanish bu shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma’naviy kamol topish jarayoni ekanligi gapiriladi. Bunda pedagogika qo’llanmalari bilan birga psixologiya darsliklaridan ham foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

2. Shaxsning kamotga yetishishi murakkab va ziddiyatli jarayon yekanligi va bunda qator omillar: nasl-irsiyat(biologik), ijtimoiy muhit, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya, bolaning mustaqil faoliyati ta’sir ko’rsatishiga to’xtalib o’tiladi. Shulardan birinchisi inson kamolotiga irsiyatning ta’siri tahlil etiladi. Irsiyatga ta’rif beriladi. Bola rivojlanishi va kamol topishiga irsiyatning ta’siri haqidagi turli oqimlar (preforizm, bixeviorizm, progmatizm, biogenetik) qarashlari qisqacha tahlil etiladi. (Pedagogika. A. Munavvarov 26-28 betlar).

Odam shaxsining va xulkining rivojlinishida biologik omillarning ta’sirini yuksak baxolovchi, shaxsni naslga bog`lab o`rganuvchi okimlardan biri bixeviorizm bo`lib, XX asrning boshlarida psixologiya fanidan ajralib chiqdi va keng tarqaldi. Bu oqimga amerikalik pedagog va ruxshunos E. TORNDAYK asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, shu jumladan ongi va aqliy qobiliyati ham nasldan-naslga o`tadi, go`yo odamning ko`zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgandir.

Amerikalik progmatizm (progma-foyda) pedagogikasining otaxoni Djon Dyun (uning nazariyasini xozirgi kunda ham davom ettirayotgan A. Kombas va boshqalar) shaxsning rivojlanishini biologik nuqtai-nazardan asosladilar. «Haqiqiy tarbiya tashqaridan kiritilgan narsa emas, u odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatni o`stiradi»-deydi D.Dyun.

Biogenetiklar (Boldiun, CHemberlen, Stenli Xoll va boshqalar) XX asr boshlarida bolaning ruhiy jihatdan o`sishini zoologlar F. Myuller va E. Gekkellar tomonidan kashf qilingan biogenetik qonun asosida boradi, degan fikrni olg`a surdilar.

Irsiyat bor va biologik omillarni inkor etolmaymiz. Lekin irsiyatni mutlaqo o`zgarmas, deb ham tushunmaslik kerak. Antropologiya fani yutuqlariga asoslanadigan bo`lsak, tarixiy- ijtimoiy taraqqiyot natijasida odamning anotomik-fiziologik belgilari ( odamning kalla suyagi, qo`li, oyoqlari, aqliy qobiliyatlari ham) o`zgarishi mumkin. Bu o`zgarishlar avloddan-avlodga o`tadi va tobora mustahkamlanib boradi.

Inson bolasi, agar jitimoiy-insoniy muhitga emas, boshqa muhitga, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko`rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, hatti-harakat bo`lmaydi.

3/ Bolaning kamolga yetishida muhit (tabiiy geografik) muhit, ijtimoiy, oila muhiti va boshqalar) ning ta’siri ko’rib chiqiladi. Inson bolasi ijtimoiy-insoniy muhitga emas, boshqa, masalan, hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilar saqlanishi, lekin insoniy fikr , faoliyat, hatti-harakat bo’lmasligi misollar bilan ko’rsatib beriladi. Ta’lim va tarbiyaning inson kamolotidagi muhim o’rni tahlil etiladi. Uning inson kamolotida yetakchilik o’rni ochib beriladi. Insonning kamol topishida shaxsiy faoliyatning ham muhim ahamiyatga ega ekanligi gapirib o’tiladi.

Bolani to’g’ri tarbiyalash, samarali o’qitish uchun bola rivojlanishiga doir o’zgarishlarni,yosh davrlariga xos xususiyatlarini bilish va hisobga olish lozim, shunday ekan xar bir o’qituvchi davrlari xususiyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lishi lozim. Fanlar tavsiyasigu ko’ra yosh davrlarini guruhlashtirilishi: 1.Go’daklik davri-1yoshgacha, 2.Yasli davri-1-3 yosh, 3.Maktabgacha tarbiya yoshi- 3-yoshdan-6-7 yoshgacha, 4. Maktab yoshidagi kichik o’quvchilar-6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha, 5. O’smirlik -16 yosh. 6.O’spirinlar 16-18 yosh, bu davrlarning xususiyatlari haqida Pedagogika (A. Munavvarov qo’llanmasi 33-39 betlaridan foydalanib, fikrlar bildiriladi.




Download 8,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   703




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish