3. «Hayratul abror» asarlarida ta’limiy-tarbiyaviy qarashlar. "Hayratul abror"dagi masalalarni 3 turkumga ajratish mumkin:
Falsafiy masalalar.
Ijtimoiy - siyosiy masalalar.
Axloqiy - ta’limiy masalalar.
Asarning 5- maqoloti insoniy fazilatlardan biri - saxiylikka bag`ishlanadi. 6 - bob tarbiyaga bag`ishlanadi. Bolaga dastlab yaxshi ot qo`yish, so`ngra yaxshi muallimga berish, yaxshi tarbiya berishni maslahat beradi. Bolalarni esa ota - onani hurmat etishga chaqiradi:
Boshni fido ayla ato qoshiga,
Jismni qil sadaqa ano boshiga.
Ikki jahoningga tilarsen fazo,
hosil et ushbu ikkisidan rizo.
Тun-kuningga aylagali nur fosh,
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
Do'stlaringiz bilan baham: |