Umarov fayzbekning etnomadaniyat


Markaziy Osiyo Xalqlari kelib chiqishi



Download 0,52 Mb.
bet4/10
Sana14.01.2022
Hajmi0,52 Mb.
#362710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
25 Mustaqil ish na

2.Markaziy Osiyo Xalqlari kelib chiqishi. Markaziy Osiyo insoniyat olamida juda qadimdan madaniyati rivojlangan, tarixi boy mintaqalardan biridir. Bu muqaddas zaminda odamzotning ilk ajdodlari faoliyatidan guvohlik beruvchi ko’pgina materiallar topilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ham O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni Vatanimiz nafaqat Sharq, umumjahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda deb qayd qilgandi.

Sivilizatsiya so’zi – lotincha so’z bo’lib, fuqoraviy va ijtimoiy ma’nosida jamiyatning o’z taraqqiyoti jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarning, ularni yanada ko’paytirib va takomillashtirib borish usullarning majmuidir.Insoniyat o’z boshidan katta uch davrni: yovvoyilik, vahshiylik va sivilizasiyani kechirdi. Sivilizasiya bundan 5-6 ming yil muqaddam boshlangan.Sivilizasiya ayrim hududiy, bir-biri bilan bog’lanmagan sivilizasiya maskanlari sifatida shakllana boshlab (Qadimgi Misr sivilizasiyasi, Qadimiy Hind sivilizasiyasi, O’rta yer dengizi sivilizasiyasi, Markaziy Оsiyo sivilizasiyasi va hakozo), bozor munosabatlari iqtisodiy hukmronlik shakillanishi davrida umumjahon sivilizasiyasiga aylandi. Eng qadimgi jamoa tuzimi – kishilik jamiyati tarixining boshlang’ich va tarkibiy qismidir. Bu tuzumning ilk bosqichi “ibtidoiy to’da” keyingi bosqichi esa “urug’chilik jamoasi” deb ataladi. Bu tuzumning boshlang’ich davrida odamlar toshdan, yog’ochdan va suyakdan har-xil qurollar yasab, oddiy termachilik bilan shug’ullanganlar. Bu davrda odamlarning turmush tarzi oddiy bo’lib, boy va kambag’al bo’lmagan. Ular har jihatdan tabiat ne’matlariga qaram bo’lishgan. Оdamlar g’or, ungur va chakalakzorlarda hamda qamishzorlarda yashab tunaganlar. Ularni umumiy turmush va umumiy mehnat birlashtirgan. Ibtidoiy jamoa tizimida qadimgi odamlarning asosiy mashg’uloti termachilik va ovchilik bo’ldi. Termachilik inson hayotida muhim vazifa bo’lib, insonlar qorin to’ydirish maqsadida nima uchrasa istemol qilgan. Bu ularning sog’ligiga ta’sir qilib manbalarda ko’rsatilishicha ilk paleolit odamlarining o’rtacha yoshi 28 dan oshmagan.Eng qadimgi jamoa tuzumi odamlarning hayoti va ularning mashg’ulotlarining o’rganishda asosan moddiy manbalar yaqindan yordam beradi. Moddiy manbalar inson qo’li bilan yaratilgan barcha narsa kiradi. Ular asosan yer ostida topilgan mehnat va ov qurollari, odam va hayvon suyaklari, turli xil idishlar, turli xil manzilgoh qoldiqlari shular jumlasidandir. Umuman olganda tarix fanini o’rganishda moddiy va ma’naviy manbalar muhim rol o’ynaydi.

 Tarixni mana shu manbalar asosida o’rganadigan fan Arxeologiya deb atalib, bu esa “qadimiyat to’g’risidagi fan” demakdir. Arxeologlar moddiy manbalardan tashqari eng qadimgi odamlar suyaklarini ham topadilar. Оdamlar qiyofasi, kelib chiqishi va rivojlanishining o’rganadigan fan antropologiya – odam haqidagi fan deb ataladi. Xalqlarning urf-odatlari, xo’jalik va madaniyatni o’rganuvchi fan etnografiya, ya’ni yunoncha so’z bo’lib, “urf-odatlarni o’rganuvchi fan” shug’ullanadi.


Eng qadimgi odamlar yasagan qurollar asosan toshdan bo’lgani uchun insoniyat tarixining dastlabki bosqichi tosh davri deb ataladi.

Arxeologlar eng qadimgi jamoa tuzumi, uning tarixiy davrlarini quyidagicha bo’lib o’rgangan:



1)Paleolit – qadimgi tosh davri, bu davr taxminan 700-100 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. O’z navbatida ushbu davr 3 bosqichga bo’linadi. Ilk paleolit, o’rta paleolit, va so’nggi paleolitga. O’rta paleolit 100-40 ming yilliklarni o’z ichiga olsa, so’nggi paleolit esa 40-12 ming yilliklarni o’z ichiga oladi;


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish