O’zbekiston Respublikasining hunar-texnika bilim yurtlarida, o’rta maxsus
va oliy o’quv yurtlarida, ular qaysi mahkama ixtiyorida bo’lishidan qat’i nazar,
respublika davlat tilida, shuningdek, rus tilida, sharoitlar mavjud bo’lgan joylarda
boshqa tillarda ham mutaxassislar tayyorlash ta’minlanadi.
15-modda.
O’zbekiston Respublikasi darslar rus tilida o’tilmaydigan umumiy ta’lim
maktablarida, hunar-texnika bilim yurtlarida, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida rus
tilini o’quv planining asosiy fanlaridan biri sifatida o’rganishni ta’minlaydi. Bu fandan
bitiruv imtihoni topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |