O’zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida, halq deputatlari
shahar, qishloq va qo’rg’on Sovetlari ijroiya komitetlarida notarial ishlar
respublika davlat tilida yuritiladi. Murojaat etuvchi kishi talabiga ko’ra,
rasmiylashtirilayotgan hujjatlar matni davlat notarius tomonidan yoki notarial
ishni bajarayotgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan rus tiliga yoki imkoniyat
doirasida unga maqbul tilga tarjima qilib beriladi.
O’zbekiston Respublikasida grajdanlik holatini qayd etuvchi hujjatlar
hamda turli shahodatnomalar respublika davlat tilida yoziladi, millatlararo
muomala tilida tarjimasi takrorlanadi.
O’zbekiston Respublikasida yashovchi grajdanlarga o’qishda tilni erkin
tanlash huquqi beriladi.
O’zbekiston Respublikasida, mavjudlari bilan bir qatorda, o’zbek tilida, milliy
guruhlar zich yashaydigan joylarda esa ularning tilida maktabgacha yoshdagi bolalar
muassasalarini ochish ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |