Umid nixollari


Ish qobiliyatini tiklash va kuchaytirish



Download 165,73 Kb.
bet9/10
Sana22.07.2022
Hajmi165,73 Kb.
#838764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
VOLEYBOL UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA “UMID NIXOLLARI” SPORT O\'YINLARI TASHKEL ETISH VA O\'TQAZISH

2.3. Ish qobiliyatini tiklash va kuchaytirish
Sport trenirovkasi jarayonida uzluksiz qo'llaniladigan mashg'u-lotlar natijasida shug'ullanuvchilar organizmining ish qobiliyatini goh susayishi, goh kuchayishi tabiiy hodisadir. Lekin, nagruzkadan so'ng vujudga keladigan charchoq asoratlarini bartaraf etish, organizmning funksional faoliyatini muntazam tiklab borish hamda ish qobiliyatini to'lqinsimon tarzda kuchaytira borish zaruriyati tiklovchi vositalardan o'z vaqtida maqsadga muvofiq foydalanib turishni taqozo etadi.
Ish qobiliyatini tiklashga qaratilgan vositalar bir necha turlarga bo'linadi. Bular pedagogik, tibbiy-biologik (farmakologik) va psixologik yo'nalishda qo'llaniladigan vositalar.
Pedagogik vositalar kichik hajmda, katta amplituda va sekin shiddatda bajariladigan jismoniy mashqlarni o'z ichiga oladi. Bu jismoniy mashqlar tana mushaklarini maksimal taranglashtirish va maksimal bo'shashtirish asosida ijro etiladi. Ushbu mashqlar tana qismlari va bo'g'imlarini «burish», «bukish», «yozish», «siqish», «ishqalash», «uqalash», «silash» kabi jismoniy «muolajalar» bilan ifodalanishi mumkin.
Bunday mashqlarni ma'lum pedagogik tartibda hajmi va shiddati jihatdan munosib me'yorda suv, havo, sauna muolajalari bilan qo'shib qo'llanishi yaxshi natija beradi.
Bundan tashqari xolisona, sekin tarzda o'rmon, tog' yon bag'irlari, daryo qirg'oqlari sharoitida yurish, chopish, velosiped haydash, eshkak eshish kabi muolajalar o'ta samarali vositalar bo'lib hisoblanadi.
Tibbiy-biologik (farmakologik) vositalardan foydalanish shug'ullanuvchi organlari - nerv, yurak-qon tomir, oshqozon, nafas olish sistemalari, hujayra, to'qima va mushaklarni oziqlantiruvchi, ularga quwat beruvchi va tiklovchi turli vitaminlarga boy sharbatlar, ho'l va quruq mevalar, sabzavot, ko'kat hamda boshqa shunga o'xshash oziqlarni iste'mol qilish bilan ifodalanadi. Bunday muolajalarni yil davomida, ayniqsa yirik musobaqalar oldidan o'tkaziladigan o'quv-trenirovka yig'inlarida va musobaqa davridan so'ng (o'tish davrida) amalga joriy etish o'ta muhim shartlardan biridir.
Ayrim hollarda, ya'ni organizmni to'liq reabilitatsiya qilish zaruriyati tug'ilganda davolash va sog'lomlashtirish jismoniy tarbiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Psixologik vositalar yordamida shug'ullanuvchilarning nafaqat ish qobiliyati tiklanadi, ruhiyati va irodasi mustahkamlanadi, balki sportchining butun vujudi muayyan musobaqalarga safarbar etiladi, salbiy holatlar (apatiya, lixoradka, ortiqcha hayajonlanish, qo'rqish, hadiksirash, xayolparishonlik va hokazo) bartaraf etiladi.

XULOSA
Voleybol, gimnastika va boshqa sport turlarida bir necha tur faoliyati bо‘lganligi sababli ularni choraklarga aniq tarqatish zarur.
1-chorakda yengil atletika tezkorlik, koordinatsiya qiyinchiligi kam bо‘lgan turlar (60 m yugurish, mokisimon yugurish, uzunlikka sakrash), IV-chorakda esa (bolalar gimnastikasi, sport о‘yinlari, kurash bilan shug‘ullanib kelganlaridan keyin, harakat koordinatsiyasi oshadi, kuchli va chidalilik bо‘lishadi) balandlikka sakrash, tо‘pni uloqtirish, 1600 m yugurish mashqlari beriladi, bular yoki daqiqalarda beriladi.
II-chorakda gimnastikadan, akrobatika, kanatga chirmashib chiqish, tayanib sakrash, osilish va tayanish mashqlarini rejalashtirish kerak (ular daqiqalarda beriladi).
Saf mashqlarini qaysi turdagi dars bо‘lishidan qatoiy nazar har tо‘rt chorakda taqsimlanadi.
Sport о‘yinlari IV-chorakga taqsimlagani sababli, ularni texnik murakkabligi bо‘yicha, I-chorakda-tо‘pni olib borish, uzatish va ilib olish, II-chorakda olib yurish, tо‘pni savatga tashlash, III-chorakda-tо‘pni uzatish, olib yurish, bir-biriga tashlashlar, oddiy qoida bо‘yicha ikki tomonlama о‘yinlar, IV-chorakda esa shuni о‘zi, lekin tartibga tushirilgan о‘yin qoidasi bilan о‘ynash rejalashtiriladi.
Xuddi shu uzluksizlik tamoyiliga о‘xshab I-III-IV-choraklar bо‘yicha futbol materiallari 4 soatdan taqsimlanadi.
Shu bilan birga sport turlari bо‘yicha takrorlash sonini kо‘paytirish uchun (soati kam bо‘lgan turlarda) boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini diqqatini sо‘ndirmaslik uchun) darslar tо‘liq va kompleks darslarga bо‘linadi.
Masalan, 1-chorakda yengil atletika 8 soatga rejalashtirilgan bо‘lsa, 4 soat tо‘liq dars, 4-soati sport о‘yinlari va 2 soati futbol bilan birlashib kompleks dars tuziladi.
Futbol bilan darsda kо‘pchilikni jalb qilish mumkin bо‘lgani uchun faqat tо‘liq darslar ham о‘tish mumkin. Lekin yengil atletikani 8 soatida harakat kо‘nikmalarini egallash qiyin bо‘lgani uchun, u tо‘liq 8 ta kompleks dars qilib о‘tkazish mumkin.
Xuddi shu tamoyil bо‘yicha boshqa choraklarda ham darslarni tо‘liq va kompleks qilib о‘tkazish mumkin. Masalan, 3-chorakda 8 soat gimnastika, 6 soat basketbol, 4 soat futbol, 2 soat harakatli о‘yinlar berilgan (grafikaga qarang).
Rejalashtirishni quyidagicha qilish mumkin: 16 soat gimnastikadan kompleks dars, basketboldan 2 ta tо‘liq, 4 ta kompleks dars, 4 futbolni 8 ta kompleks va 2 soat harakatli о‘yinlarni 4 soatli kompleks dars qilganda (gimnastika – 16, basketbol 4q8 soatq4 harakatli о‘yinq16)q18 soat dars bо‘ladi.
Qolgan choraklarda ham xuddi shu tamoyilga qarab soatlar tо‘liq va kompleks darslarga bо‘lib о‘rgatiladi.
Har darslik ish rejasini tuzish uslubiyati
Yillik grafik asosida har bir chorak uchun har darslik ish rejasi tuziladi (2-jadvalga qarang).
Dastur bо‘limlarining vazifalari grafasida bir chorak uchun taolim berish ma’lum harakatlarni takomillashtirish vazifalari qо‘yiladi. Keyin grafikka binoan har bir dars aniq qilib shu mashqni bajarish uchun vositalar tanlanadi. Masalan, 1 dan 6 darsgacha futbol rejalashtirilgan bо‘lsa, har bir dars ish rejasiga vosiatalar tanlab yoо‘iladi.
Xuddi shunga о‘xshab mokisimon yugurish, 60 m ga yugurish, 1 darsdan boshlab 16 darsda uzunlikka sakrash 15 marta, shundan 6 dars 60 m ga yugurish bilan 6 dars mokisimon 4x10 m ga yugurish bilan va 8 ta basketbol bilan qо‘shilib keladi. Shu sababli 12 ta darsda ketma-ket hamma taolim tayyorgarlik va maxsus mashqlar yoziladi. Bu esa darslarni yakunida о‘quvchini meoyorlar topshiriga va shu mashq texnikasini о‘rganishga olib keladi.
Shunday qilib har darslik ish rejasini о‘qituvchi ketma-ket kerakli vositalarni tanlash bilan bajaradi. Tuzilgan ish rejasida shu dars uchun tо‘liq о‘quv material kiritiladi. Masalan, 2 darsda 60 m ga yugurish, uzunlikka sakrash va futbol elementlari kiritilgan bо‘lsa, hammasiga vosita tanlangan bо‘lishi kerak.


Download 165,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish