1715-1727-yillarda Sherg‘oziyxon hukmronlik qilgan.
1718-yilda Pyotr I Irtish daryosi sohilida yetti qo‘rg‘ondan
iborat shahar (Semipalatinsk) qurdirdi.
1721-yili Florio Beneveni Buxoraga elchi qilib jo‘natildi.
1723-yilda Ibrohimbiy Samarqandni egallab, kuyovi Rajab
Sultonni taxtga o`tqazdi.
1723-yilda jung‘orlar bostirib kelib Sirdaryoning o‘rta
qismini egallagach, qoraqalpoqlar yana ko‘chishga majbur
bo‘lishdi.
1723-yilda Toshkentni ko‘chmanchi jung‘orlar egallab
oldilar.
1725-yilda Xivaga Rossiya elchisi bo‘lib kelgan Florio
Beneveni esdaliklarida ilmiy jihatdan muhim ma’lumotlar
yozib qoldirilgan.
1725-yilda Florio Beneveni Peterburgga qaytib ketdi.
1726-yilda qozoqlarning Kichik Juz xoni Abulxayrxon
Peterburgga o‘z elchilarini jo`natdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |