Meni ayladilar dunyoda mavjud,
Hayotda topganim hayrat, taraddud.
Bu yo‘lni o‘tdim-u, tushunolmadim,
Kelmagu ketmakdin ne ekan maqsud?!
Inson mavjudligining absurdligi uning hayotidagi fojiaviylikni keltirib chiqaradi. Absurd – Xayyom ruboiylarida badiiy in’ikos topgan fojiaviylik tushunchasining moyasi, u odam, olam va zamon munosabatlari silsilasida namoyon bo‘ladi. Odam mavjudligining imkoniyatlari, bir tomondan, olam abadiyligi, ikkinchi tomondan, zamon o‘tkinchiligi bilan bog‘liq. Abadiylikka daxldor ruh bilan o‘tkinchilik xususiyatiga ega vujud o‘rtasidagi munosabatlar inson hayotini ziddiyatli, hech qanday tushuncha yordamida to‘liq anglab yetib bo‘lmaydigan, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, o‘zgaruvchan, xavotir, qo‘rquv va tanlovdan iborat mavjudlik tarzida ko‘rsatadi. Inson mavjudligi ikkiga bo‘lingan, uni Xayyom shunday falsafiy talqin qiladi: «Ruhda (qalbda) va narsada insonni har xil tushunish mavjud, garchand inson narsa, lekin ruhda mavjud bo‘lgan inson qiyofasi narsada mavjud bo‘lmaydigan g‘oyadir. Ushbu ikki mavjudlik orasidagi farq ana shunda. Shunday qilib, ular orasida farq borligi haqiqatga juda yaqin hamda u o‘z sabab va oqibatlariga ko‘ra birlamchidir. Shuning uchun ularni hatto qisman mos keladi deb ham bo‘lmaydi, aksincha, butunlay mos kelmaydigan hodisalar deyish mumkin. Bu masala, garchand juda teran va ulkan tadqiqotlarga muhtoj bo‘lsa–da, ba’zilar uchun sir emas»[19].
Ana shu «juda teran va ulkan tadqiqotlarga muhtoj bo‘lgan masala» – inson mavjudligining ikkiga bo‘linishi keyinchalik Ovro‘pa falsafasida (S. Kirkegaard, L. Shestov, N. Berdyayev, M. Haydegger, J-P. Sartr, A. Kamyu, G. Marsel kabi XIX–XX asr mutafakkirlari asarlarida) yangicha yondashuv asosida o‘rtaga tashlanadi. Chunonchi, J-P.Sartrning fikricha, insonda «o‘zidagi mavjudlik», ya’ni insonning real turish-turmushi, Xayyom ta’biriga ko‘ra, «mavjud bo‘lgan mavjudligi» hisobga olinmog‘i lozim. «O‘zi uchun borliq, – deb yozadi Sartr, – bizga o‘zini ko‘rib turganimiz barobarida mavjud bo‘lgan borliq sifatida namoyon qiladi. Ruhning junbushiy umumqamrovliligi… bizga uni na mavjud va na mavjud emas, deb aytib bo‘lmaydigan darajadagi parchalangan borliq tarzida ko‘rinadi»[20].
Inson mavjudligining ana shu parchalanganligi yoki ikkiga bo‘linganligi, yuqorida ko‘rganimizdek, uning fojiasidir. Bu fojiadan qutilishning yo‘li bormi? Inson hayotini absurdlikdan qanday himoya qilish mumkin? Nima uchun:
Bizlar qo‘g‘irchog‘-u, falak qo‘rchoqboz,
Bu so‘zim chin so‘zdir, emasdir majoz.
Yo‘qlik sandug‘iga bir-bir tushgaymiz,
Vujud palosida o‘ynagach bir oz[21].
Faylasuf-shoir ana shu savollarga javob topishga urinadi va uni maydan, yor vaslidan, lazzatdan, tabiat go‘zalligidan, axloqiy yuksaklikdan, falsafiy tafakkurdan izlaydi.
Shu sababli Xayyom ham, o‘z salaflari kabi, go‘zallikka alohida e’tibor beradi, uni inson bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq holda olib qaraydi. Jumladan, narsalar go‘zalligi ham inson bilan bog‘liq. Masalan, oltin nima uchun go‘zal? «Navro‘znoma»da aytilishicha, u qimmatbaho rangli metall bo‘lgani uchun emas, balki inson undan bezak sifatida foydalangani, uning jismonan sog‘lomlashuviga xizmat qilgani sababli go‘zaldir.
Xayyom xulqiy go‘zallik haqida fikr yuritar ekan, tashqi va ichki go‘zallik uyg‘unligi masalasiga alohida urg‘u beradi, barcha mashoiyyun faylasuflar kabi, go‘zallik bilan ezgulikning yaxlit namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi; go‘zallikni go‘zal qiyofa bilan bog‘lab talqin etadi: «Go‘zallik barcha tillarda vasf etiladi va har qanday aqlga xush keladi.
Adabiyotlar
1 Istoriya matematiki. 3-tom. Pod. Red. A.YUshkevicha, M., Nauka, 1970,
1972 y.
2 K.Ribnikov, Istoriya matematiki. M., izd. MGU, 1974 y.
3 A.Abduraxmanov, Algebra tarixidan, T., TDU ,1996 y.
4 A.Abduraxmanov, Maktabda geometriya tarixi. T., O`qituvchi, 1993 y
5. Норматов А.А., Математика тарихи, (mаъruzаlаr to‗plаmi). TDПУ, 2001 й.
6. Ахмедов С.А., Урта осиёда математика укитиш тарихидан, Т. Укитувчи, 1977 й
8. Рибников К.А,. История математики, 2-нашри, Просвешения, 1974 .
9. Стройк Д., Краткие очерк истории математики 3- нашри,. M. Просвешения, 1978
10. Юшкевич А.П., Истории математики в средние века, M. Просвешения , 1961.
11. Аhаdоvа M. ,O‗rtа Оsiyolik mаshhur оlimlаr. T. O‗qituvchi, 1986 y.
12. Ван-дер Варден Б.Л., . История математики ,M. Просвешения , 1959й.
13. «YOsh mаtеmаtik» qоmusiy lug‗аti,‖ T. O‗qituvchi, 1998 yil.
14. Dаvriy jurnаllаr: «Хаlq tаъlimi», «Fizikа, mаtеmаtikа, infоrmаtikа», «Pеdаgоgik
tаъlim».
Do'stlaringiz bilan baham: |