4. Beruniyning didaktik qarashlari. Beruniy ilmlar insonning ehtiyojidan paydo bo`lganini aytib, ularni quyidagicha ta’riflagan: «Musiqa—insonga kuchli ta’sir etib, yoqimli kayfiyat bag`ishlaydi: til — nutqning tarozisi va muomala qurolidir: geodeziya—harakatsiz yulduz va kuyosh orqali shaharlarning joylashishini mukammal o`rgatadi; geologiya, geografiya va gidrologiya—yer haqidagi fanlardir; geometriya—jismlarning shakllarini falakiyot—koinot sirlarini, mineralogiya—javohir va la’llapni o`rgatadi; dorishunoslik—tibbiyot ilmlaridan xabardor qiladi. Beruniy fanlarni ta’riflash bilan birga ularni o`qitishning quyidagi muammolarini bayon etganligiga to`xtalib o`tishadi. “Pedagogika tarixi” «Pedagogika tarixi» Т., 1996 yil. (K. Hoshimov va boshqalar)o`quv qo`llanmasi 81-88- betlaridan, «Pedagogika tarixi» Т., 2004 yil. oliy o`quv yurtlari uchun darslikning (O. Hasanboyeva, J. Hasanboyev, H. Hamidov) 48-55 betlaridan foydaliniladi .
Тa’limda o`quvchini zeriktirmaslik uchun o`rganiladigan fanlarni almashtirib turish kerak. O`quvchi fandan-fanga o`tib tursa, turli bog`larda yurganga o`xshaydi. Birini ko`rib ulgurmay, boshqasi boshlanadi va u «Har bir narsada o`ziga yarasha lazzat bor» deyilganidek, ularga qiziqadi va o`qishni istaydi. Bir xil narsaning bayoni bolani charchatadi va xotirasida hech nimani saqlay olmaydi. Beruniy ilmni quyidagi uch yo`l bilan hosil bo`lishini alohida o`qtirgan:
1. Har bir ilm va san’atning borib taqaladigan boshlanish joyi bor. Shuni to`g`ri boshlash zarur.
2. Ilm boshlanish joyiga yaqinlashgan sari to o`ziga borib yetguncha soddalashtirib borish.
3. Ilm o`rganish vaqt va sabrni talab etadi. Shoshilish kerak emas.
Beruniy ilm ahlini hurmat qilinsagina, ilmlar yanada rivojlanib ketishini qayta -qayta o`qtirgan edi. O`zi esa juda ko`p olim va podshohlarga saboq ham bergan. Beruniyning tolmas zakovatidan Sulton Mas’ud ham bahra olgan, ya’ni undan falakiyotshunoslik ilmlni o`rgangan, Beruniy tahlilidagi darsliklar g`oyat tushunarli, sodda bo`lib, ilmga cheksiz muhabbat uyg`otganligi haqidagi fikrlarini ham bayon etishadi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Sharq «Uyg’onish davri» ta’lim-tarbiyaga qanday ta’sir ko`rsatdi?
Beruniying pedagogik g’oyalarini hozirgi davr yoshlarining ta’lim-zbiyasiga uzviy bog’liqligini taqqoslang.
Ibn Sino pedagogik qarashlarini mohiyatini izohlang.
Ibn Sino pedagogik g’oyalarini hozirgi davr pelagogikasiga uzviy bog’liqligini taqqoslang.
Do'stlaringiz bilan baham: |