Pedagogik odob haqida tushuncha. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, dastlabki kunlardan boshlab ta’limni bosqichma - bosqich isloh qilishga kirishildi, hamdo’stlik mamlakatlari ichida birinchilardan bo’lib "Ta’lim to’g’risida"gi qonun qabul qilindi. Ta’lim O’zbekiston Respublikasida jamiyatni ijtimoiy - iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi davlat siyosatini, umuminsoniy qadriyatlarni, xalqning tarixiy tajribasini, madaniyat va fan bobidagi ko’p asrlik an’analarini, jamiyatning istiqbolidagi rivojini hisobga olgan holda amalga oshirmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Ma’naviya va ma’rifat" jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’rsidagi farmoni, 1997 yildan boshlab 1 oktyabr "O’qituvchilar va murabbiylar kuni" deb e’lon qilinishi hukumatimizning o’qituvchilarga bo’lgan yana bir bor g’amxo’rliklaridan dalolat beradi. YOsh avlodni buyuk an’analarimizga yuksak ma’naviy qadriyatlarimizga sodiq va porloq kelajak egalari ekanligiga qat’iy ishonch ruhida tarbiyalash bevosita o’qituvchining zimmasiga yuklanadi. Bu esa avvalo, o’qituvchining uzi ma’naviy barkamol, bilimli, odobli bo’lishini talab etadi.
O’qituvchi odobining xususiy qonuniyatlari:
o’qituvchilik kasbini, bolalarni sevishi;
o’qituvchi o’zi dars beradigan fanni, uni o’qitish nazariyasining va uslubini, pedagogika, psixologiya va mafkuraga doir chuqur bilimga, yuksak ma’naviy madaniyatga ega bo’lishi;
jamiyat oldidagi burchni pedagogik ma’suliyatini to’g’ri, yuksak darajada anglash, axloqiy e’tiqodli bo’lish;
o’zi bajarayotgan ishining haqligiga va o’z kuchiga, o’quvchilarning har biri ulg’ayib jamiyat uchun foydali, yaxshi odam bo’lishiga ishonishi;
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, Respublika Prezidentining asarlari, ma’ruza va nutqlarini;
milliy axloqiy qadriyatlar, an’analar, urf-odatlarni;
o’zbek xalq pedagogikasiga oid asarlarni, odobnoma va ularga doir ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni muntazam o’rganib borishi.
O’qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bo’lgan ahloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliy — ahloqiy fazilatlar barchasi kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, o’qituvchi - tarbiyachilar uchun ham juda zarurdir.
Ahloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining hulqi, fe’l atvorini tartibga solib turuvchi ahloqiy qoidalar, normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi. Ahloq normalari davlatning turli qonunlari bilan amalga oshiriladigan huquq normalaridan farq qilib, ommaviy odat va namuna kuchi, jamoatchilikning fikri ta’sirida yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs oldiga ma’lum ahloqiy talablar qo’yadi, bu talablar ahloq normasi, ahloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi. Jamiyat o’z faoliyati va istiqboli uchun xizmat qiladigan ahloq normalari, talablari, mezonlarini belgilaydi.
O’qituvchi umuminsoniy va milliy — ahloqiy fazilatlarni o’zlashtirib olishi, tajribada qo’llashi, o’zining dunyoqarashi, mafkurasi va ahloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash va his etishi, turmushda sinab ko’rish natijasida umuminsoniy va milliy — ahloqiy sifatlar, qoidalar, normalar o’qituvchining o’z ahloqiy fazilatiga, e’tiqodiga aylanadi. Bular muallimning dunyoqarashi, fikr va mulohazalari bilan qo’shilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish sharoitida uning o’rni va rolini belgilaydi.
O’qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, ahloqiy fazilati va e’tiqodiga aylanishi lozim. Ahloqiy e’tiqod va sifatlar o’qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarida, o’qituvchilar, ota - onalar va boshqa kishilar bilan muomala, munosabatlarida kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi bilan ahloqiy ta’sir o’tkazishida ko’zga tashlanadi. Pedagogik takt o’qituvchi ahloqining amaliy ko’rinishlaridan biridir. Muallim hulqining natijalari uning yoshlarga ahloqiy ta’sirining samaradorligida, ahloqiy tarbiya sohasida erishgan yutuqlarda namoyon bo’ladi.
O’qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy -ahloqiy fazilatlar tushunchalariga mos keladi va ularni pedagogik faoliyati bilan bog’liq tarzda bir qadar oydinlashtiradi, aniqlaydi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g’ypyp, baynalmilalchilik, adolat, yaxshilik qilish, burch, qadr - qimmat, mas’uliyat, vijdon, halollik, rostgo’ylik, poklik, talabchanlik kabi ahloqiy fazilatlar o’qituvchi odobida pedagoglik faoliyati bilan bog’liq ravishda tahlil qilinadi. Bolalarga yaxshilik qilish, o’qituvchilik burchi, o’qituvchilik sha’ni, kabilar o’qituvchi ahloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularni chuqur va puxta o’zlashtirish bo’lajak o’qituvchi uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |