UMATN MUHARRIRLARI
Aziz o‘quvchilar!Siz klaviaturadan foydalanish va uning yordamida matn yozish imkoniyati bilan 5-sinfda tanishdingiz. O‘ylaymizki,
yozish nima uchun kerak degan savolga javobingiz ham tayyor. Bu
darsda kompyuter texnikasining yozuv san’atiga qo‘shgan hissasi va
imkoniyatlari haqida ma’lumot beriladi. Yana shuni yodda tutingki,
ishga tushirilgan dasturningekranda ko‘rinib turgan va undan foydalanishga imkon bergan qismi uning interfeysideb ataladi.
Kalit so‘zlar: yozuv, matn muharrirlari, matn protsessorlari.
YOZUV TARIXIDAN
Tarixdan ma’lumki, axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan
biri yozuvhisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g‘orlar devorlaridagi
rasm va yozuv buning yaqqol isbotidir. Yozuv san’ati asrlar davomida
deyarli o‘zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi.
Tosh devor Toshlar Terilar Papirus
Qog‘oz
va pat
Qog‘oz
va pero
Qog‘oz va
ruchka
Qog‘oz va
mashinka
1-dars
5
Yuqoridagi usulda tayyorlangan rasm yoki matnni o‘zgartirish kerak
bo‘ldi: nima qilish mumkin, qancha vaqt sarf bo‘ladi, qancha mehnat sarf bo‘ladi, xarajat qanday?
MATN MUHARRIRLARI HAQIDA MA’LUMOT
Kompyuterlar ishlab chiqilishi va rivojlanishi yozuv san’atini tubdan
o‘zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog‘ozga
chop etish kabi ishlarni bajarishga yo‘naltirilgan ko‘plab dasturlar ishlab
chiqildi. Bu dasturlar, asosan, ikki turga bo‘linadi:
Masalan, e’tiboringizga havola etilgan ushbu darslik ham matn protsessorida yozilgan bo‘lib, turli rasmlar, jadvallar, ranglar va boshqa
bezaklardan foydalanilganligini shu mavzudan ham ko‘rishingiz mumkin.
Har xil rusumdagi kompyuterlar uchun turli matn muharrirlari ishlab
chiqilgan. Bir rusumli kompyuter uchun o‘nlab matn muharrirlari ishlab
chiqilgan. Masalan, Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Блокнот, WordPadva hokazo. Shuni bilingki, Блокнот, WordPad matn muharrirlari siz 5-sinfda o‘rgangan Paintyoki Калькулятор
dasturlari kabi ishga tushiriladi.
Nomi yoki interfeysi turlicha bo‘lgani bilan matn muharrirlarida ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Matn muharrirlarining asosiy elementlari bo‘lgan ish sohasi, yurgich va menyuquyidagi rasmda ko‘rsatilgan.
6
Ish sohasi.Matn muharriri «ish sohasi» deb ataladigan maxsus joy
ajratadi. Ish sohasi matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ish sohasida aks etib boradi.
Yurgich.Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ish sohasining qayerida
aks etishini ko‘rsatib turadi. Yurgich, odatda, gorizontal yoki vertikal
chiziqcha ko‘rinishida bo‘ladi.
Menyu satri.Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyudeb ataladi. Ular yordamida matnlarni xotiradan o‘qish, xotiraga yozish, chop
etish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Matn muharrirlari, asosan, menyusi bilan bir-biridan farqlanadi.
Me nyudagi buyruq va amallar matn muharrirlarining imkoniyatlarini
belgilaydi. Ular qancha ko‘p bo‘lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari
shuncha yuqori bo‘ladi.
Barcha matn muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1. Matn yozish uchun yangi fayl hosil qilish J
2. Matnni xotiradan o‘qish J
3. Matnni xotirada saqlash J
(boshqa nomda, boshqa papkada) saqlash J
4. Matnni bosib chiqarish J
5. Matnni tahrirlash (belgilar, so‘zlar, satrlar, abzaslar o‘rnini almashtirish
yoki o‘chirish)
Shriftlarni farqlantiruvchi xususiyatlariga quyidagilarni misol qilish
mumkin.
7
Shriftga oid bu xususiyatlar Format(Формат) menyusining Shrift
(Шрифт) bo‘limidan tanlanadi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Matn yozish tarixi haqida qisqa ma’lumot bering.
2. Блокнотdasturini ishga tushiring va interfeysi haqida qisqa ma’lumot
yozing.
3. Matn muharrirlarining asosiy vazifalarini aytib bering.
4. Matn muharrirlarining asosiy elementlarini ayting.
5. Windows ish stoli bilan Блокнотish sohasi nimasi bilan farqlanadi?
6. Matn muharrirlari va matn protsessorlari imkoniyatlari nimasi bilan
farqlanadi?
7. Matn muharrirlarida menyu qanday vazifalarni bajaradi?
8. Блокнотmatn muharririning Файлmenyusi buyruqlarining vazifasini izohlang.
9. Chap ustundagi atamalarni o‘ng ustundagi mazmuniga mantiqan
moslab qo‘ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |