Umbatov dovudjon ibrohimjanovichning


 Umumrivojlantiruvchi mashqlarning organizmni o‘sishi va



Download 349,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/25
Sana02.01.2022
Hajmi349,91 Kb.
#309057
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
gimnastika sport anjomlarida qollarda tik turish texnikasini orgatish va takomillashtirish

 

2.3 Umumrivojlantiruvchi mashqlarning organizmni o‘sishi va 

rivojlanishidagi ahamiyati. 

 

Odatda  URM  shug‘ullanuvchilar  uchun  bir  marta  bajarganda  murakkab 

xarakat  topshiriqlari  bo‘lib  ko‘rinmaydi,  o‘rganish  jarayonida  majmuadagi 

tartibidagi  mashqlar  tartibini  yodlab  olish  zarur  bo‘ladi.  Lekin  shunga  qaramay, 

URMni  o‘zlashtirib  olishda  dastlabki  va  so‘ngi  xolatlardagi  xatolikni  yo‘qotishga 

aloxida  e'tibor  berish,  xarakatda  ishtirok  etmaydigan  mushaklar  zo‘riqishiga  yo‘l 

qo‘ymaslik mumkin. 

URMni  o‘rgatishda  eng  samarali  usullar:  ularni  umumiy  tarzda  va  aralash 

yo‘llarni  qo‘llash mumkin. 

1.  Ko‘rsatish  asosida  yaxshi  tarzda  o‘rgatish.  O‘qituvchi  avval  mashqni 

to‘laligicha  ko‘rsatdi.  Keyin  “Dastlabki  xolatni  eslang”  komandasini  berilishi  bilan 

bajarish  yo‘li,  zarur  bo‘lsa,  “qadamlar  bilan”,  “sakrab”  deb  tushuntiradi.  Agar 

mashq  bajarishni  to‘xtatadigan  bo‘lsa,  “To‘xtang”!  komandasi  beriladi. 

Mashg‘ulotni  o‘tkazuvchi  gurux  oldida  turgancha  mashqni  bajaradi,  uning 

xarakatlari  ko‘zguda  aks  etgandek  ko‘rinib,  boshqalar  uchun  qulaylik  tug‘diradi. 

URMni  sanab  o‘tkazish  tavsiya  etiladi.  Ko‘proq 4 va 8 gacha sanaladi. Bu musiqa 

jo‘rligidan  foydalanish imkonini  beradi. 

URMni  ko‘rsatish  yo‘li  bilan  o‘rgatganda,  ayni  vaqtda  qaysi  anoqqa 

qanday  mashq  bajarishni  haqida  ko‘rsatmalar  ham  beriladi.  Guruh  bilan  birgalikda 

mashqni  2-3  marta  takrorlangandan  keyin  o‘tkazuvchi  sanash  va  aytib  turishga 

o‘tadi.  Mashqlarni  “To‘xtang!”  komandasidan  so‘ng  tugatiladi.  Bu  buyruq  so‘ngi 

sanoq  o‘rniga  beriladi.  Kichik  maktab  yoshidagi  bolalarga  o‘rgatilayotganda, 

komondalar  emas,  buyruqlar  beriladi.  Masalan:  “dastlabki  xolatni  eslang”, 

“mashqni men kabi, menga qarab bajaring”,  “mashqni tugatamiz”  kabi. 

2.  Mashqni  yaxlid  xolda  gapirib  berish  asosida  o‘rgatish.  Birmuncha 

osonroq  mashqlar  o‘rgatilganda  yoki  shug‘ullanuvchilarni  diqqatini  faollashtirish 

maqsadida  ushbu  usuldan  foydalaniladi.  O‘qituvchi  mashqlarni  tushuntiradi, 

albatta,  avval  dastlabki  xolatning  qanday bo‘lishini qisqacha gapirib o‘tadi. Sanash 




 

o‘rniga  asosiy  xarakatlarni  mashqlar  ritmi  va  jadalligidan  kelib  chiqib  yo‘l 

yo‘lakay  tushuntirib  ketiladi.  Masalan  “bir  –  ikki  –  uch  –  to‘rt deb sanash o‘rniga 

“engashish  –  o‘tirish  –  turish  so‘zlarini  aytish  kifoya.  Ko‘rsatish  va  gapirib berish 

birlashtiriladi  “aralash”  usulda  o‘qituvchi  mashqni  ham  ko‘rsatadi,  ham 

tushuntiriladi. 

3.  Bo‘limlarga  bo‘lib  o‘rgatish  usuli.  Bu  usul  muvozanatni  jixatdan 

murakkabroq  URMga  o‘rgatishda  qo‘llaniladi,  chunki  aloxida  xarakat  orasida  yo‘l 

qo‘yilgan  xato  va  kamiliklarni  tuzatish  uchun  tanaffuslar  qilish  imkonini  beradi. 

“Dastlabki  xolatni  eslang”  komandasidan  so‘ng  o‘qituvchi xar bir sanoqdan so‘ng 

bir  oz  to‘xtab  komanda  beradi.  Masalan:  “O‘ng  oyoq  uchini  orqaga,  qo‘llar 

yuqoriga  –  bir!”,  “Oyoqlar  xoatini  o‘zgartiring  uch!”,  “dastlabki  xolat  -  to‘rt”. 

O‘rgatish  shu  tariqa  olib  borilganda  mashg‘ulotning  yuqori  xarakati  zichligiga 

erishiladi. 

URM bilan  o‘tkaziladigan  mashg‘ulotlarda  jismoniy  nagruzka: 

-

 



mashqlar  miqdori  URM  mashg‘ulotlarining  shakliga  qarabularning 

miqdorini  ham  turlicha  bo‘lishi  mumkin.  Ertalabki  badan  tarbiya  majmuasi 8-12 ta, 

ritmik  gimnastika  majmuasiga  esa 50-70 mashqdan iborat. 

-

 



mashqlar  tarkibi,  tananing  ayrim  qismlarini  oz  miqdordagi  mushaklar 

ishtirokida  xarakatlantirish  ko‘p  sonli  mushak  guruxlariga  asoslangan  butun  tana 

mashqlariga  qraganda  ozroq  nagruzka  beriladi.  Kuch  mashqlari,  yuk  bilan 

bajariladigan  hamda  chidamlilik  mashqlari  egiluvchanlik  mashqlariga  nisbatan 

mushaklar  yurak  qon tomir va nafas tizimlariga  kuchliroq  ta'sir ko‘rsatadi. 

-

 



mashqlar  orlig‘idagi  dam  olish  davomiyligi,  dam  olish  tanaffuslari 

qisqartirish  nagruzkani  ko‘paytiradi. 

-

 

takrorlash  miqdori  musiqa  jo‘rligida  “1-4”  yoki  “1-8” sanab bajariladigan 



URMni  o‘tkazganda  odatda  xar  bir  mashqni  4.8.12  yoki  16  bor  bajariladi. 

Musiqasiz  mashqlar  ham  bir  taxminan  shuncha  takrorlanadi.  Bunda  musiqa  asari 

ko‘rinishidan  kelib  chiqadigan  aniq miqdorga rioya qilinmaydi: 

-

 



sport, tez sur'atli mashqlar, odatda, ko‘proq nagruzka beradi. 


 

-

 



Dastlabki  xolat  xisobiga  amalga  oshiriladi,  dastlabki  xolat  turlicha 

bo‘lgan  bir  xil  mashqlar  turlicha  nagruzka  beradi.  Masalan:  yotib  qo‘llarga 

tayangan  xolda  ularni  bukib  yozish  mashqlarining  dastlabki  xolatini  o‘zgartiramiz: 

qo‘llarni  baland joyga, polga, oyoqlarni balandlikka  yoki qo‘shiqqa tayanamiz. 

Mashqlarni  shug‘ullanuvchilarning  tayyorgarlik  darajasi,  yoki  jinsi, 

mazkur  kontenent  bilan  xal  etiladigan  maslalarni  xisobga  olishning  umumiy 

qoidalarida  kelib  chiqib  me'yorlash  lozim.  Aloxida  mashg‘ulotlarda  nagruzka 

yurak  urushi  va  o‘zini  xis  etishiga  qarab,  toliqish  darajasidan  kelib  chiqib 

baxolanadi.  Gurux  mashg‘ulotlarida  o‘ituvchi  mashqni  mustaqil  tugatishga 

ko‘rsatma  berib  qo‘yish  mumkinkun,  agar  uni  xamma  barobar  davom  ettirishi 

mumkin  bo‘lmasa.  Kuch  mashqlarida  toliqish  xissi  tezgina  seziladi  va  imkoni 

bo‘lmay  qolguncha  takrorlashga  yo‘l  qo‘yiladi.  Chidamlilikni  organizmni  bunday 

tashqi  darajasiga  olib  borish  mumkin  emas,  ayniqsa,  boshlovchilar  bilan 

mashg‘ulot  o‘tkazganda,  bunga  yo‘l  qo‘yib  bo‘lmaydi.  Egiluvchanlik  mashqlarida 

xarakatlar  chegarasidan  xabar  beruvchi  yengil  og‘ir  sezgisidan  kelib  chiqib  ish 

ko‘rish  lozim.  Mmashg‘ulotlardan  mashg‘ulotlarga  nagruzkani  yuqorida  sanab 

o‘tilgan  omillari  hamda  xaftadagi  mashg‘ulot  kunlarni  soniga  ko‘ra  asta-sekin, 

ammo  muntazam  shirib  boriladi.  URMni  ayniqsa,  jadal,  uzoq  davom  etuvchi 

seriyalarni  bajarishda,  yurak-qon  tomiri  tizimiga  ko‘yilishi  mumkin  bo‘lgan 

nagruzkani  nazorat  va  o‘z-o‘zini  nazorat  qila  borib,  quyidagi  usullardan 

foydalanish  tavsiya etiladi. 

-

 



xar bir shug‘ullanuvchi  uchun aloxida. 

-

 



O‘qituvchi  ishorasiga  ko‘ra  mashg‘ulotdan  avval  yoki  uning  orasida, 

agruzka  eng ko‘p bo‘lgan vaqt, tiklanish  paytida va xokazo. 

Paypaslash  yo‘li  bilan  yoki  bo‘yinga  10-15  soniya  ichida  urilgan  zarbalar 

soni  aniqlanadi.  Bu  raqamni  6  yoki  4  ga  ko‘paytirib,  daqiqa  mobaynida  zarbalar 

sonini bilish  mumkin. 

-

 



Topilgan  raqam  (daqiqadagi  zarbalar  soni)  maksimum  60-80%  atrofida 

bo‘lishi  kerak  va  aloxida  yo‘l  qo‘yish  mumkin  bo‘lgan  nagruzkani  ifodalaydi. 

Masalan  40  yoshli  shug‘ullanuvchi  uchun  yurak  qisqarishlari  soni  ko‘pi  bilan 



 

daqiqasiga  180  zarbani  tashkil  qilishi  kerak.  Yurak  qisqarishining  daqiqasiga  130-

170-  zarbaga  qadar  ko‘tariladigan  nagruzka  boshlovchi  uchun  (60-70%)  yetarli 

bo‘ladi, tayyorgarchilik ko‘rgani uchun bu ko‘rsatkich yuqoriroq 150-140 zarbadan 

(80-80%)  iborat  bo‘lishi  mumkin.  nafas  xarakatlari  bilan  chambarchas  bog‘liq, 

nafas  chuqurligi  va  sur'ati  ayni  paytdagi  organizm  talablariga  muvofiq  bo‘lishi 

kerak. 

Organizmning  bu  murakkab  fiziologik  vazifasi  avtomatik  ravishda  amalga 

oshiriladi.  Keyin,  albatta,  nafas  olish  vazifasi  faoliyatiga  istalgan  vaqtda  aralashish 

xam  mumkin.  sog‘lom  kishilar  uchun  qachon  olish  va  chiqarishning  axamiyati 

yo‘q,  ba'zan  qisqa  muddatli  kuchanishlarni  ham  zarari  yo‘q.  Imkon  boricha 

xarakatlar  sur'atini  nafas  bilan  muvofiqlashtirish  zarur.  Ko‘krak  qafasi 

kengayganda  qo‘llarni  yon  tomonga  cho‘zganda,  gavdani  tiklaganda  nafas  olish, 

egilganda,  chuqqayganda esa chiqarish kerak. 

Aloxida  muskullar  guruxiga  ta'sir  ko‘rsatishga  qarab  umumrivojlantiruvchi 

mashqlar  quyidagilarni  quyidagilarga  ajratiladi:  qo‘l  va  yelka  kamari  muskullari 

uchun:  qo‘l-oyoq  muskullari  uchun?  Gavda  musullari  uchun:  gavdaning  qo‘l  va 

oyoq,  gavda  muskullariga  ta'sir  ko‘rsatuvchi  mashqlar.  Bu  mashqlar  majmuiy 

yordamida  va  boshqa  muskul  kuchini  oshirishga  egiluvchanlik,  tezkorlikni  va 

boshqa sifatlarni  takrorlash va tarbiyalash  mumkin. 

Albatta  xar  bir  inson  to‘g‘ri  va  chiroyli  qaddi  qomatga  ega  bo‘lishga 

intilishi  tabiiydir.  Qomatni  to‘g‘ri  tutib,  faxr  ila  boshni  ko‘tarib,  yelkalarni  to‘g‘ri 

ushlab  orqa  va  qorinni  tortib  yurish  nafaqat  estetik,  balki  gigienik  jihatdan  ham 

faoliyat  ko‘rsatishni  ta'minlaydi.  Lekin  birgina  qaddi-qomatga  ega  bo‘lish  istagini 

yetarli  emas.  Buning  uchun  muntazam  mashg‘ulotlar  bilan  shug‘ullanish,  gavda 

barcha  qismlarini  uyg‘un  rivojlantirishga  yo‘naltirilgan,  to‘g‘ri  qaddi-qomatni 

tarbiyalashga  doir  umumrivojlantiruvchi  mashqlarni  bajarish  kerak.  Agar  qaddi-

qomat  yetarlicha  xubibigim  bo‘lmasa,  doimiy  “uzatuvchi”  deb  ataladigan  maxsus 

mashqlarni  bajarish  kerak.  Bu  mashqlar  gavda  tuzilishidagi  mavjud  kamchilik  va 

nuqsonlarni  tuzatish  imkonini  beradi. 

 



 

 

 



Xulosa.  

Murakkab  koordinatsiyali  sport  turlarida  qo`llarda  tik  turish  asosiy 

(bazaviy)  element  bo`lib  hissoblanadi  va  musobaqa  dasturi  mashqlarni  bajarishda 

dastlabki kechadigan  hamda yakuniy  xolat sifatida  foydalaniladi. 

Biroq  o`tkazilgan  tadqiqotdan  ko`rinib  tribdiki  muvozanat  saqlashda 

hamma 


sportchi  ham  o`zining  jismoniy  va  funksional  imkoniyatlardan 

foydalanavermaydi.  Ko`rinishdan  muvozanat  saqlash  malakasini  tarbiyalash 

uslubiyati  zaminidan  qat’iy  nazariy  tavsiyalar  va  amaliy  tajriba  bilan  xar  doim  ham 

mustahkamlanmagan  trenerning  xamda  o`quvchining  sof    sub’yektiv  qarashlari 

yotadi. 

Qayta  o’rgatish  zaruriyatidan  mustasno  bo’lgan  yuqori  sifat;li 

boshlang’icho’rgatishni  texnik  mahoratining  muxim  sharti  deb  hissoblash  zarur. 

Ilmiy  uslubiy  adabiyotlar  talil,  yetekchi  trenirlarninbg  pedagogik  tajribasini 

umumlashtirib  va  shaxsiy  tadqiqotimmiz  natijalari  asosida  xarakat  vazifalari 

qo’llarda  tik  turib  muvozanat  shaqlash  mashqlarni  namoyon  bo’lishi  hususiyatini 

hisobga olgan holda aniqlanadi.   

Bunday  mashqlar  nafaqat  yuqori  darajadagi  jismoniy  darajadagi 

tayyorgarlikning  balki  irodaviy  sifatlarning  botirlik,  qattiylik,  o’z  –  o’ziga  bo’lgan 

ishoncha va boshqa sifatlarni  rivojlanishi  ham talab etiladi.   

Natijalar.   

Natijalar  asosan  matematik  –  statistik  usulda  amalga  oshirildi.  Bunda 

o’quv  yili uchun ishlab chiqilgan ishchi dastur va ishchi reja asosida mashg’ulotlar 

ketma – ketligi  nazarga olindi.   

O’quv  yili  boshlanishi  bilan  har  ikkala  tadqiqot  hamda  nazorat  guruhi 

o’quvchilardan  boshlang’ich  nazorat  olib  borildi  va  birchi  jadvalga  ko’rsatilgan 

natijalar  yozib  qo’yildi.  O’quv  yili  davomida  juda  ko’plab  natijalar  aniqlandi  va 

keyingi  jadvalda  yozib berildi.   

 

 



 

 

 




Download 349,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish