UMARALIYEV JAHONGIR ZAMONAVIY MENEJER REJA: - Menejer tushunchasi,shaxsiy va ishga doir sifatlari, vaziflari;
- Menejerning shaxsiy fazilatlariga qo’yiladigan talablar;
- Menejerning o’ziga xos boshqaruv uslublari.
Menejer
Maxsus tayyorgarlik ko‘rgan boshqarishning sir-asrorlari qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxasisdir. Menejerlar yo’llanma boshqaruvchilar bo‘lib aholining alohida ijtimoiy katlamini tashkil etadi.
Kompaniya firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatga ega bo‘lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma’muriy boshqaruvchi kabilarning barchasi ham menejerlar deb yuritiladi.
Boshqaruv pog‘onasiga qarab menejerlar uch toifaga bo’linadi.
Quyi pog’onada menejer
O’rta pog’onada menejer
Yuqori pog’onada menejer
Menejer turlari
YUQORI
- Firma istiqbolini belgilash uning kelajagi uchun ahamiyatli chora tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Firma andozasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi.
O’RTA
- Firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati yangi tovarlarni o‘zlashtirish texnologiyani qo‘llash mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug‘ullanadi.
QUYI
- Sex bo‘lim jamoa doirasida ish tashkil etish, kunlik, xaftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi.
Menejerning shaxsiy fazilatlariga qo’yiladigan talablar
Zamonaviy bozor talablarini va zamonaviy boshqaruv tizimlarini hisobga olgan holda, menejer bugungi kunda ma'lum shaxsiy fazilatlarga ega bo'lishi kerak. Zamonaviy menejer butun dunyoda samarali, innovatsion rahbar = lider + kuch + ish uslubi + martaba sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun menejer ichki o'zaro bog'liqlik, korporatsiya omillari va ularning tashqi muhit bilan o'zaro ta'siri masalalari bo'yicha keng dunyoqarashga va tizimli nostandart fikrlashga ega bo'lishi kerak. U yuksak insoniy fazilatlarga va psixologik qobiliyatlarga ega bo'lishi, oqilona va o'lchangan tavakkalchilikni o'z zimmasiga olish qobiliyatiga ega bo'lishi, biznes loyihasini amalga oshirish, biznes-rejani ishlab chiqish, tuzatish va amalga oshirish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Menejer marketing tadqiqotlarini o'tkazish, ehtiyojlarni hisobga olgan holda tashkilotning rivojlanishini bashorat qilish va unda yangi innovatsion bo'shliqlarni egallash qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.
Zamonaviy menejerning asosiy shaxsiy fazilatlari quyidagilardan iborat: - Bilimga chanqoqlik, professionallik, yangilik va ishga ijodiy yondashish;
- Qat'iyat, o'ziga ishonch va fidoyilik;
- Cheksiz fikrlash, zukkolik, tashabbuskorlik va g'oyalarni yaratish qobiliyati;
- Odamlarga ta'sir qilishning psixologik qobiliyati;
- Muloqot qobiliyatlari va muvaffaqiyat hissi;
- Hissiy muvozanat va stressga qarshilik;
- Ochiqlik, moslashuvchanlik va davom etayotgan o'zgarishlarga oson moslashish;
- Korporativ tuzilmalarda vaziyatli etakchilik va shaxsiy energiya;
- O'z-o'zini rivojlantirish va o'z-o'zini tashkil qilish uchun ichki ehtiyoj;
- energiya va hayotiylik;
- Muvaffaqiyatli himoya va teng darajada samarali hujumga moyillik;
- Faoliyat va qabul qilingan qarorlar uchun javobgarlik;
Menejerning shaxsiy va kasbiy fazilatlari
Menejerning shaxsiy xususiyatlari har xil. Avvalo, biz quyidagi fazilatlarga e'tibor qaratamiz:
- Energiya; quvnoqlik;
- Yaxshi sog'liq;
- Hazil tuyg'usi;
- Boshqalarni hurmat qilish;
- Qiziqish;
- Har bir yangilikka ochiqlik.
Menejerning o’ziga xos boshqaruv uslublari.
Boshqaruv uslubi
Ish uslubi
Rahbarning ish uslubi
Boshqaruv usluvi
boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo’llari majmuidir.
Ish uslubi
Boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror-bir organning yoki rahbarning bo’ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta'sir ko’rsatish usuli va yo’llari majmuidir. Masalan:
- mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi;
- vazirlik, qo’mita, hokimlarning ish uslubi;
- sud, prokuraturaning ish uslubi;
- korxona, sexlarning ish uslubi;
- ayrim rahbarlarning ish uslubi va hk.
Boshqaruvning turli pog’ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. Shu nuqtai nazardan ish uslubi g’oyat ko’p qirrali tushunchadir.
Rahbarning ish uslubi
Boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o’z vazifalariga muvofiq ish ko’radi. Biroq, har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo’lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo’q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o’zaro munosabatlarida tarkib topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |