5.Onlayn overdraft MilliOn: Milliy mobil ilovasi orqali masofadan turib ariza berishning oʻzi kifoya, bank avtomatik tarzda qaror qabul qiladi va oddiy ish haqi kartangizda mablagʻlar yetarli boʻlmasa ham siz oʻsha kunning oʻzidayoq xaridlar qilishda kartangizdan foydalanishingiz mumkin
Kredit muddati-12 oy Imtiyozli davr-2 oy Kredit summasi-5 mln so`mgacha
Overdraft - bu mijozning amaldagi ish haqi kartasiga bank tomonidan taqdim etiladigan kredit turi. Toʻlov yoki xaridga shaxsiy mablagʻlar yetmaganida toʻlov ochilgan kredit limiti hisobidan ketadi. Keyinchalik hisobga tushadigan pullar qarzdorlikni soʻndirishga yechib olinadi.
Onlayn overdraft - shunisi bilan farq qiladiki, uni olish uchun ish haqi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani olishga, hujjatlarni bankning ofisiga taqdim etishga, navbatlarda vaqt yoʻqotishga hojat qolmaydi. Milliy mobil ilovasi orqali masofadan turib ariza berishning oʻzi kifoya, bank avtomatik tarzda qaror qabul qiladi va oddiy ish haqi kartangizda mablagʻlar yetarli boʻlmasa ham siz oʻsha kunning oʻzidayoq xaridlar qilishda kartangizdan foydalanishingiz mumkin.
Onlayn overdraft nimasi bilan eʼtiborli?
Birinchidan, bu qulay. Sizga oʻnlab kartalar kerak boʻlmaydi, zaruratga qarab ish haqi kartasi ham debet, ham kredit kartasi rolini bajarishi mumkin. Va qora kuningizga oʻziga xos "zaxira" boʻlib qoladi.
Ikkinchidan, bu tez. Siz telefondan foydalangan holda arizani istalgan vaqtda va istalgan joyda rasmiylashtirib, bir necha daqiqalar ichida tasdigʻini olishingiz mumkin.
Uchinchidan, rasmiylashtirish oson. Axir bank toʻlov qobiliyatini tasdiqlash uchun ish joyingizdan maʼlumotnomani yoki kafillarni soʻramaydi, ish haqi kartaga tushishiga qarab limitni hisoblab beradi. Siz vaqtingizni va asabingizni tejaysiz.
Toʻrtinchidan, foydali. Foizlar faqat siz limit hisobidan ishlatgan summaga va faqat haqiqatan foydalangan kunlaringizga hisoblanadi. Hech qanday yashirincha komissiyalar yoʻq.
Overdraftning qoʻshimcha afzalliklari
oddiy servis va tez rasmiylashtirilishi;
overdraftdan istalgan vaqtda foydalanish mumkin;
kafillarni taqdim etish va garovni rasmiylashtirish talab qilinmaydi;
kredit kartasini rasmiylashtirishni keragi yoʻq limit sizning ish haqi kartangizga ochiladi;
mablagʻlarni har qanday isteʼmol ehtiyojlariga sarflash mumkin;
kartaga pul oʻtkazilgan boʻlsa, qarzdorlik avtomatik tarzda soʻndiriladi;
agar karta boʻyicha overdraft limitidan foydalanmasangiz, unda kredit boʻyicha hech qanday foizlar yozilmaydi;
qarzdorlikni soʻndirib borib, siz oʻzingizning ijobiy kredit tarixingizni shakllantirasiz.
Onlayn overdraftdan kim foydalanishi mumkin?
Onlayn overdraft "Oʻzmilliybank" AJda ish haqi loyihalari doirasida xizmat koʻrsatiladigan korxona va tashkilotlar xodimlarining plastik kartalariga taqdim etiladi.
Kredit shartlari
Milliybankda ishxaqi loyixasi bo‘yicha HUMO plastik kartasiga ega jismoniy shaxslarga:
Muddati – 12 oy;
Yillik foizi – 24%;
Imtiyozli davr – 2 oy;
Kredit miqdori – plastik kartaga tushgan o‘rtacha oylik ish haqining 3 barobarigacha, maksimal miqdori 5,0 mln. so‘m.
Kreditni rasmiylashtirish
“MilliyOn” onlayn overdraft krediti “Milliy” mobil ilovasi orqali masofadan rasmiylashtiriladi. Qarz oluvchining HUMO plastik kartasiga oxirgi uch oy davomida uzluksiz ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘lar tushgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |