Mаvzu yuzаsidаn sаvоllаr:
Shахs vа individ bir-biridаn nimаlаr bilаn fаrq qilаdi?
Rivоjlаnish dеgаndа nimаni tushunаsiz?
Shахs rivоjlаnishidа biоlоgik оmilning o’rnini qаndаy tushunаsiz?
Shахs shаkllаnishidа ijtimоiy muhitning аhаmiyatini ko’rsаtuvchi misоllаr kеltirа оlаsizmi?
Shахs rivоjlаnishidа tа’lim vа tаbiya qаndаy o’rin tutаdi?
Shахsning rivоjlаnishi uning fаоlligi bilаn bоg’liqmi?
O’quvchilarning yosh xususiyatlarini tavsiflang.
4-mavzu:
YAXLIT PEDAGOGIK JARAYON
Reja:
Pedagogik jarayon mohiyati va tuzilmasi
Pedagogik jarayon tamoyillari
Pedagogik jarayonda tarbiyaning maqsadi va vazifalari
Tarbiyaning mazmuni
Tayanch so`z va iboralar:
Pedagogik jarayon, pedagogik jarayon tamoyillari, mazmun, o’qish, o’qitish, tarbiyalash, pedagogik jarayonda ta’lim, pedagogik jarayonda tarbiya, tarbiyaning mazmuni
Pedagogik jarayon mohiyati va tuzilmasi. Pedagogik jarayon o’qituvchi va ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini amaliyotda qo’llash faoliyatini o’z ichiga qamrab oladi. Ta’lim jarayonida mazmun, o’qish, o’qitish, tarbiyalash asosiy bog’lovchi komponentdir.
O’qish tizimli va asoslangan o’quv faoliyati bo’lib, ta’lim oluvchi tomonidan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishda o’quv jarayoni o’ziga xos o’rin tutadi.
Anglash murakkab, rivojlanuvchi jarayondir. Xis-tuyg’u va bilimlarni qabul qilish jarayonida ta’lim oluvchi ob’ektiv xaqiqatni anglaydi, u yoki bu predmet yoki jarayon to’g’risida taassurotga ega bo’ladi.
Samarali o’qitishning muhim shartlari quyidagilardir: ta’lim oluvchining qiziqishi faoliyatining faolligi, o’qituvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi samimiy munosabat. Bu esa o’z navbatida o’quvchining o’qishga bo’lgan munosabati, uning samarali o’zlashtirishi, blim va malakasining oshirishi, o’quv materali bilan samarali ishlashi irodaviy sifatlarining rivojlanishi va olgan bilimlaridan estetik qoniqish hosil qilishini taminlaydi.
Ta’lim oluvchining xarakteri va faolligi rivojlanishi darajalari turlichadir. Agarda ta’lim oluvchilar faoliyati passiv bo’lsa, o’qitish jarayonini amalga oshirib bo’lmaydi.
Ta’lim oluvchining bilimlarni qabul qilish faolligi uning shaxs sifatida shakllantirishiga ham ta’sir ko’rsatadi. O’quvchida o’z-o’ziga munosabati mehnatiga, boshqa shaxslarga, jamiyatga, ishlab chiqarishga, atrof muxitga ham shakllantirib boradi.
O’qituvchi va ta’lim olituvchi orasidagi o’zaro birlik va aloqadorlik haqida gapirilganda boshqaruvchi va o’rgatuvchi shaxs bu o’qituvchi ekanligini unutmaslik kerak. Faqat o’qituvchigina ta’lim oluvchiga bilim bera olishi, uni shaxs sifatida shakllantira va u ta’sir ko’rsata olishi mumkin.
Lekin, o’qituvchi qanchalik chuqur bilim bermasin, agar o’quvchi passiv, loqayd, beparvo bo’lsa unda qiziqish, intilish uyg’onmaydi, o’qituvchi va ta’lim oluvchi orasidagi munosabat sovuqligicha qolib, bilim berish jarayoni samarasiz bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |